Tillaga sotilgan nomus
Download 113.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Tillaga sotilgan nomus (1)
Generated by Gulsanamxon Abdullayeva on February 2, 2023
Yigit: - kechqurun telfon qilaman, ungacha o’ylab turgin, hop. Qiz: - hm, hop. Yigit: - yur unda kuzatib qo’yaman. SAHNA - 4 (DONONING UYI) (umumiy plan) Xontaxta atrofiga ko’rpacha solingan. Eshik oldida qiz tik oyoqda, titrab, yig’lab turibdi. Bir tomonda qizning onasi va qarama qarshi tomonda, devor tomonda Dononing otasi jahlda o’tirardi. Dononing otasi: (Qo’lini xontahtaga urib birdan baqirdi) - basss… Qiz sapchip tushdi. Ota: - sen qiz o’zingni ham sevgingni ham yeg’ishtirib ol. Tushundingmi? Yo’qol ko’zimdan. Onasi: - qizizni o’zi suymagan odamga turmushga bermoqchimisiz? Ota: - uffff… yoq unday qilmayman. SAHNA - 5 (DONONING XONASI) Qiz yig’lab xonaga kirib keldi. Shirq etib eshikni qulfladi. (kamera qizning yotog’ini yon tarafdan ko’rsatib turibdi) yotog’ga chiqib yostug’ni qucholab yig’ladi. (kamerada qizning qo’lidagi telefon) Yigitini qo’ng’irog’ini kutmasdan o’zi raqamni terdi. Terdi ammo tel qilmadi. To’xtab qoldi. (Kamera yon tarafdan qizning ko’zlariga qaratilgan.) Chuqur o’y, alamga to’la ko’zlardan yosh qalqib turar edi. Telefonni kameraga qaratib uloqtirdi.telefon Yerga (kameraning oldiga) tushdi ammo sinmadi. (kamera yuqoridan tasvirga oladi) Dono jonsizdek tanasini yotoqqa tashladi. Yostiqni quchib ovoz chiqarmay yig’lab yotdi. Kameraning yonida yotgan telefon chiringladi. Kamera telefon yuzida chiqqan yurakchani ko’rsatardi. Bir qo’l kelib kameraning ro’parasidan telfonni oldi. (Kamera qizning lablarinigina ko’rsatar edi) Qiz: aloo…(hiqqillab turardi) Telfondan ovoz chiqdi: - Dono, yig’layabsanmi? Qiz: - men roziman. 4. Generated by Gulsanamxon Abdullayeva on February 2, 2023 Kamera lablardan ko’zlarga ko’tariladi. Kipriklarda yosh qotib qolgan. O’ychan nigohlar kiprik qoqmay qarshisidagi kameraga qarab turardi. Yigit: - yaxshi, ertaga ishdan seni olib ketaman. Bo’ldi, yig’lashni bas qil iltimos. Men uchun bitta kulchi,… qani. Qiz zo’rma-zo’raki tabassum qildi. Yigit: - Endi yotib dam ol. Hayrli tun, gulim Qiz: - hayrli tun. (kamera qizni pardaning bir chetidan ko’rsatib turar edi.) Yurib borib yotog’ini ustiga (kameraning qarshisiga o’tirdi). kamera sekin undan uzoqlashadi. SAHNA - 6 ERTANGI KUN Dono uzoqdagi katta bir binoning temir eshigidan chiqib, kamera tomonga tez tez yurib kela boshladi. Kameraning yaqinidagi, kameraning chetidan yarmi ko’rinib turgan mashinaga o’tirdi. Mashina joyidan qo’zg’aldi. SAHNA -7 MASHINANING ICHIDAGI SUHBAT Yigit rolda, mashinani boshqarib borardi. Qiz uning yonida. Qiz: qayerga boramiz (havotirli ohangda) Yigit: havotir olma, senga bir kivartira gaplashib qo’ydim, o’zim ham sening yoningdagi uyda, do’stimnikida yashab turaman… oraga sukunat cho’kdi. Mashina yo’lda ketib borardi. SAHNA -8 (DONONING UYI) Dononing onasi xonanning u chetidan bu chetiga asabiy borib keladi.(kameraga qarab yurib yana qarama qarshi tomonga ketadi). hovlidan ovozi eshitildi.(kamera eshik tutquchiga qaratilgan) ehiknni ochib, Hovliga shoshib chiqadi. Shom vaqti, hira qorong’ulik. Ayolning eri eshikdan kamera tomonga qarab yurib keladi. Ayol uning oldiga (kameraga qarab) shoshib boradi. Ayolining bezovtaligini kpo’rgan er: - tinchlikmi? -dedi jiddiylik bilan. Ayol : (barmoqlarini bir biriga siqib) - Dono…? Er: nima dono? (Balandroq ohangda) Chaynalmasdan tez tez gapir. Ayol: -qizingiz hali beri kelmadi. Nimagadir ko’nglim g’ash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling