Tillar fakulteti gumanitar fanlar asoslari kafedrasi falsa fanidan
Talabaning mustaqil ishlash tartibi
Download 80.1 Kb.
|
Фалсафа фанидан Cессия оралиқ назорат топшириқлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
Talabaning mustaqil ishlash tartibi:
Birinchidan, talaba yuqorida keltirilgan mavzular bilan mustaqil ishlash natijasida chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Egallagan bilimlari asnosida raqamlangan mavzulardan birini tanlab oladi (tanlash tartibi fan o‘qituvchisi tomonidan belgilanadi) va “Referat” tayyorlaydi. Referat kirish, reja (3 tadan kam bo‘lmagan, 4 tadan ko‘p bo‘lmagan), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar, slayd va keyslardan iborat shaklda tayyorlanadi. “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi va ahamiyati yoritiladi. “Reja”ning har biri elektron shaklda Times New Roman 14 shrift, 1,5 intervalda har biri 4-5 betda (qo‘lda yozilsa shunga muvofiq hajmi ko‘payishi mumkin, ya’ni 900-1100 so‘zdan iborat tartibda) yoziladi. Mavzuni yoritayotganda iqtiboslar keltirilishi va foydalanilgan manbalar aniq tartibda ko‘rsatilishi shart! Shuningdek, mavzuning asosiy mohiyati ochib berilishi talab etiladi. “Xulosa” qismida talabaning mavzuni o‘rganish asosida ilmiy xulosasi va taklif-tavsiyalari aks etadi. “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida” manbalar ketma-ketlik asosida: rasmiy hujjatlar, raxbariy adabiyotlar, kitob shaklidagi adabiyotlar, maqolalar va internet saytlari tartibida keltiriladi. Ilovalar, slayd va keyslar talaba tomonidan ixtiyoriy ravishda shakllantiriladi. Ikkinchidan, talaba yuqorida keltirilgan mavzularni mustaqil tarzda puxta egallaydi. O‘rganib chiqilgan mavzularning faqat “Referat” mavzusidan tashqari barchasini umumiy daftarga konspekt shaklda annotatsiya qiladi. Annotatsiya har bir mavzu yuzasidan kamida 2-3 betdan iborat hajmda yoziladi. Mavzu konspekti masalan: 1-mashg‘ulot - Falsafiy dunyoqarashning o`z-o`zini anglashdagi ro`li, 2-mashg‘ulot - Insonning ma’naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli. Uchinchidan, talaba yuqorida keltirilgan mavzularni mustaqil o‘rganishi jarayonida har bir mavzu yuzasidan 2 tadan kam bo‘lmagan, 4 tadan ko‘p bo‘lmagan test tuzadi. Test elektron shaklda tuziladi va qog‘oz varianti topshiriladi. Test javoblari ko‘rsatilishi yoki elektron shaklni topshirish shart emas. Talaba ushbu mavzularni mustaqil o‘rganishi jarayonida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Konspekt va test tayyorlashi natijasida fanni o‘zlashtirishi ancha takomillashadi. Talabalarga sessiya oraliq topshiriqlari bilan birga fan ishchi dasturini berilishi maqsadga muvofiq. Talaba seminar mashg‘ulotlarini dars boshlangunga qadar mustaqil tayyorlab kelishi ham mumkin. Bu esa, dars jarayonini samarali o‘tishiga zamin hozirlaydi. Sessiya oraliq topshiriqlari semestr birinchi haftasida to‘liq tekshirilib, baholar oraliq qaydnomalariga qo‘yilishi shart! Ikkinchi oraliq o‘rganib kelingan fan nuqtai nazaridan kelib chiqib og‘zaki yoki yozma shaklda olinadi. Olingan 2-oraliq baholari semestr ikkinchi haftasida oraliq qaydnomalariga tushirilishi shart! Sessiya oralig‘i nazorat ishlarini baholash uchun, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 930-sonli qarori 1-ilovasi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning “Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘quv jarayonini tashkil qilish” – deb nomlangan 3-bobi 20-bandiga muvofiq o‘quv sessiyasi davridagi dars mashg‘ulotlarini tugash-tugamasligi muhim emas. Download 80.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling