SESSIYA ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQLARI
O‘quv fani: “Falsafa”.
Fanning asosiy maqsadi: - birinchidan, talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish,talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvini shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalash hamda o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash ko‘nikma va malakasini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: - birinchidan, falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalarni o‘rganish orqali tizimli, kreativ fikrlash, hayotda o‘z o‘rnini topish; ikkinchidan, jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashish, voqealarga shaxsiy, ijodiy tanqidiy baho berish; uchinchidan, o‘z-o‘zini ma’naviy axloqiy, diniy tarbiyalash; to‘rtinchidan, jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalash; beshinchidan, inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, xususan, milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishdan iborat.
“Фалсафа” fani bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: - birinchidan, Falsafiy tafakkur xususiyati va qonuniyatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, mantiqiy, etik, estetik madaniyati, dunyo xalqlari dinlari, dunyoning diniy-konfessional manzarasi,inson hayot tarzi va ma’naviyatini takomillashtirishdagi roli va ahamiyati haqida tasavvur va bilimga ega bo’lishi; ikkinchidan, Sharq va G’arb falsafasining etuk g’oyalari, ilmiy va ma’naviy merosi, dunyoning yagonaligi qonuniyati va unda koinot va inson borlig’ining aloqadorligi xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish, din bilan bog’liq jarayonlarni mahalliy urf-odat, an’analardan kelib chiqqan holda tadqiq qila olish, din nomi bilan sun’iy bog’langan ma’naviy tahdidlar, axborot xurujlariga qarshi kurashish ko’nikmalariga ega bo’lishi; uchinchidan, Kasbiy faoliyatda fanning metodologik ahamiyati, global jarayonlarda analitik va sintetik, mantiqiy, axloqiy, estetik va diniy tafakkur qilish. Ijtimoiy jarayonlarni falsafiy tahlil qilish usullarini qo’llash, ijtimoiy global muammolari bo’yicha echimlar qabul qilish malakasiga ega bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |