Tillarning geneologik tasnifi Re’ja Dunyo tillari Genalogik tasnif nima
Download 30.36 Kb.
|
1 2
Bog'liqDildora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tillarning genalogik tasnifi
Tillarning genealogik tasnifi — tillarning kelib
chiqishi va qarindoshligini aniklashga asoslangan tasnif. Dastlabki, ilk asos tildan kelib chiqqan tillar oʻzaro qarindosh tillar hisoblanadi (mas., hozirgi 20 dan ortiq turkiy tillar dastlabki kad. turkiy tilning, hozirgi slavyan tillari esa dastlabki umumslavyan tilining makon va zamondagi variantlaridir). Tillarning genetik qarindoshligi tillar oʻrtasidagi fonetik, grammatik va leksik uxshashliklar tizimini aniklash orqali belgilanadi. T.g.t.ning ilk manbalari, asoslari sifatida M.Koshgʻariyning turkiy lahja(til)lar boʻyicha, bir qancha arab olimlarining som tillari boʻyicha izlanishlarini koʻrsatish mumkin. T.g.t.ning maydonga kelishi qiyosiytarixiy tilshunoslikning paydo boʻlishi (19-asr) bilan bogʻliq. Bu tasnifda qarindosh tillar kichik guruhchalarga, guruhlarga, oilalarga, baʼzan esa undan kattaroq birliklarga — makrooilalarga yoki til formatsiyalariga (mas., uraloltoy tillari) birlashtiriladi (mas., T.g.t.ga koʻra, oʻzbek tili turkiy tillar oilasining sharqiy guruhiga, rus tili esa hindevropa tillari oilasining slavyan guruhidagi sharqiy slavyan guruhchasiga mansub). Aksariyat tillarni genealogik jihatdan tasnif qilish va ularni u yoki bu oilaga kiritish koʻpincha munozarali boʻladi. Mas., Kavkaz tillari oilasining mavjudligini hamma olimlar ham tan olgan emas (yana qarang7mllar tasnifi. Lingvistik geografiya. Tillarning morfologik tasnifi). Tillarning genalogik tasnifi--- tillarning muayyan belgilar asosida hamda tadqiqotning umumiy maqsadidan kelib chiqadigan qarashlarga moye keluvchi maʼlum tasnifiy boʻlimlar boʻyicha guruhlarga ajratilishi. Tillar tasnifi muammosi ularni qiyosiy oʻrganish vaqtida paydo boʻladi va baʼzan qiyosiy oʻrganishning pirovard maqsadi deb tasavvur etiladi. Tillar tasnifining 2 asosiy turi mavjud: tillarning genealogik tasnifi va tillarning morfologik (tipologik) tasnifi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tasniflarning birinchisi tillarning qarindoshligi tushunchasiga asoslanadi; u qiyosiytarixiy tilshunoslik paydo boʻlgandan keyingina roʻyobga chiqqan. Bunda qarindosh tillar qarindoshlik darajalariga qarab oilalarga (mas., hindevropa, finugor, turkiy, somhom va boshqa tillar oilalari), bir oila doirasidagi yaqin qarindosh tillar esa guruh va guruhchalarga (mas., hindevropa oilasining slavyan guruhidagi sharqiy slavyan tillari guruhchasi yoki turkiy tillar oilasining sharqiy va gʻarbiy guruhlari) biriktiriladi. Oiladan kattaroq tasnifiy birliklar (til oilalari toʻplami, makrooila va boshqalar)ni aniqlash, belgilashga urinishlar ham mavjud. Tillarning morfologik tasnifi esa tipologik va grammatik xususiyatlarga asoslanadi. U uzgarmas lugʻaviy birliklarga ega boʻlgan tillar hamda oʻzaro birikib, oʻzgarishlarga uchrovchi lugʻaviy birliklari bulgan tillarni kiyoslash asosida paydo boʻlgan. Nemis olimi A.V.Shlegel Tillar tasnifining ushbu prinsipini tillarni fammatik qurilishli tillar va grammatik qurilishsiz tillarga ajratgan holda rivojlantirdi. Tillarni amorf tillar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar va polisintetik tillarga ajratish ham shu tasnifga asoslanadi. Mazkur turlarning birortasi ham sof holda uchramaydi: dunyodagi barcha tillarning xususiyatlari biridan ikxinchisiga utuvchan xarakterga ega. Nemis olimi G.Shteyntal, avstriyalik F.Misteli va amerikalik E.Sepirning 19-asrda morfologik (tipologik) tasnifni takomillashtirish yoʻlidagi urinishlari birmuncha sodda, umumiy tarzda boʻlgan. Tillar tasnifining uchinchi xili — areal yoki geografik tasnif xam mavjud. Bu tasnif mazkur ikki tasnifga nisbatan qoʻshimcha, yordamchi mavqeda boʻlib, tillarning yoki bir til doirasidagi lahja va shevalarning geografik joylashuvidan kelib chiqadi (yana qarang Lingvistik geografiya). Umuman, Tillar tasnifi dunyodagi koʻplab xilmaxil tillarni yaxshiroq Foydalangan adabiyotlar 1.https://uz.wikipedia.org/wiki/Tillar_tasnifi 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Jahon_tillari 3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tillarning_genealogik_tasnifi 4.Tilshinoslik asoslari.Yuldoshev I , Sharipov O Abduazizov A tilshinoslik nazaryasi Download 30.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling