Tillarning genetik va morfologik tasnifi
Download 42.1 Kb.
|
Yo\'ldosheva Dilafro\'z
Dunyo tillari tasnifi. Tasnif haqida taniqli tilshunos olim O.Azizov shunday yozadi: ”Tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarning eng asosiy , eng muhim belgilarini nazarda tutgan holda dunyodagi narsalaning guruhlarga ajratilishi tasnif deyiladi.”3
1 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 166-бет 2 С.И.Брук. Население мира. Издательство “Наука”. Москва, 1986, стр. 100-101. 3 О.Азизов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, Тошкент, 1996, 144-бет. O„z xalqidan boshqa xalq tilini va og„zaki ijodi namunalarini o„rganish inson tabiatiga xos bo„lgan xususiyat - bilishga qiziqish tufayli amalga oshirilgan. Bu jihatdan buyuk vatandoshimiz Mahmud Koshg„ariyning xizmatlari haqida to„xtalmasdan iloj yo„q. ”U (Mahmud Koshg„ariy) haqli ravishda turkologiya fanining asoschisidir”, - deb yozadi tilshunos olim Abduhamid Nurmonov.4 Mahmud Koshg„ariy uzoq vaqt davomida turkiy qabilalar yashaydigan ulkan hududni kezib chiqdi va bu qabilalarning tilini, og„zaki ijod namunalarini sinchiklab o„rgandi hamda o„zining ”Devonu lug„atit turk” asarini yaratdi. ”Devon” aslida turkiycha-arabcha lug„at hisoblanadi, ya‟ni olim o„z asarida turkiycha so„zlarni arab tiliga tarjima qiladi hamda ularni izohlash uchun qo„shiq, maqol, matal va afsonalardan misollar keltiradi. Shu bilan birga, bu asarda turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatikasi qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Bu sohada buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning ”Muhokamat ul- lug„atayn” asari ham qiyosiy tilshunoslik bo„yicha yaratilgan mukammal asar namunasi sifatida qayd qilinishi mumkin. Har ikkala mutafakkirning yaratgan asarlari juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Yevropada esa tillarni bir biriga qiyoslab o„rganish ko„proq amaliy tabiat kasb qilgan. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Tarixdan ma‟lumki, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Fransiya, Gollandiya kabi dengiz mamlakatlari XV-XVI asrlardan boshlab mustamlakachilik siyosatini boshlab yuborganlar va ko„pgina mamlakatlarni bosib olib, ularning moddiy va ma‟naviy boyliklarini o„zlashtirishga kirishgan. Bu siyosatni o„tkazish uchun ularga mahalliy aholining tilini, madaniyatini, urf-odatlarini bilish zarur edi, natijada ularning tillarini o„z tillari bilan qiyoslab o„rganishga kirishganlar. Bu sohada Gvilelm Postellus degan olimning 1538-yilda yaratilgan ”Tillarning qarindoshligi haqida” (”De affinitae linguarum”) asarini, Iosif-Yustus Skaligerning 1599-yilda yozilib, 1610-yilda Fransiyada nashr qilingan ”Yevropa tillari haqida mulohazalar” (”Diatriba de europeorum linguis”) nomli asarini, shuningdek, E.Gishar, Iov Ludolf, Gotfrid-Vilgelm Leybnis, Yuriy Krijanich, Filipp-Iogann Stralenberg, Frans Bopp, Rasmus Rask, Vilgelm Gumboldt, Avgust Shleyxer, F.F.Fortunatov, Ferdinand de-Sossyur, A.Meye kabi ko„plab tilshunoslarning ishlarini misol qilib keltirish mumkin. Dunyo tillarini tasniflashning diqqatga sazovar bo„lgan ikkita turi mavjud. Quyida shularni ko„rib chiqamiz. Download 42.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling