Tilshunoslik fanining bo‘limlari
Tilshunoslik fani quyidagi bo„limlarni o„z ichiga qamrab oladi:
Lеksikologiya tilning lug„at boyligini o„rganuvchi bo„limdir. Uning quyidagi sohalari mavjud:
semasiologiya (yun. semasia - belgi, ma‟no, logos – ta‟limot, fan) so„zning ma‟no tomonlarini o„rganadi.
onomasiologiya (yun. onyma – nom, logos – ta‟limot, fan) narsa va hodisalarga nom berish jarayonini o„rganadi.8
onomastika (yun. onomastike – nom qo„yish san‟ati) atoqli otlarni o„rganadigan
soha bo„lib, quyidagi qismlarni o„z ichiga oladi:
antroponimika (yun. anthropos –odam, onyma - nom) odam ismlarini o„rganadi;
toponimika (yun. topos – joy, onymo - nom) joy nomlarini o„rganadi;
etimologiyada (yun. etymon - haqiqat) so„zlarning paydo bo„lish yo„llari o„rganiladi.
lеksikografiya (yun. lexis – so„z, grafo - yozaman) lug„at tuzish masalalari bilan shug„ullanadigan soha.
Frazеologiya ko„chma ma'noli birikmalar, ya'ni iboralarni o„rganadigan bo„lim.
Shеvashunoslikda (dialеktologiya) tildagi shеvalar o„rganiladi.
Fonеtika tilning tovush tizimini, tilda yuz beradigan asosiy tovush jarayonlari o„rganiladigan bo„lim.
Fonologiya so„z va so„zshakllar ma‟nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi
– fonemalar o„rganiladigan bo„lim.
Orfoepiya bo„limida talaffuz me‟yorlari o„rganiladi.
Grafika bo„limida har bir tilning yozuv va harflar tizimi o„rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |