Tilning nisbat kategoriyalari haqida m. R. Rahimov (SamDU)
Download 21.1 Kb. Pdf ko'rish
|
133 TILNING NISBAT KATEGORIYALARI HAQIDA M.R.Rahimov (SamDU) Ma’lumki tilshunoslikning o‘ziga xos ajralmas qismi fe’lning grammatik kategoriyalarga boyligidir. Har bir grammatik kategoriya fe’lning u yoki bu jihatini o‘rganishga asoslangan bo‘lib, bu kategoriyalar orqali uzviy bog‘liqlikni namoyon qiladi. Bunday bog‘lanish formal-grammatik va mantiqiy o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, uzviy ravishda bir tizimni tashkil qiladi, mazkur ma’lum so‘z turkumi bo‘yicha muayyan fikr bildirishga imkon yaratadi. Chunonchi, nemis tilida fe’lning zamon katergoriyasi bilan; nisbat kategoriyasi o‘timlilik va o‘timsizlik kategoriyasi bilan mustahkam bog‘liqlikni taqazo etadi. Taniqli tilshunos S.A.Shubikning fikriga ko‘ra, «Tilshunoslikda aktiv va passiv oppozitsiyasi faqat o‘timli fe’llarga xos degan tushuncha bor». Odatda tushum kelishigida turgan vositasiz to‘ldiruvchini boshqaradigan fe’llar o‘timli (tranzitiv) fe’llar deyiladi. O‘timli fe’llarga mazkur kelishikni talab qilmaydigan o‘timsiz(intranzitiv) fe’llar qarshi turadi. O‘timsiz fe’llar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: birinchi turga jo‘nalish yoki qaratqich kelishigidagi ko‘makchili yoki ko‘makchisiz vositali to‘ldiruvchilarni boshqaradigan fe’llar kiradi. Barcha vositasiz yoki vositali to‘ldiruvchilarni boshqaradigan fe’llar ikki tomonli fe’llar deyiladi. S.A.Shubikning ta’kidiga ko‘ra bunday xususiyatga ega bo‘lmagan fe’llar bir tomonli fe’llar deyiladi [ Шубик 1989: 6-7]. V.G.Admonining talqiniga ko‘ra, «Ikki tomonli o‘timsiz fe’llar o‘timli va bir tomonli o‘timsiz fe’llar o‘rtasida oraliq hodisa bo‘lib, ularni birinchisi bilan to‘ldiruvchining mavjudligi, keyingisi bilan esa nisbatning yo‘qligi yaqinlashtiradi». Bunday fe’llar bilan bog‘liq ob’ektlar o‘z xarakteriga ko‘ra bir biridan farq qiladi. Ulardan birini anglatgan va tushum kelishigida turgan predmet bevosita ish harakat ta’sirida bo‘ladi. Ikkinchi ob’ektni ifodalagan va jo‘nalish kelishigida turgan predmetga esa ish harakat uning manfaati yo‘lida qaratilib, bevosita ish harakat ta’sirida bo‘lmaydi. Masalan: Er gab ihm einen Brief [ Адмони 1973: 101]. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, til taraqqiyotining dastlabki davrlarida fe’llar o‘timli va o‘timsiz fe’llarga bo‘linmagan. Vaziyat taqazosidan kelib chiqib fe’llar goh o‘timli, goh o‘timsiz ma’nolarda qo‘llanilib, bir so‘z bilan aytganda neytral fe’llar deb nomlangan. Vaqt o‘tishi bilan fe’llarning dastlabki neytralligidan ma’no xususiyatlariga ko‘ra o‘timli holat yuzaga keldi, fe’llar aniq ravishda o‘timli yoki o‘timsiz fe’llarga ajraldi va ob’ekt munosabatlarini aniq ifoda eta oladigan muhim tizimga aylandi. Biroq ko‘pgina fe’llarning ikki xil qo‘llanishi keyingi davrlarda ham saqlanib qoldi. Hattoki, hozirgi kunda mavjud bo‘lgan va hatto faol tillardan bo‘lgan hind-yevropa tillarida ham bir qator fe’llarning o‘timli, o‘timsiz tarzda ikki xil qo‘llanishini kuzatish mumkin, masalan: nemis tilidagi heißen fe’li “atamoq, nomlamoq( называт)” va “atalmoq(называтся)” kabi ma’nolarni bildiradi. Bu holatdan shuni anglash mumkinki, fe’lning o‘timli ma’noni olishi uchun tushum kelishigini boshqara olishi bilan bog‘lanib, bu kelishik o‘zining dastlabki ma’nolaridan sof ob’ekt ma’nolarining rivoj topishi bilan farqlanadi. Shu o‘rinda hind- yevropa tillarida fe’llar semantikasining rivojlanishiga to‘xtalib o‘tsak. Taniqli tilshunos A.N.Savchenko, “Aynan bir fe’lda ham harakat, ham holatni ifodalash imkoniyati asta sekin yo‘qola bordi va asta sekin fe’llar o‘zlarining leksik ma’nolari bo‘yicha harakat fe’llariga va holat fe’llariga, harakat fe’llarida esa asta sekin o‘timlilik va o‘timsizlik farqlana boshladi”- degan fikrni ilgari suradi [ Криницкайте 1978: 25-26]. 134 Bizningcha faqat ish harakatni bildirgan fe’llargina majhul nisbat yasay oladi. Ba’zan esa ushbu fikr unchalik yetarli emasdek tuyuladi. Chunki holat yoki jarayonni bildirgan ko‘pgina fe’llar majhullik shakliga ega. Bunday fe’llar sirasiga benötigen, brauchen, empfinden, hören, bewundern, lieben, bewohnen, vergessen, verlieren, verschlafen kabilar kiradi. Bu holatlarni e’tiborga olib, passivlashish tushunchasini quyidagicha talqin qilish mumkin: sub’ekt-ob’ekt munosabatlarini ifodalaydigan fe’llar majhul nisbat yasay oladi. Bunda sub’ekt ega vazifasini bajaradi. Bu qarashni mashhur tilshunos S.A.Shubikning tadqiqotlarida ham ko‘rish mumkin. Majhul nisbat hosil qilolmaydigan fe’llar juda ozchilikni tashkil etadi. Bunday fe’llar nofaol munosabatlarni ifodalaydi. Bularga haben, besitzen, enthalten, bedeuten, darstellen, übersteigen fe’llari kirib, ular ba’zida ob’ekt- sub’ekt munosabatlarini ifodalab, majhul shakl hosil qila oladi. Ammo umgeben, bedecken, begrenzen, erfüllen kabi fe’llar ba’zi hollardagina majhul shaklga yo‘l qo‘yadi. Shu bilan birga kosten, wiegen, dauern, bekommen, kriegen, erhalten, empfangen, erfahren, kennen, wissen, behalten kabi fe’llar ba’zi holatlarda psixologiya va pedagogika fanlarida fe’l bilan yasalgan passiv konstruksiyalar shaklida uchraydi. O‘zbek tilshunoslari Sh.Rahmatullaev va S.Mahmatqulovlarning talqinicha “O‘timsiz fe’lga qo‘shiladigan –l affiksi majhul nisbat shaklini emas, balki shaxssizlik shaklini hosil qiladi: (U uyga) bordi. →(uyga) borildi, (Ikki kilometr) yurdi. →(Ikki kilometr) yurildi kabi. Shaxssizlik ma’nosi majhullik ma’nosidan keskin farq qiladi. Aslida –l affiksi majhul nisbat yasovchi bo‘lib, bu affiksdan shaxssizlik ma’nosini ifodalashda ham foydalaniladi. Ma’nodagi keskin farqni hisobga olib, o‘zbek tili nuqtai nazaridan –l omomorfemalari haqida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Shaxssiz fe’l ko‘rinishida uchinchi shaxs shaklida bo‘ladi- yu, lekin uchinchi shaxs ma’nosini ifodalamaydi”, ya’ni bu yerda umuman shaxs ma’nosi ifodalanmagan bo‘ladi. “Majhul nisbatdagi fe’l ko‘pincha uchinchi shaxs shaklida ishlatiladi va uchinchi shaxs ma’nosida ifodalanadi” [ Раҳматуллаев, Маҳматқулов 2006:36]. Bundan ko‘rinadiki, mazkur holatda shaxssiz majhul nisbat majhul nisbatlar sirasiga kirmasdan ularning doirasidan tashqarida qolib ketgan va bu holat tadqiqotchilar tomonidan to‘liq haligacha yoritilmagan. Shu bilan birga tilshunoslarning fikricha tildagi barcha fe’llarga nisbat paradigmasi umumiy hodisa emas. Shu bois aniq nisbat va majhul nisbat zidlanishi faqat o‘timli va o‘timlilashgan fe’llardagina mavjud. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, majhul nisbat barcha o‘timli fe’llardan ham, orttirma shakli yasalishi oqibatida o‘timlilashgan fe’llardan ham yasaladi. Shunga ko‘ra tom ma’nodagi nisbat deb majhul nisbatni aytish mumkin. Fe’llarning qolgan shakllari ya’ni o‘zlik, birgalik shakllari va orttirma shaklining bir qismi esa nisbat paradigmasiga yondosh hodisa bo‘lishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Адмони В.Г. Синтаксис современного немецкого языка. –М.: Наука, 1973. -367 с. 2. Криницкайте С.А. Проблема переходности в исследованиях по индоевропейским языкам // Проблемы внутренней и внешней лингвистики. –М.: Наука, 1978. –С.11-33. 3. Раҳматуллаев Ш., Маҳматқулов С. Нисбат парадигмаси ва унга ёндош ҳодисалар // Ўзбек тили ва адабиёти, 2006, 2-сон, 35-41-бетлар. 4. Шубик С.А. Категория залога и поле залоговости в немецком языке. –Л.: Наука, 1989. -124 с. Download 21.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling