Tilning paydo boʻlishi haqidagi nazariyalar
Download 11.49 Kb.
|
Tilning paydo boʻlishi nazariyalari
Tilning paydo boʻlishi haqidagi nazariyalar Tilning paydo bo‘lishi masalasi - til qachon va qayerda paydo boigan, dastlab nechta til bo'lgan, u yoki bu tillar qanday bo‘lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgani yo‘q. Bu xususda ilmiy taxminlar mavjud, xolos. Ba’zi olimlaming fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan. M a’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganini tasaw ur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtai nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan awalgi holati biz uchun qorong‘idir. Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to ‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv paydo bo‘lgandan keyingi tilni o‘rganish tilning paydo boiishi to ‘g‘risidagi muammoni yoritishga imkon bermaydi. Shunday b o ‘lsa ham , b a ’zi olim lar bu m asalaga oid o ‘z munosabatlarini, fikrlarini aytib o‘tishgan. Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilni qay tarzd a kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs yuritganlar. Tilshunoslik tarixidan m a’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o ‘rtaga tashlagan. Demokrit va boshqalar (asrimizgacha bo‘lgan 460-370-yillar) tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikmi ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar (asrimizgacha bo‘lgan 427-347-yillar) narsa bilan uning nomi orasida m uayyan bog‘lanish bor. Bu b o g ‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘matilgan, degan fikmi ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan. Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan ulaming nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanishyo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillaming soni 5000 dan ortib ketmasdi. Lekin shu bilan birga tillaming bugungi holati, ya’ni sinxroniya nuqtai nazaridan zamonaviy tillarda har ikki oqimning fikrlarini tasdiqlovchi yetarli faktlar mavjud. Quyida ular to‘g‘risida qo‘shimcha m a’lumotlar beriladi.Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy farazlar Tilning paydo bo‘lishi to ‘g‘risida asosiy farazlardan biri tovushga taqliddir. Bu faraz qadimgi Yunonistonda - Demokrit va Platon davrida o‘rtaga tashlangan bo‘lib, unga ko‘ra ibtidoiy odamlar yo ongli, yo ongsiz tarzda turli-tuman tovushlar, ya’ni hayvonlaming baqiriqlari, qushlarning sayrashi, shamol va sharsharalarning ovozlari va hokazolarga taqlid qilishga harakat qilishgan. Ibtidoiy odamlar dastlab ayrim tovushlarni, keyinchalik bu tovushlam i bir-biriga q o ‘shib talaffuz qilishni o ‘rganishgan: bu tovush va tovush birikmalari so‘z yasashga asos bo‘lgan, degan fikr ilgari suriladi. Har bir tilda tabiat tovushlariga taqlid qilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan so‘zlar, masalan, rus tilida KyKyuiKa, raBKaTb, rnnneTb (inimeHHe), o ‘zbek tilida - q arg ‘a, sharshara, kaklik, chum chuq, miyov (miyovlamoq)ning mavjudligi bunday farazga asos qilib olingan. Ammo bu so‘zlar tildagi so‘zlaming juda kamchiligini tashkil etadi. T ab iatd a tovush chiqarm aydigan narsalarning soni tovush chiqaradiganlarga nisbatan k o ‘p. Shunday b o ‘lgach, tovush chiqarmaydigan narsalarga nom qayerdan olib qo‘yilgan, degan tabiiy savol tug‘iladi. Tovushga taqlid qilish farazi to‘g‘ri bo‘lsa, unda ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan so‘zlarning soni fan va texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi kerak. Lekin so‘nggi yillarda Avstraliya va Janubiy A m erikada topilgan, ibtidoiy tuzum ni boshidan kechirayotgan qabilalar tilida o ‘tkazilgan tajribalar, bu tillarda tovushga taqlid qilish yo‘li bilan yasalgan so‘zlar rivojlangan tillardagiga nisbatan birmuncha kamligini ko‘rsatdi. Undan tashqari, tabiatdagi baqiriq-chaqiriq, shovqin-suronlarga taqlid qilish uchunnutq organlarining o‘ta rivojlangan bo‘lishi zarurligi ham aniqlangan. Demak, tovushga taqlid farazi tilning paydo boiishi masalasini uzil- kesil hal qilolmaydi. M a’lumki, til bilan tafakkur bir vaqtda paydo bo‘ladi. Shunday ekan, yuqoridagi farazni ilgari surgan faylasuflar va tilshunoslaming fikri til bilan tafakkur birligiga ziddir, chunki farazda dastlabki taqlidiy tovushlarni ibtidoiy odamlar beixtiyor «izhor qilishgan» deyiladi. Bunday holda til tafakkurdan avval paydo bo‘lgan degan noto‘g‘ri xulosa yuzaga kelishi mumkin. Undovlar farazi. Tilning paydo b o ‘lishiga doir ikkinchi keng tarqalgan fikr undovlar farazidir. Bu faraz ham qadimiy bo‘lib, uning asosida ham hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Bu faraz asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq- chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari, g‘am-alamlarini ifodalashgan: oh, uh kabi undov so‘zlar bunga misol qilib ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday so‘zlaming birikuvidan kelib chiqqan, deb tushuntiriladi. Taniqli fransuz olimi Jan Jak Russo (XVIII asr) ham shu fikmi quwatlagan. Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud bo‘lib, ular yordamida har xil so‘z turkumlari yasalishi mumkin (o‘zbek tilida uflamoq va rus tilida oxamb, yxamb). Lekin bu so‘zlaming miqdori shu qadar kamki, tildek murakkab hodisa ana shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan, deyish bu masalani juda soddalashtirib yuborgan bo‘lur edi. M a’lum ki, tilning asosiy vazifasi odam lar orasida fikr almashinuvini ta ’minlashdir. Binobarin, mazkur farazni qabul qilish tilning asosiy vazifasini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad etishga olib keladi. Ichki kechinmalami izhor qilish doimo ham jamiyatning bo‘lishini taqozo qilmaydi. Vaholanki, tilning yashashi va rivojlanishi jamiyat bilan uzviy bog‘liq: jamiyat bor joydagina til bor, til bor joyda jamiyat mavjud. Mehnat chaqiriqlari farazi. Bu farazni ilgari surgan olimlarning fikricha, til odamlar jamoa bo‘lib mehnat qilayotganlarida mehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida paydo bo‘lgan. Hozirgi zamon olimlarining m a’lumot berishicha, tilning paydo bo‘lishida mehnat chaqiriqlarining hech qanday daxli yo‘q, chunki u na odamlar orasida aloqa vositasi vazifasini bajaradi, na narsa vahodisalaming nomini ataydi va na his-hayajonni ifodalaydi. Bu faraz ham tilning kelib chiqish sabablarini, tilning paydo bo‘lishini jamiyatning paydo bo‘lishi, so‘zlash va fikr yuritish qobiliyatiga ega b o ‘lgan insoniyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy ravishda bog‘lay olmaydi. Ijtimoiy kelishuv farazi. Bu faraz XIX asming ikkinchi yarmida paydo b o ‘lib, uni ilgari suruvchi olimlar b a ’zida bir-biriga zid xulosalarga kelishgan, ularning tilning kelib chiqishi to ‘g‘risidagi asosiy fikrlari bir xil. Qisqa qilib aytganda, bu farazga narsalami qanday atashni odamlar o‘zaro kelishib olishgan. Ko‘rinib turibdiki, boshqa farazlarga qaraganda, bu eng oddiy va oson tanqid qilinishi mumkin, chunki biror narsa to‘g‘risida kelishib olish uchun, tabiiyki, kelishuv vositasi, ya’ni til kerak. Binobarin, bu faraz tilning paydo bo‘lishini emas, balki til rivojlanishining bir yo‘nalishini tushuntirishi mumkin. Hozirgi vaqtda u yoki bu fanga taalluqli so‘z va atamalar o‘zaro kelishib olinadi. Lekin buning tilning paydo bo‘lishiga hech qanday aloqasi yo‘q. Yuqorida qayd etilgan farazlar ayrim-ayrim olinganda tilning paydo bo‘lishi jarayonini to‘la-to‘kis tushuntirib bermasa-da, ularning har birida m a’lum darajada haqiqat bor, ya’ni bu fikrlarning har qaysisi tilning paydo bo‘lishi hodisasiga o‘z hissasini qo‘shgan. A w al aytilganidek, til - ijtimoiy hodisa, odamlar jamiyatlarga uyushgan vaqtdan boshlab bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug‘ilgan. Tilning paydo bo ‘lishi tafakkur bilan bir vaqtda sodir b o ‘lgan. Insoniyatga xos boigan bu ikki hodisa bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Tilning asosida tafakkur yotadi, tafakkur esa o‘z navbatida til orqali namoyon bo‘ladi, rivojlanadi. Til takomillashishining garovi esa - tafakkurdir. Download 11.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling