Tilshunoslik fani tarixi. Qadimgi hind, xitoy, grek, rim tilshunosligi. O`Rta asrlarda yevropa va arab tilshunosligi. O`Rta osiyoda tilshunoslikning rivojlanishi reja


Alisher Navoiy - chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi


Download 75.67 Kb.
bet26/26
Sana02.01.2022
Hajmi75.67 Kb.
#199111
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1- MARUZA.TILSHUNOSLIK FANI TARIXI.

Alisher Navoiy - chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi. Alisher Navoiy o`z ona tilida badiiy ijod qilish, ona tilining butun go`zalligi, tarovatini amalda ko`rsatish bilangina cheklanib qolmadi. Ona tilini o`sha davrda badiiy adabiyot uchun anhana bo`lib qolgan fors tiliga qiyoslab, bu tildan hech qolishmasligini, hatto bahzi o`rinlarda ustunroq turishini ilmiy jihatdan ham isbotlab bermoqni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Ana shu maqsadda 1499-yilda ikki til muhokamasiga - ikki tilning chog`ishtirma fammatikasiga bag`ishlangan maxsus asarini - «Muhokamat ul-lug`atayn» asarini yaratdi.

Alisher Navoiyning bu asarining maydonga kelishi bilan dunyo tilshunosligida yangi sahifa ochildi. Tilshunoslikning hozirgi kunda chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistika deb yuritiluvchi yangi yo`nalishiga asos solindi.

Chog`ishtirma tilshunoslikning o`ziga xos xususiyati shundaki, ikki tizimga mansub bo`lgan tillar tilning barcha sathlari bo`yicha bir-biriga solishtiriladi. Ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.

Afsuski, tilshunoslik tarixida chog`ishtirma tilshunoslikning ‘aydo bulishi G`arb tilshunoslarining nomi bilan bog`lanadi va bu tilshunoslik yo`nalishining boshlanishi XIX asrdan deb belgilanadi. Bu fikrlar G`arb olimlarining Alisher Navoiy asarlaridan bexabarligidan ‘aydo bulgan. Agar boxabar bo`lganlarida edi, Alisher Navoiyning lingvistik merosidan hayratga tushgan va, so`zsiz, uni chog`ishtirma tilshunoslikning otasi deb hisoblagan bo`lardilar. Chunki «Muhokamatul-lug`atayn» asarida chog`ishtirma tilshunoslikning barcha belgilari mavjuddir.

Birinchidan, solishtirish uchun turli tizimdagi tillar olinadi. Turkiy tillarga mansub bulgan turk (o`zbek) tili bilan hind-ovrupo tillarining eroniy tarmog`iga oid sart (fors-tojik) tili o`zaro muqoyasa qilinadi. O`rni bilan somiy tillariga mansub bulgan arab tiliga ham solishtiriladi.

Ikkinchidan, solishtirish uchun keltirilgan daliliy misollar tasodifiy bo`lmasdan, tilning butun tizimini qamrab oladi. Fonetik tuzilishdan tortib sintaktik tuzilishgacha har ikki tizimga mansub bulgan tillar solishtiriladi.

Ularning o`ziga xos tomonlari haqida qimmatli xulosalar beradi. Ikki tilning muhokamasiga bag`ishlangan bu asar Alisher Navoiyning turk (o`zbek) jonli so`zlashuv tilini ham naqadar chuqur o`zlashtirgan, har bir qavmning til xususiyatlari uning e`tiborida bo`lgan, ayni ‘aytda, fors va arab tillarining ham zukko bilimdoni sanalgan keng qamrovli tilshunos ekanligini to`la namoyish etadi.

Xullas, Alisher Navoiy tilshunoslikning bir qator sohalari - fonetika, morfemika, so`z yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi masalalari yuzasidan qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Til va tafakkur, tilning va tillarning paydo bo`lishi, tilda umumiylik va xususiylik kabi bir qancha tilshunoslikning umumnazariy masalalari yuzasidan o`z qarashlarini bayon qilgan kontrastiv (chog`ishtirma) tilshunoslikka asos solgan buyuk tilshunos allomadir.



Download 75.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling