Qoraxoniylar davrida tilshunoslik. Turkiy xalqlar tarixida qoraxoniylar davri deb yuritiladigan X-XII asrlar alohida ajralib turadi. Tarixiy manbalar shunga guvohlik beradiki, X asrlarga kelib xalifalik birmuncha kuchsizlashdi. Markaziy Osiyoda qarluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi va Ettisuvda qoraxoniylar dinastiyasi yoki Ilikxon dinastiyasi vujudga keladi.
Qoraxoniylar sharqda uyg‘ur, g‘arbda esa turk-eron madaniyatini o‘zida uyg‘unlashtirib, Markaziy Osiyoning eng madaniy va eng yirik turk davlatchiligiga asos soldilar.
IX asrning ikkinchi yarmida qoraxoniylar davlatining ma’muriy chegarasi ancha kengaydi: yuqori Chindan Farg‘ona, Tarkan, Buxoroga qadar cho‘zilgan katta hudud Bug‘raxon tasarrufiga o‘tadi.
Bu davrda yozma adabiyot rivojlandi. Turk madaniyati, tiliga qiziqish boshqa xalkdar o‘rtasida kuchaydi. Shuning uchun ham turkiy tilda Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik» asari va turkiy tilni o‘rganishni xohlovchi arablarning ehtiyojini qondirmoq uchun Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asari maydonga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |