Tilshunoslik fani tarixi. Qadimgi hind, xitoy, grek, rim tilshunosligi. O`Rta asrlarda yevropa va arab tilshunosligi. O`Rta osiyoda tilshunoslikning rivojlanishi reja


Temuriylar davrida o`zbek tilshunosligi


Download 75.67 Kb.
bet23/26
Sana02.01.2022
Hajmi75.67 Kb.
#199111
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1- MARUZA.TILSHUNOSLIK FANI TARIXI.

Temuriylar davrida o`zbek tilshunosligi. O`zbek xalqi tarixida temuriylar davri zarhal harflar bilan ajralib turadi. Sohibqiron Amir Temur davrining yetuk bilimdoni bo`lgani uchun uzi barpo etgan buyuk imperiya hududida ilm-fan, madaniyat, san`at, arxitekturaning rivojiga alohida ahamiyat berdi. Dunyoning turli joylaridan olimu fuzalolarni saroyga yig`ib, ularga izzat-ikrom ko`rsatdi. Ijod qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratib berdi. Temur tuzuklarida yozilishicha, saroy majlisida olimu fuzalolar doimo Sohibqiron yonidan joy olganlar. Shuning uchun ham bu davrda ilm-fan, madaniyat, sanhat gullab-yashnadi. Imperiya hududi, ayniqsa, uning poytaxti Samarkand ulkan qurilish maydoniga aylandi. Bu davr G`arb olimlari to`fi tahkidlaganidek, Markaziy Osiyoning Uyg`onish davri edi.

Amir Temur turk (o`zbek) tilining obro`-e`tiborini ko`tarish, uning funksiya doirasini kengaytirish, bu tilni diplomatik munosabatlar, davlatning turli hujjatlari yuritiladigan tilga aylantirishga alohida ahamiyat berdi. Shuni tahkidlash kerakki, Sohibkironning turk (o`zbek) tilining haq-huqukini tiklash uchun harakati o`sha davrda badiiy adabiyotda, davlatning rasmiy hujjatlarida anhanaviy til bo`lgan fors tilini kamsitish hisobiga bo`lmadi. U tilning rivojiga ham keng imkoniyat yaratib berdi. Xalqlar o`rtasida til asosida konflikt chiqishiga mutlaqo yo`l qo`yilmadi. Ikki tillilik imperiya hududida keng tarkaldi.

Amir Temur turk (o`zbek) tilining fors tili bilan teng nufuzga ega bo`lishi uchun barcha shart-sharoitni yaratishga harakat qildi. O`zi ham tuzuklarini va ko`p davlat yozishmalarini turk (o`zbek) tilida yozdi. Bu esa turk tilining davlat tili mavkeiga ko`tarilishiga imkoniyat yaratdi. XX asrning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov, Sohibqironning ana shu xizmatlarini nazarda tutib, hozirgi barcha turkiyzabon xalqlar Amir Temur oldida qarzdor ekanligini tahkidladi.

Amir Temur va temuriylar turk tilida badiiy asarlar yaratishga alohida ahamiyat berdilar. Shuning uchun temuriylar saroyida bir qancha turkiyzabon adiblar izzat ikromga sazovor bo`ldilar.

Xususan, Mavlono Lutfiy Shohruh Mirzo saroyida xizmat qilib, o`z zamonasining «Malik ul-Kalom» iga aylandi.

Sakkokiy Mirzo Ulug`bek saroyida ijod qildi va Ulug`bekning izzat-ikromiga sazovor bo`ldi. Olim-fozillarga katta hurmat bilan qaraganligi, ilm-mahrifatga ahamiyat berganliklari tufayli temuriylar uz oilalarida bola tarbiyasiga, ularning ilm olishlariga ham e`tiborni kuchaytirdilar. Buning natijasida temuriylardan bir qator olimlar, shoirlar yetishib chikdi. Mirzo Ulug`bek, mashhur «Taashshuqnoma» asarining muallifi Sayid Ahmad ibn Mironshoh, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday temuriyzodalardandir.

Temuriylar saroyida o`sib-ulg`aygan Alisher Navoiy Amir Temur niyatini to`la amalga oshirishga bel bog`lab, o`zbek adabiy tilining yalovbardori bo`lib maydonga chikdi.


Download 75.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling