O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universtiteti iqtisodiyot fakulteti
Download 129.18 Kb.
|
1 2
Bog'liqOGAHIY FALSAFASI MUSTAQIL ISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSTITETI IQTISODIYOT FAKULTETI ________________________FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu:__________________________________ Tayyorladi :_____________________ Qabul qiluvchi:____________________ REJA KIRISH 1.OGAHIY HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 2.OGAHIYNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI AHAMIYATI 3.OGAHIYNING ASARLARI XULOSA FOYDANALILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH
Muhammad Rizo mirob ibn Ir-Niyozbek, adabiy tahallusi Ogahiy 1809 yilda Xiva shahridagi Qiyot qishlog‘ida tavallud topgan. Otasidan erta ayrilgan Muhammad Rizo, tog‘asi - taniqli tarixshunos va shoir Shir Muhammad ibn Amir Ivaz biy mirob, adabiy tahallusi Munisning qo‘lida tarbiyalanib, undan savodni o‘rganadi. Keyinchalik Xiva xonligining poytaxtlaridan biridagi madrasada ta’limni davom ettirib, barcha kuchini arab va fors tillarini o‘rganishga qaratadi. U bor ishtiyoqi bilan kitob mutoalasi va bilim olishga kirishadi. Katta muhabbat ila sharq xalqlarining mumtoz namoyondalari Navoiy, Fuzuliy, Bedil va boshqalarning asarlarini o‘rganadi. Xonning qo‘lida mirob bo‘lib xizmat qiluvchi tog‘asining vafotidan so‘ng, bu lavozimni u egallaydi. Yer sun’iy sug‘orishga asoslangan diyorda miroblik lavozimi og‘ir va mas’uliyatli kasb hisoblangan. Biroq Ogahiy ilmiy va adabiy bilimlar uchun vaqt topgan. Bir kuni miroblik ishlari bo‘yicha yurganida Ogahiy otdan yiqilib, oyog‘ini sindirib qo‘yadi. Shundan so‘ng shoir yurishlardan bosh tortishga majbur bo‘ladi va ona qishlog‘i Qiyotda qolib, adabiy ishlar bilan shug‘ullanadi. 52-55 yoshlarida Ogahiy o‘zi ichiga she’rlarni olgan, bayaz to‘plami “Sevishganlar tumori” nomli devon tuzib, uni sinchkovlik bilan tahrirlaydi. Shoir tomonidan yozilgan g‘azallar turlidir. Birida toza sevgi tarannum etilsa, boshqalarida so‘filik g‘oyalari, uchinchisida shaxsiy kechinmalari bayon etilgan. Ogahiy nozik lirik, Navoiy maktabining iqtidorli izdoshi kabi taniqli. “Riyoz ud davla”, “Zubdat ut tavorih”, “Jomiy ul vakiati sultoniy”, “Gulshan davlat” va “Shohid ul iqbol” kabi asarlar muallifi. “Riyoz ud davla” asarida 1825 yildan 1842 yilgacha bo‘lgan Xorazm tarixi bayon etilgan. “Zubdat ut tavorih” da 1843 yildan 1846 yilgacha bo‘lgan Xorazm tarixi ifodalangan. “Gulshan davlat” asari o‘z ichiga 1856 dan 1865 yilgacha bo‘lgan tarixni o’z ichiga olgan. Ogahiyning so‘nggi asari “Shohid ul iqbol” 1865 yildan 1872 yilgacha bo‘lgan davrga bag‘ishlangan. Uning o‘zbek va tojik tilidagi she’rlarida fuqarolik mavzulari - nohaqlikka norozilik, ikkiyuzlamachilikni qoralash jaranglaydi. “Sevishganlar tumori” lirik devonida Ogahiy insoniyatning yuqori tuyg‘ularini tarannum etgan. Ogahiy o‘zbek tiliga Nizomiy, Amir Husraf Dahlaviy, Saadi, Jomiy, Hiloliy va boshqalarning asarlarini she’riy tarjimasi bilan tanilgan. Ogahiy (taxallusi; toʻliq ism sharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — oʻzbek shoir, tarixchi, tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan oʻrgangan. 1829-yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825—42) Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashgʻul bir paytda otdan yiqilib, oyogʻi „shakarlang (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857-yildan miroblik vazifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan. Otasidan 3-yoshida ayrilgan Muhammad Rizo, tog‘asi - taniqli tarixshunos va shoir Shir Muhammad ibn Amir Ivaz biy mirob, adabiy tahallusi Munisning qo‘lida tarbiyalanib, undan savodni o‘rganadi. Keyinchalik Xiva xonligining poytaxtlaridan biridagi madrasada ta’limni davom ettirib, barcha kuchini arab va fors tillarini o‘rganishga qaratadi. U bor ishtiyoqi bilan kitob mutoalasi va bilim olishga kirishadi. Katta muhabbat ila sharq xalqlarining mumtoz namoyondalari Navoiy, Fuzuliy, Bedil va boshqalarning asarlarini o‘rganadi. Xonning qo‘lida mirob bo‘lib xizmat qiluvchi tog‘asining vafotidan so‘ng, bu lavozimni u egallaydi. Yer sun’iy sug‘orishga asoslangan diyorda miroblik lavozimi og‘ir va mas’uliyatli kasb hisoblangan. Biroq Ogahiy ilmiy va adabiy bilimlar uchun vaqt topgan. Bir kuni miroblik ishlari bo‘yicha yurganida Ogahiy otdan yiqilib, oyog‘ini sindirib qo‘yadi. Shundan so‘ng shoir yurishlardan bosh tortishga majbur bo‘ladi va ona qishlog‘i Qiyotda qolib, adabiy ishlar bilan shug‘ullanadi. 52-55 yoshlarida Ogahiy o‘zi ichiga she’rlarni olgan, bayaz to‘plami “Sevishganlar tumori” nomli devon tuzib, uni sinchkovlik bilan tahrirlaydi. Shoir tomonidan yozilgan g‘azallar turlidir. Birida toza sevgi tarannum etilsa, boshqalarida so‘filik g‘oyalari, uchinchisida shaxsiy kechinmalari bayon etilgan. Ogahiy nozik lirik, Navoiy maktabining iqtidorli izdoshi kabi taniqli. “Riyoz ud davla”, “Zubdat ut tavorih”, “Jomiy ul vakiati sultoniy”, “Gulshan davlat” va “Shohid ul iqbol” kabi asarlar muallifi. “Riyoz ud davla” asarida 1825 yildan 1842 yilgacha bo‘lgan Xorazm tarixi bayon etilgan. “Zubdat ut tavorih” da 1843 yildan 1846 yilgacha bo‘lgan Xorazm tarixi ifodalangan. “Gulshan davlat” asari o‘z ichiga 1856 dan 1865 yilgacha bo‘lgan tarixni o’z ichiga olgan. Ogahiyning so‘nggi asari “Shohid ul iqbol” 1865 yildan 1872 yilgacha bo‘lgan davrga bag‘ishlangan. Uning o‘zbek va tojik tilidagi she’rlarida fuqarolik mavzulari - nohaqlikka norozilik, ikkiyuzlamachilikni qoralash jaranglaydi. “Sevishganlar tumori” lirik devonida Ogahiy insoniyatning yuqori tuyg‘ularini tarannum etgan. Ogahiy o‘zbek tiliga Nizomiy, Amir Husraf Dahlaviy, Saadi, Jomiy, Hiloliy va boshqalarning asarlarini she’riy tarjimasi bilan tanilgan. Tarjima sohasida Ogahiy chinakam yangilik yaratuvchi bo‘lgan. Uning tarjimonlik qarashlari bizning davrimizning badiiy qarashlariga juda yaqin. O‘zbek adabiyoti bu vaqt mobaynida tojik, ozarbayjon, turkman va boshqa adabiyotlar bilan uzviy rivojlandi. Oddiy xalq orasida Firdavsiyning “Shohnoma”, Bedil she’riyati, Fuzuliyning g‘azallariga ko‘plab taxmislar va’zxonligini eshitish mumkin bo‘lgan - bularning bari o‘sha davr o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos jihatlarini tashkil etgan. Ogahiy Sharq mumtoz ijodkorlarining 20 dan ziyod tarixiy va badiiy asarlarini (Saadiyning “Guliston” asari shular jumlasidan) o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning tarixiy asari Bayoniy tomonidan davom ettirilgan. Ogahiy 1874 yil Xivada vafot etgan.Adib qalamiga mansub 26 asardan hozirgi kunda 4 tasi topilganicha yo’q, uning asarlarining 22 tasidan 16 tasi saqlngan. Jumladan, 6 asari (11 nusxada) Beruniy nomidagi Respublika Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Sank Peterburgda 10 ta va Dushanba shahrida 8 ta asari mavjud. Hozirgi kunda adib asarlarining 22 tasi, 72 ta qo’lyozma nusxada dunyo fondlarida saqlanmoqda. Uning asarlarini birinchi bo’lib Armeni Vamberi Sayid Muhammadxon davrida Xivaga kelgan vaqtida olib ketgan, 1873 yilda A. Kun xon xazinasidan 300 ta nodir kitoblarni olib ketganda Munis va Ogahiylarni asarlarini ham olib ketgan. Ogahiy o‘z ijodiy faoliyati davomida Sa’diy Sheroziyning «Guliston», Xisrav Dehlaviyning «Hasht bihsht», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Kaykovusning «Qobusnoma», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi, o‘z millatini Sharq adabiyotining nodir durdonalari bilan bahramand etadi. U o‘z davrida taniqli mutafakkir, olim, mohir hattot, tarjimon sifatida shuhrat qozonadi, ilg‘or dunyoqarashi bilan ilg‘or fikrning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. Ogahiyning xalqparvarlik g‘oyalari Ogahiy xalqqa yaxshilik qilishni o‘zining insoniy burchi deb biladi. Ogahiyning fikricha, oddiy xalqqa xizmat qilish ma’naviy qashshoqlanishning oldini oluvchi choradir. Xalqqa xolis xizmat qilgan kishining martabasi baland, elda quyoshdek aziz bo‘ladi. Bu g‘oya Ogahiy pedagogik qarashlarining asosiy mazmunini tashkil etadi. Inson ma’lum bir jamiyatda hayot kechirib, tarbiyalanar ekan, shu jamiyat a’zolari bilan muloqotda yashamog‘i kerak. Ogahiy inson kamoloti haqida Ogahiy insonning kamolga yetishishi uchun yoshligidan ilm va kasb hunar egallashi shart ekanligini ta’kidlaydi. Uningcha, ilm-ma’rifat insonning ma’naviy kamolotida va jamiyat taraqqiyotida kuchli vositadir, ilmlarni egallash har bir musulmon uchun ham qarz, ham farz. Inson qadr-qimmati uning «simmu zari» (oltin va kumushi) bilan emas, ilmu hunari, «ojizu bechoralar»ga ko‘rsatadigan himmati bilan baholanadi. Ogahiy odamlarni shunday fazilat sohibi bo‘lishga da’vat etadi. Ogahiy ilmga intilishni yuqori baholaydi va har bir inson ilmlarni egallashi zarurligini aytadi. Ogahiy ta’lim-tarbiya xaqida Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda muhim ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, til insonni boshqa mavjudotdan farq qilib turadigan asosiy belgidir, so‘z va til «takallum» qilishga, «fasohat va nafosatga», «ko‘ngil mahzanidan javohir sochish» uchun berilgandir. Ogahiyning uqtirishicha, inson bilan tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, tabiat go‘zalligi inson tafakkuri ma’naviy dunyosi rivojida g‘oyat muhimdir. Ogahiyning pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy nafosat tarbiyasini Vatan tabiati, uning go‘zalligi bilan bog‘liq holda amalga oshirishni tavsiya etadi. Ogahiy mehmondo‘stlik go‘zal fazilat ekanligini aytib, yoshlarning mehmon kutish, unga hurmat, xushmuomalada bo‘lish, kuzatish odobini egallashlariga e’tibor berishni, ularga mehmondo‘stlik odobining mohiyatini tushuntirishni tavsiya etadi. Ogahiyning fikricha, to‘g‘ri so‘z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalar-da, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. Ogahiy pedagogik qarashlarining ahamiyati Muhammad Rizo Ogahiy o‘z ijodiy faoliyatida insoniy eng yaxshi fazilatlarni — ilm o‘rganib jamiyat farvonligi yo‘lida xizmat qilish insoniylikning eng yaxshi fazilati hisoblanadi. U do‘stlikni, mehmondo‘stlikni, axloqiy go‘zallikni ulug‘laydi. Insonlarni ziyraklikka, to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga chorladi. Uning bu fikr, o‘gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir. Sa’diy Sheroziyning «Guliston», Xisrav Dehlaviyning «Hasht bihsht», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Kaykovusning «Qobusnoma», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Uning she’rlari o‘zbek va tojik tillarida jilo sochib, insoniylikni, ikkiyuzlamachikni qoralagan. Ayniqsa, Ogahiyning “Sevishganlar tumori” devoni yuksak insoniy his-tuyg‘ulari haqida ifodalangan. Ogahiy Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Sa’diy Sheroziy, Jomiy, Hiloliy va boshqa shoirlar she’r va asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ogahiy tarjimonlik sohasini piri bo‘lgan. Uning tarjimonlik tartib qoidasi bizning zamonamizdagi badiiy asar tarjimonlariga yaqin. Download 129.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling