O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universtiteti iqtisodiyot fakulteti


Download 129.18 Kb.
bet2/2
Sana18.01.2023
Hajmi129.18 Kb.
#1098462
1   2
Bog'liq
OGAHIY FALSAFASI MUSTAQIL ISH

Ruh kabi shahdin yiroq o‘lmay desang bu arsada,
Har tarafg‘a moyil o‘l, andoqki farzin, ey ko‘ngul. yoki
Joh uchun olamda har nokasga ta’zim aylama,
Istamas ersang agar juhhol aro bo‘lmoq haqir
deya nido qilishida qaysidir farzin – vazirni ko‘zda tutganini o‘zidan boshqa hech kim bilmasa ham kerak. Umri hamjihatligu kurashlarda o‘tgan shoir katta amaldor bo‘lishiga qaramay, halollik rutbasiga musharraf bo‘lgan, saodatda ulug‘ insondir
Asosiy tirikchiligi yerdan, sug‘orma dehqonchilikdan iborat bo‘lgan Xorazmda miroblik hamisha ulug‘ mansab hisoblangan. Ilmiy bitiklarda al-Beruniy bobomiz ham miroblik bilan shug‘ullangan va allomaning bevosita boshchiligida o‘sha davrda ikki yarim milyon tanob ekin maydoni sug‘orilgan, deyiladi.
Xiva xonligida miroblik ilmiga, miroblar mas’uliyatiga e’tibor kuchaytirilgan. Ayniqsa, Muhammadrahimxon I ning xonlik davrida (1806–1825) Munis Xorazmiy – Shermuhammad mirob Xorazm mamlakatining bosh mirobi sifatida iqtisodiy rivojlanishning bosh omili bo‘lmish suv xo‘jaligining takomili uchun katta ishlar qilgan, “Ornalar” (daryodan oqib chiqadigan an-horlar) haqida asar yaratgan.
So‘ngra Olloqulixon, Rahimqulixon, Muhammadaminxon, Sayidmuhammadxon davrlarida Tog‘ay mirob va Muhammadrizo mirob – Ogahiy (1825–1857 yillarda) bosh miroblik vazifasida ishlagan.
Ogahiy ayni kuchga to‘lgan, 36 yoshida ariq yoqasida otdan yiqilib oyog‘i sinadi va mayib bo‘ladi. Ammo jismonan baquvvat, irodasi mustahkam shoir ruhini tushirmaydi. 1847 yilda Madaminxonga hamroh bo‘lib Ko‘hna Urganchga boradi. U yerda Xonobod yopi qaziladi va bog‘lar barpo etiladi.Ogahiy o‘zi iqtidor, ishbilarmonligi tufayli hayotning eng oliy ne’mati bo‘lmish suv va undan foydalanish ilmini mukammal egallab, ulkan davlat arbobiga aylanadi.Albatta, yillar o‘z hukmini o‘tkazmay qolmaydi. Ogahiy 1857 yili kasalligi sababli o‘z xohishi bilan bosh miroblik vazifasidan iste’foga chiqadi.Ogahiyning umr yo‘li 8 nafar xon hukmronlik etgan davrlarda kechadi. U 8 xil boshqaruv, 8 xil muhitda ham o‘zi tanlagan saodatli yo‘ldan og‘ishmay yashagan, ishlagan, ijod qilgan. Shu xonlarning qay biri zamonida balki shoirga nisbatan sovuq munosabat bo‘lgan bo‘lsa ne tong:
Ogahiy xalq orasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — „Taʼviz ul-oshiqin“ („Oshiqlar tu-mori“, 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzil-gan, 470 gʻazal, 3 mustazod, 89 muhammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjeʼband, 7 qitʼa, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga „Ashʼori forsiy“ nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzui turadi.
Ogahiy ijodining mavzu doirasi keng. Ammo u qaysi mavzuga murojaat qilmasin, ishqni chetlab oʻtolmaydi. Ishq uning qalamida mavzuni yoritishda, gʻoyani ilgari surishda asosiy badiiy vosita; sheʼriyatida ishq — iymon, eʼtiqod vatan, zakovat timsoli kabi lirik qahramonning oʻy-kechinmalari, faoliyati, dunyoqarashini harakatlantiruvchi kuch. Ogahiy devonida zamon va zamondoshlari tasviri ham katta oʻrin egallagan. Shoir oʻzi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baho berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan. Ogahiy janr imkoniyatlariga ijodiy yondashib, ularni takomillashtirgan: oʻzigacha boʻlgan 7—8, 10—12 baytli gʻazal yozish tartibini 23 baytgacha yetkazgan, mustazod janrining qoʻsh orttirma misrali yangi shaklini kashf etgan: Ey yor, sango ushbu jahon bogʻi aro gul bir oshiqi hayron, diydoriga shaydo,Bir shuyftadur kokili mushkulinga sumbul ham holi parishon, ham boshida savdo.
Shoir aruzning juda koʻp bahrlaridan foydalangan. Uning gʻazallari „Shashmaqom“ning hamma kuylariga tushadi, Xorazm xalq ohanglariga mos keladi.
Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiyasiga taʼsir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning „Qasidai nasihat“ asari Feruzga bagʻishlangan. U oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, unda shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, gʻayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambagʻalparvar boʻlishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega boʻlsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon boʻladi, degan fikrni ilgari suradi. Ogahiy davlatni boshqarishning yoʻllarini ham koʻrsatib oʻtgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmogʻi lozim. U aysh-ishratdan, fitna va gʻiybatdan, gʻaflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq boʻli-shi kerak. Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish toʻgʻrisidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qoʻydirgan, koʻp ezgu ishlarni amalga oshirgan. Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-asr Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir.

Xulosa
Ogahiy Muhammad Rizo — o‘zbek yozuvchisi, tarixshunos va tarjimon. Shoir va tarixshunos Munis Xorazmiyning jiyani. U o‘zbeklarning yuz sulolasiga tegishli bo‘lgan. Ogahiy xivalik xonlar saroyida yilnomachi va mirobi (suv taqsimlovchi) bo‘lib xizmat qilgan. Ogahiy xalq orasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — „Taʼviz ul-oshiqin“ („Oshiqlar tu-mori“, 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzil-gan, 470 gʻazal, 3 mustazod, 89 muhammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjeʼband, 7 qitʼa, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga „Ashʼori forsiy“ nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzui turadi.


Ogahiy ijodining mavzu doirasi keng. Ammo u qaysi mavzuga murojaat qilmasin, ishqni chetlab oʻtolmaydi. Ishq uning qalamida mavzuni yoritishda, gʻoyani ilgari surishda asosiy badiiy vosita; sheʼriyatida ishq — iymon, eʼtiqod vatan, zakovat timsoli kabi lirik qahramonning oʻy-kechinmalari, faoliyati, dunyoqarashini harakatlantiruvchi kuch. Ogahiy devonida zamon va zamondoshlari tasviri ham katta oʻrin egallagan. Shoir oʻzi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baho berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan. Ogahiy janr imkoniyatlariga ijodiy yondashib, ularni takomillashtirgan: oʻzigacha boʻlgan 7—8, 10—12 baytli gʻazal yozish tartibini 23 baytgacha yetkazgan, mustazod janrining qoʻsh orttirma misrali yangi shaklini kashf etgan. Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiyasiga taʼsir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning „Qasidai nasihat“ asari Feruzga bagʻishlangan. U oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, unda shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, gʻayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambagʻalparvar boʻlishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega boʻlsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon boʻladi, degan fikrni ilgari suradi.
Ogahiy „Ravzat us-safo“ (Mirxond), „Tarixi jahonkushoyi Nodiriy“ (Muhammad Maxdiy Astrobodiy), „Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ“ (3. Vosifiy), „Miftoh ut-tolibin“ (Mahmud binni Shayx Ali Gʻijduvoniy), „Tabaqoti Akbarshohiy“ (Muhammad Muqim Hirotiy), „Tazkirai Muqimxoniy“ (Muhammad Yusuf Munshiy), „Ravzat us-safoyi Nosiriy“ (Rizoqulixon Hidoyat), „Axloqi Muhsiniy“ (Koshifip), „Qobusnoma“„Zubdat ul-hikoyot“„Sharhi daloil ulhayrat“ (Muhammad Voris), „Guliston“ (Saʼdiy), „Yusuf va Zulayho“ (Jomiy), „Shoh va gado“ (Hiloliy), „Haft paykar“ (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan oʻzbekchaga tarjima qilgan. Ogahiy „Haft paykar“ni nasriy yoʻl bilan, „Guliston“ni qisqartirib, keng kitobxonlarga tushunarli qilib tarjima etgan. „Yusuf va Zulayho“ hamda „Shoh va gado“ dostonlarini esa baytma-bayt tarjima qilib (kirish qismidan tashqari), aniq ijodiy tarjima namunasini yaratgan. „Miftoh ut-tolibin“„Ravzat us-safoyi Nosiriy“„Tabaqoti Akbarshohiy,Tazkirai Muqimxoniy“„Firdavs ul-iqbol“ , „Shohi-di iqbol“, „Yusuf va Zulayho“,„Taʼviz uloshi-qin“ asarlarining qoʻlyozma nusxalari ToshkentDushanba va Sankt-Peterburgda saqlanadi. „Zafarnoma“ (Ali Yaz-diy), „Bahoriston“, „Salomon va Ibsol“ (Jomiy), „Hasht behisht“ (Xus-rav Dexlaviy) asarlarining Ogahiy tarjimasi hozirgacha topilmagan.

Foydalanilgan adabiyot va saytlar
1. R.Majidiy. Ogahiy lirikasi. — T.: 1961
2. S.Dolimov. Ogahiyning hayoti va ijodi. -T.: 1963
3. Q.Munirov. Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari. — T.: 1961
4. N.Komilov. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. — T.: 1970;
5. Safarboev. Ogahiyning ijtimoiy-siyosiy va estetik qarashlari. — T.: 1993
6 Sultonova. Ogahiyning „Gulshani davlat“ asari adabiy manba sifatida. - T.2000;
7. https://tafakkur.net/muhammad-rizo-ogahiy.haqida
Download 129.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling