Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi


ARAB TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI


Download 173 Kb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi173 Kb.
#1500388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi. to\'liq

ARAB TILSHUNOSLIGINING RIVOJLANISHI
Ayni davrda Sharqda arab tilshunosligi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan va Sharq mamlakatlariga tarqalayotgan edi. Arab tilshunosligining rivojlanishi masalasida turlicha fikrlar bor:

  • Arab tili grammatikasi grek falsafasi ta’sir qilmagan holda mustaqil ravishda yaratilgan (Iogann Veyss).

  • Grek tili bilan arab tili bir-biridan butunlay farq qilgani uchun grek grammatikasiga oid tushunchalar arab grammatikasiga qabul qilingan emas (Karl Brokkelman).

  • Arab grammatikasidagi asosiy tushunchalar grek fanidan, Aristotel mantig‘idan olingan.

  • Arab grammatikasi hind grammatikasi ta’sirida yaratilgan.

Aslida arab tilshunosligining rivojlanishi VII asrdan boshlab islom dinining Sharq mamlakatlariga keng miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq edi.
Aslida arab tilining o‘rganilishida asosan quyidagi amaliy maqsadlar ko‘zda tutilgan edi:

    1. islom dinini qabul qilgan mamlakatlar xalqlariga arab tilini o‘rgatish;

    2. muqaddas “Qur’on” oyatlari va hadislardagi so‘zlarning tarixiy shaklllari va ma’nolarini sharhlash va izohlash. Arab tilshunosligi rivojida quyidagi 3ta yo‘nalishni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

      1. Basra analogistlar maktabi (klassikani saqlash)

      2. Kufa analitiklar maktabi (erkin munosabat)

      3. Bag‘dod ekletiklar maktabi (aralash munosabat).

Ushbu maktablar vakillari tomonidan arab tilidan dastlabki lug‘atlar, arablar uchun va g‘ayri arablar uchun qo‘llanmalar yaratildi. Bu asarlar arab leksikografiyasi va grammatikasining rivojlanishiga, arab tiliining Sharq mamlakatlariga tarqalishiga amaliy xizmat qildi.
Jumladan, Basra maktabining asoschilaridan biri Xalil al-Farohidiy (taxminan 718-791yy) arab tilining “Kitobul ayn” (“Ayn harfi kitobi”) nomli dastlabki lug‘atni va “Kitobul avomil” (“Boshqaruvchilar kitobi”) qo‘llanmasini yaratdi. Biroq bu kitoblar bizgacha yetib kelmagan. Uning shogirdi, shhur arab tilshunoslaridan biri Amir bin Usmon Sibavayxiy (733-yilda vafot etgan) “Al-
Kitab” asarini yaratdi. O‘sha davrdagi barcha ta’limotlar, qarashlarni umumlashtirgan mazkur kitob Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan yuqori baholangan hamda o‘sha davr arab adabiy tilining sintaktik va morfologik tuzilishi, so‘z yasalish va fonetik tizimi to‘liq aks ettirilgan qo‘llanma sifatida uzoq yillargacha islom dinini qabul qilgan mamlakatlar xalqlariga arab tilini o‘rgatishda asosiy darslik vazifasini o‘tagan.
“Kitob al turk” (“Turk tilini tushunish kitobi”) Ispaniyaning Andaluziya viloyatidagi Grenada shahrida tug‘ilib, Misrda yashagan, aslida Afrikaning berber qabilasiga mansub Asruddin Abu Hayen Andalusning (1256-1345) 60ga yaqin asari bo‘lib, bularning 15 tasigina bizgacha yetib kelgan, ularning ba’zilari turkiy tillarga bag‘ishlangan.
“Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turk”. Bu asarning muallifi, chop qilingan joyi va vaqti noma’lum, ammo ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, “Kitob al idrok”dan keyin yozilgan. Demak, “Attuhfa” XVI asrga oid. U 1891-1892 va 1931 yillarda Qohirada 40 marta nashr kilingan. Kitobning asl nusxasi Istambuldagi Boyazit machitining Validdin Afandi kutubxonasida saqlanmoqda.
Arab tilshunoslari ayniqsa leksikografiyaga jiddiy ahamiyat berganlar va juda ko‘p lug‘atlar yaratganlar. Bag‘dod maktabi vakili hind Sag‘ani (1181-1252 yy.) tuzgan va “To‘lqinlar toshqini” deb nomlangan 20 tomlik lug‘at, Feruzobodiy (1329-1414 yy.) tuzgan va “Qomus” deb atalgan 60 tomlik lug‘at, misrlik ibn Mansur (1232-1311 yy.) tuzgan noyob so‘zlar lug‘ati shular jumlasidandir. Arab leksikografiyasida lug‘atlar mazmuniga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi: 1.To‘liq izohli lug‘atlar. 2. Mavzuviy lug‘atlar. 3. Sinonimlar lug‘ati. 4. Noyob so‘zlar lug‘ati. 5.
O‘zlashgan so‘zlar lug‘ati. 6. Tarjima lug‘atlari. Arab lesikografiyasi sharq mamlakatlariga, keyinroq Yevropa mamlakatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Lug‘at yaratish borasida arablar o‘z ona tillaridan tashqari fors, mo‘g‘ul, turkiy tillar masalalari bilan ham shug‘ullanganlar.
Tilshunoslik fan sifatida alohida lingvistik hodisalarni, jihatlarni va umuman butun tilni o‘rganishga to‘liq imkon beradigan tarmoqlangan bo‘limlarga ega. Shuningdek, tilshunoslikning barcha bo‘limlarini o‘rganish tufayli dunyoning lingvistik manzarasi, uning shakllanishi va rivojlanishning ushbu bosqichida mavjudligi haqida umumiy tasavvur hosil qilish mumkin.
1. Umumiy tilshunoslik – bu tillarning ichki tuzilishi, faoliyati, rivojlanishi va ularni o‘rganish usullarining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan. Ushbu bo‘limda tilning universal xususiyatlari, uning strukturaviy-tizimli va ishoraviy tashkil etilishining eng umumiy qonuniyatlari, tabiiy va mashina tillarining semantikasi va sintaksisi, tabiiy tilda (mashina tilidan farqli o‘laroq) fonetikasi ham o‘rganiladi.
2. Xususiy tilshunoslik muayyan bir til yoki turkum tillar turkumining strukturaviy xususiyatlari, faoliyati, xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Tilshunoslikning ushbu bo‘limi har qanday til hodisasini ikki jihatda ko‘rib chiqishi mumkin: sinxron (tilning tarixning qaysidir davridagi fakti) va diaxron (tilning ma‘lum bir davrdagi rivojlanishi).
3. Ichki tilshunoslik. Ichki tilshunoslik lisoniy birliklarning tizimli munosabatlarini tashqi lingvistik omillarga ta‘sir qilmasdan o‘rganadi.
4. Tashqi tilshunoslik – ekstralingvistika, til taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan etnik, ijtimoiy, tarixiy, geografik omillarning yig'‘ndisini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi.
5. Nazariy tilshunoslik tilni ilmiy, nazariy tadqiq qilish, til haqidagi ma‘lumotlarni
umumlashtirish bilan shug‘ullanadi; amaliy tilshunoslik uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
6. Amaliy tilshunoslik – zamonaviy hayotda qo‘llaniladigan tilshunoslik. Ilm berilgan tilni o‘rganish bilan bog‘liq amaliy muammolarni hal etish, shuningdek, boshqa sohalarda tilshunoslik nazariyasidan amaliy foydalanish bilan shug‘ullanadi. Tilshunoslikda tilshunoslik fanlari rivojlanishining ushbu bosqichida an‘anaviy tarzda tashkil etilgan fanlar bo‘limi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. T., 200


2. N.A.Baskakov, A.S.Sodiqov, A.A.Abduazizov. Umumiy tilshunoslik. T., 1979.


3. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. T., 1972.




4. Yo`ldoshev B. Umumiy tilshunoslik asoslari. S., 2005..
Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling