Tilshunoslik nazariyasi
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
2. Semasiologiya.
3. Frazeologiya. 4.Etimologiya. 5.Onomastika. 6.Toponimika. 7.Terminologiya. 8.Leksik stilistika. 9.Leksikografiya. 1. Onomasiologiya leksikologiyaning bir bo’limi bo’lib, so’zning vazifalarini o’rganadi. So’zlarning atash, ya`ni nominativ vazifasi nominatsiya nazariyasi yoki onomasiologiya deyiladi. 2. Semasiologiya esa so’zlarning ma`no taraqqiyotini o’rganuvchi sohadir. 3. Frazeologiya. Tilning lug’at tarkibiga faqat so’zlar emas, balki turg’un iboralar ham kiradi. Bunday iboralar frazeologizmlar, ularni o’rganadigan soha esa frazeologiya deyiladi. Frazeologizmlar ikki va undan ortiq so’zlarning turg’un birikuvidir: boshiga ko’tarmoq, tilini bir qarich qilmoq, kovushini to’g’rilamoq, katta og’iz kabi. Frazeologizmlar uch turli bo’ladi: a) tarkibidagi bir so’z to’g’ri, ikkinchi so’z esa ko’chma ma`noda bo’lib, birikkan iboralar frazeologik qo’shilmalar deyiladi: hordiq chiqarmoq, holdan toymoq, so’zida turmoq kabi; b) tarkibidagi so’zlarning ma`nolari va grammatik jihati birikib, umumiy ko’chma ma`no beruvchi iboralar frazeologik birlashmalar deb ataladi: ko’kka ko’tarmoq (maqtamoq), eti suyakka yopishgan (ozg’in), yuragi orqasiga tortmoq (qo’rqmoq) kabi; v) tarkibidagi so’zlarning ma`nolari bilan ibora ifoda etgan ma`no o’rtasida hech qanday leksik aloqa sezilmagan frazeologizmlar frazeologik chatishmalar deyiladi: sichqonning inini ijaraga olmoq, tegirmonga tushsa butun chiqmoq, temirni qizig’ida bosmoq, oyog’ini tirab olmoq kabi. Frazeologizmlarning bir turi idiomatizmlar deb yuritiladi. Ular muayyan tildagi idiomalar (yunon. - o’ziga xos xususiyat) majmuidir. Idioma biror tilning o’ziga xos va qiyoslanadigan tilda muqobili yo’q. Ular birdan ortiq mustaqil so’zdan tarkib topib, yaxlitligicha obrazli, ko’chma ma`no anglatuvchi lug’aviy birlik sanaladi. Idioma tarkibidagi so’zlar leksik ma`no mustaqilligini yo’qotadi, undan anglashiluvchi umumiy ma`noga bo’ysunadi, semantik yaxlitlanish yuz beradi. Bu esa grammatik va fonetik yaxlitlanishga ham olib keladi: qirq qozonning qulog’ini tishlamoq (amalga oshmaydigan ishni qilmoqchi bo’lmoq), yog’ tushsa yalaguday (nihoyatda toza). Frazeologik chatishma kabi idiomadan anglashiladigan lug’aviy ma`no, xuddi tub so’zning bosh ma`nosi kabi izohsiz bo’ladi: ammamning buzog’i (lapashang). 4. etimologiya. So’zlarning kelib chiqish tarixini o’rganuvchi soha etimologiya (grek. etimon – haqiqiy, logos – ta`limot) deb ataladi. Ko’pgina so’zlarning kelib chiqishini, so’zlar o’rtasidagi aloqalarni, ularning fonetik tuzilishi va ma`nosini etimologiya o’rganadi. Chunonchi, o’zbek tilidagi erk so’zining etimologiyasi erik so’zidagi unlining tushib qolishi (erk) natijasida hosil bo’lib, erk, istak, huquq, kuch, fikr va boshqa ma`nolarda turkiy tillarda ishlatilgan. Tillardagi so’zlarning dastlabki kelib chiqishi izohi etimologik lug’atlarda beriladi. 5. Onomastika. Onomastika tilshunoslikning urug’ va qabilalar, elatlar va millatlar, geografik atamalar va atoqli otlarni o’rganadigan tarmog’idir. Atoqli otlarni kelib chiqishiga ko’ra o’rganish, lug’at tarkibida tutgan o’rnini belgilash, turdosh otlarning yasalish imkoniyatlarini tahlil qilish kishilar mansub bo’lgan urug’, qabila va xalq tarixi uchun muhim ahamiyatga ega. Onomastika til va jamiyat tarixiga oid ma`lumotlarni mukammallashtirish imkonini beradi. 6. Toponimika. Toponimika onomastikaning geografik nomlarni to’plash, ularning rivoji, o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash, nomlarning muhim leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini yoritish, toponimik lug’atlar tuzish bilan shug’ullanadi. Toponimlar til materialining tarkibiy qismi bo’lib, ularning yuzaga kelishi ham umumtil qonuniyatlariga bo’ysunadi. 7. Terminologiya. So’zlarning ko’pchiligi bir necha xil ma`noga ega bo’ladi. Biroq shunday so’zlar ham borki, ular fan-texnika, san`at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma`noda ishlatiladi. Bunday so’zlar terminlar deyiladi (lot. – chegara belgisi, chek ). Terminlar majmui hamda ularni o’rganuvchi, tadqiq etuvchi soha terminologiya deb ataladi. Masalan, tilshunoslik terminlarini olaylik: unli, undosh, fonema, sinonim, omonim, kesim, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi kabi. Har bir til terminologiyasi ichki va tashqi manba asosida boyib boradi. 8. Leksik stilistika – so’z va iboralarning ekspressiv ma`no anglatish xususiyatlarini o’rganuvchi sohadir. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling