5. Imlo lug‘ati. Muayyan bir tilning orfografik qoidalari, imloviy prinsiplari asosida to‘g‘ri yozishni o‘rgatuvchi lug‘atlar. O‘zbek lug‘atchiligida hozirga qadar 20 dan ortiq imlo lug‘atlari yaratilgan. Shulardan eng mukammali 1975-yilda nashr qilingan, 6500 so‘z va so‘z shakllarini o‘z ichiga oluvchi lug‘atdir. Lotin grafikasiga asoslangan Yangi o‘zbek imlo lug‘ati esa 1995-yilda bosilib chiqdi.
6. Qiyosiy (tipologik) lug‘atlar. Bir oilaga mansub tillarni o‘zaro chog‘ishtirib izohlovchi manbalar: Будагов Л. «Сравнительный словарь турецко-татарских наречий». ч. 1-2., 1869; Радлов В.В. «Опыт словаря тюркских наречий. 1-4. С.-Пб. 1888-1911.
Do'stlaringiz bilan baham: |