Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.85 Mb.
bet83/145
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#199310
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   145
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020

Leksema turlari

Ma’noviy

Sintaktik

Morfologik

Izoh (ajralish-ning asosiy

belgisi)

1

Fe’l

Harakat- holatni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchi-

lik (gap bo`lagi bo`lib kelishi)



Nisbatlanuv-chi o`zgaruvchi (yozmoq-yozildi)

Morfologik va ma’noviy

2

Ot

Predmet va predmetlikni nomlash orqali atash mustaqil leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchi-lik

Sonlanuvchi o`zgaruvchi

(kitob-kitoblar)



Morfologik va ma’noviy

3

Sifat

Belgini nomlash asosida atash mustaqil leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchi-

lik


Darajalanuv-chi o`zgaruvchi

(yaxshi- yaxshi -roq)



Morfologik va ma’noviy

4

Son

Miqdorni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchi-lik

Tartiblanuv-chi o`zgaruvchi (bir-birinchi)

Morfologik va ma’noviy

5

Ravish

O`rin, payt, tarz-tusni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari

Cheklangan muchalanuvchi-lik

O`zgarmas-lik

Morfologik va sintaktik

6

Taqlid

Tovush yoki ko`rinishga taqlid leksemalari

Cheklanmagan muchalanuvchi-lik

-

Ma’noviy

7

Ishoralar

(olmosh-lar)



Ishora mustaqil leksemalari

-

-

Ma’noviy

8

Ko`mak-chi




So`zni so`zga tobelantiruvchi muchalanmas leksemalar

O`zgarmas-lik

Sintaktik

9

Bog`lov-chi




So`zni va gapni bog’lovchi muchalanmas leksemalar

O`zgarmas-lik

Sintaktik

10

Yuklama

Ta’kid

Muchalanmaslik

O`zgarmas-lik

Ma’noviy

11


Modal

Munosabatni nomlash asosida atash leksemalari

Ajraluvchilik (gap bo`laklari bilan munosabatga kirishmaydi)

O`zgarmas-lik

Ma’noviy va sintaktik

12

Undov

His-hayajonni tasvirlash leksemalari

Ajraluvchilik

O`zgarmas-lik

Ma’noviy va sintaktik

13

Tasdiq va inkor so`zlar

Tasdiq-inkor ma’nosi

Ajraluvchilik

O`zgarmas-lik

Ma’noviy va sintaktik

14

Taklif so`zlar

Tasdiq ma’nosi

Ajraluvchilik

O`zgarmas-lik

Ma’noviy va sintaktik

DTSga asoslangan ona tili o`quv dasturi va darsliklarida ham o`zbek tili qurilishi talqinida qator yangiliklar ko`zga tashlanadi:

1. Olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olingan holda ularni o`rganish fe’l, ravish, taqlidiy so`zlardan keyinga ko`chirilgan va ular ishora so`zlar sifatida izohlanilgan.

2. Dasturda bir so`z turkumidan ikkinchi bir so`z turkumiga o`tish talqini rus tili grammatikasidan ko`chirilgan hodisa sifatida baholanadi (“Yaxshi bola yaxshi o`qiydi”; “Mardona yigit mardona gapiradi” kabi gaplarda yaxshi va mardona so`zlari birinchi birikmada sifat deb, ikkinchi birikmada esa ravish deb bahslanadi). Darslikda ravish so`z turkumining xususiyatlari o`rganilar ekan, uning morfologik kategoriyalarni, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarni qabul qila olmasligi asosiy belgisi qilib ko`rsatilgan. Ravishlarning morfologik jihatdan o`zgarmas ekanligi qator misollarda (tasodifan, birga, qasddan, o`zbekona, haqiqatan) aniqlab berilgan. Ravishlarning sintaktik vazifasi ularning aniqlovchi bo`lib kela olishi bilan kengaytirilgan.

3. Egalik, kelishik qo`shimchalari faqat otlar va otlarni almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan g'ayriilmiy talqin dasturdan o`rin olmagan. Grammatikadagi otlashuv hodisasi "ma’no torayishi" mavzusi doirasida izohlangan.

4. So`z turkumlarini o`rganishda ularning asosiy ma’noviy, morfologik, sintaktik xususiyatlari hisobga olingan holda, amaldagi dastur va darsliklarimizdan farqli o`laroq quyidagicha joylashtirilgan:


1.Fe’l. 7. Olmosh

2.Ot. 8. Ko`makchi

3. Sifat. 9. Bog'lovchi

4. Son. 10.Yuklama

5. Ravish. 11.So`z- gaplar (undov,modal,tasdiq

6. Taqlid so`z va inkor,taklif so`z-gaplar)


7-sinf darsligida so`z-gaplar, ularning ko`rinishlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tasdiq-inkor ma’nosini ifodalaydigan so`zlar (asosan, ha, yo`q, xo`p, xo`sh) tilshunosligimizda, ko`pincha, modallar tarkibida o`rganilib kelingan. Hozirgi tilshunoslikda esa ularning ma’noviy xususiyatlari hisobga olingan holda alohida guruhga ajratilgan. Taklif so`z-gaplar guruhiga qo`llanilishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog'liq bo`lgan Ma, Mang, Qani, Xo`sh?, Marhamat kabi so`zlar kiritilgan. So`z-gaplarning asosiy xususiyati, ya’ni ularning kesimlik shakli qo`shimchalarini mutlaqo qabul qila olmasligi izohlab berilgan.

So`z turkumlarning miqdori, ularning belgilari tarixiy o`zgaruvchan bo`lib, turli sistemalardagi tillardagina emas, qarindosh tillarda ham turlichadir. Shunga qaramay bir tildagi so`z turkumlarning miqdori bo`yicha ham olimlar orasida turli qarashlar, tasniflar mavjud. Masalan, hozirgi rus tilidagi so`z turkumlarining miqdori haqida shunday tasnif mavjud: ko`pchilik olimlar so`z turkumini o`nta deb hisoblaydilar. Bular: ot (имясуществительное), fe’l (глаголы), sifat (имяприлагательное), ravish (наречие), son (имячислительное), bog`lovchi (союзы), predloglar, undov (междометныеслова), yuklama (частицы).

Hozirgi ingliz tilidagi so`z turkumlarining soni ham turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi: ba’zilari o`nta deb ko`rsatsa (ot(noun), sifat (adjectives), son (numeratives), olmosh (pronouns), fe’l (verbs), ravish (adverbs), predlog, artikl va yuklama (conjunctions), ba’zilari o`n to`rtta deydilar: yuqoridagilarga qo`shimcha ravishda modal so`zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob so`zlar kiritiladi.

Hind-yevropa tillariga kiruvchi tojik tilida ham so`z turkumlari quyidagicha tasniflanadi: ot: дафтар, духтар,хона; sifat: нав, калон, калонтар, сурх, сурхтар; son: як, даҳ, бист; olmoshlar: манмо, ту, шумо, ў, онҳо, ин; fe’l: кардан, рафтан, истодан; ravishlar: муваққатан, ҳоло, тозон-тозон; predloglar: ба, дар, аз, барои; bog`lovchilar: ва, ҳам, чунки, зеро, боинки; yuklamalar: - ми, - а, - ку, не; undov so`zlar: оҳ! офарин! вой! эвой!

Xulosa qilib aytish mumkinki, keyingi yillardagi ona tili tizimidagi qator yangiliklar, tajribalar, ilmiy xulosalar umumiy o`rta ta’lim dastur va darsliklarida ham o`z ifodasini topgan.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling