Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.85 Mb.
bet131/145
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#199310
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020

9. Alban guruhi.

Alban tili – Albaniyada.



10.Armyan guruhi.

Armyan, 2 million, Armaniston, Eron va Turkiyada.



  1. Xett guruhi.

1). Xett-Kichik Osiyodagi Xett davlati (eramizgacha XIX-XII asr);

2). Luviy;

3). Palaet.

12. Toxar guruhi.

1). Toxar a) (turfan, qarashor) - Xitoy Turkistonida;

2). Toxar b) (kuchan) – o`sha yerda, VII asrda Kuchada.

Hind – yevropa tillari flektiv tillardir. So`zlarning morfologik shakllarining fleksiya orqali yasalishi bu tillarning asosiy morfologik xususiyatidir. Bu tillarda har bir mustaqil so`zning dastlabki shakli ham negiz va qo`shimchalarga bo`linadi, natijada, o`zak-negiz mustaqil qo`llanmaydi. Masalan, rus tilida вижу, видишь, видят so`zlarining o`zak negizi виж, вид bo`lib, bular mustaqil ishlatilmaydi. Bundan tashqari, flektiv tillarda (agglyutinativ tillardan farqli o`laroq) bir qo`shimcha bir necha grammatik ma’no ifodalashi mumkin. Masalan, rus tilida – видел so`zidagi [-ел] qo`simchasi zamon (o`tgan zamon), son (birlik), shaxs (birinchi), mayl, rod ma’nolarini ifodalaydi.

Flektiv tillarga so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi funksiyani bajaradigan ichki fleksiya xos. Bunda o`zak - negizda tovush almashuvi bilan turli grammatik ma’nolar ifodalanadi.

Ichki fleksiyada undosh tovushlar ham, unli tovushlar ham o`zgarishi mumkin. Ingliz va nemis tillarida ko`proq unli tovush o`zgarsa, rus tilida ko`proq undosh tovushlarning o`zgarishi kuzatiladi. Masalan, ingliz va nemis tillarida kuchli fe’llarning asosiy formalarini yasaydigan ablaut hodisasi quyidagicha:

nemis tilida – singen – sang – gesingen ;

ingliz tilida – sing - sang-sung; bring – brought – brought; see – saw – seen.

Son kategoriyasining ko`plik shakli nemis va ingliz tillarida ham agglyutinativ (affiksatsiya) usulida ham ichki fleksiya orqali yasalishi kuzatiladi:

ingliz tilida - 1) sister – sisters, book – books, eye – eyes, egg – eggs; 2) foot –feet, toose – teese, goose – geese, woman – women, child – children.

Nemis tilida otlar quyidagicha qo`shimchalar orqali yasaladi:

[-e] Der Tisch (stol) – Die Tische (stollar);

[-en] Der Student – Die Studenten ;

[-n] Die Tafel – Die Tafelen (doskalar);

[-er] Das Buch – Die Bucher (kitoblar).

Xuddi shu ko`rinishlararo ichki fleksiya ham kuzatiladi. Chunonchi,

Buch-Bucher, Bruder – Bruder (aka-akalar). Nemis tilidagi Bruder – aka oti ko`pgina hind – yevropa tillarida ma’lum bir fonetik o`zgarishlar bilan ko`rinadi.

Masalan,


rus polyak ingliz nemis fransuz fors

брат brat brother bruder frere birodar

Mather (ona), father (ota), sister (opa) so`zlari ham fonetika differensiyalarni namoyon qiladi:
rus ingliz nemis fransuz fors

мать mother mater mer modar

папа father pater per padar

сестра sister schwester sceur -
Flektivlik fors tilida ham ko`rinadi.

Shudan (bo`lmoq) – shaved; kardan – kun (buyruq maylida) – bikun; shushtan (yuvmoq) – sho`y (bisho`y).

Fransuz tilida undosh tovushlarning almashishi sifatning rod formalarini ham o`zgartiradi:



rond –круглый (muj.r.), aylana ( [d] tovushi talaffuz etilmaydi).

ronde – круглая (jеn.r.) ([d] aytiladi).



grand – kattaбольшой ([d] aytilmaydi).

grane большая ([d] aytiladi).

Hind - yevropa tillarida grammatik ma’no ifodalashning yana bir usuli suppletivizmdir. Buni quyidagi misollarda kuzatamiz:

hoz.z. o`tgan z. kel.z.

ingliz t. am-are was/were shall/will

is-are

To be (bo`lmoq) fe’lining zamonlar bo`yicha tuslanishi mana shunday suppletiv yo`l bilan hosil qilinadi. Va, nihoyat, gap sohasida hind – yevropa tillarining umumiy xususiyati shundaki, bunday tillarda ega va kesimning qat’iy ishtiroki va o`rni muhim ekanligi kuzatiladi.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling