Tilshunoslik nazariyasi


Mavzu: Turkiy tillar oilasi


Download 0.85 Mb.
bet134/145
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#199310
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   145
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020

Mavzu: Turkiy tillar oilasi
Reja:


  1. Turkiy tillarni o`rganish tarixidan.

  2. Turkiy tillar oilasi, uning genealogik guruhlari haqida.

  3. Turkiy tillarning lisoniy xususiyatlari.



Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Turkiy tillarning o`rganilish tarixidan, ilmiy turkiyshunoslik asoschilari, turkiy tillarning geneologik tasnifi, turkiy tillar oilasi, agglyutinativ tillar, turkiy tillarning fonetik strukturasi.
Turkiy tillarni o`rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. Turkiyshunoslikni XI asrda Mahmud Qoshg`ariy boshlab berdi. O`zining “Devonu lug`atit turk” asarida olim (Qomus Istambulda Ahmad Rif’at tomonidan 1915-1917-yillar (III tomlik) da nashr qilingan, shuningdek, Sim Atalay (Divanu Lug`at-it-Turk terkumesi) va C.Bchoskelmann (Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-Kasgaris Divan Lug`at-at-Turk) tomonidan tarjima qilingan) asosan uyg`ur, xakas, qipchoq va o`g`uz tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik tadqiqotlarni yuzaga chiqargan. Asarda qirg`iz, qipchoq, uyg`ur, tuxsi,yag`mo, chigil, igrak, charuk, yemak, boshqird tillari va xalqlari qarindosh deyiladi. Bulg`or va suvar tillarini birmuncha farq qiluvchi, o`g`uz tillarini esa eng oddiy, deb hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, tatar, basmil xalqlari boshqa tilda gaplashishgan. Eng to`g`ri, ya’ni abadiy tilga eng yaqin til – tuxsi va yag`mo tillari bo`lgan.

Mahmud Qoshg`ariy lug`atida so`zlar ulardagi tovushlar sonining o`sib borishiga ko`ra joylashtirilgan.Ismlar va fe’llar farqlanib, turkiy tillarning fonetik – morfologik tasnifi hamda jo`g`rofiy yoyilganligiga ko`ra xarakteristikasi berilgan. Tillar tabiatini hamda ularning u yoki bu tasnif guruhiga mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M.Qoshg`ariy quyidagilarni ko`rsatadi:

a) соответствие (y~j) so`z boshida y-j mosligi;

b) so`z boshida m~b;

v) so`z oxirida y – n;

g) so`z boshida t~d;

d) so`z o`rtasida y~z.

Az-Zamaxshariyning (1143-yilda vafot etgan) “Muqaddimat al-adab” nomli filologik asari arab-fors-turk-mo`g`ul tillari lug`ati sanaladi. V.V.Bartoldning aniqlashicha, bu lug`atning turkiy qismi eramizning XII-XIII asrlari adabiy turkiy tilini aks ettiradi. Al-Andalusiy (arab tilshunosi) yaratgan lug`at va grammatikada qipchoq (kuman yoki poloves) tilining o`g`uz (turkman) tili bilan qiyosan elementlari mavjud. Jamoliddin ibn Muxannaning “Xil’at ul-lison va halibot ul bayon” asari o`g`uz tillaridan birining lug`at va grammatikasini, shuningdek, fonetik xarakteristikasining bayon etilganligi bilan ajralib turadi. b va m, t va d undoshlarining boshda f va n, k va x undoshlarining boshqa pozitsiyalarda kelish xususiyatlari ochib beriladi. Jamoliddin at-Turkiyning “Bulg`at al-mushtak” lug`ati arab-qipchoq tillarini qiyoslash asosida tuzilgan.

Misrda arab filologlari tomonidan yaratilgan asarlar: XV asr grammatik tadqiqoti “Qavanin al-Kulmiya li-dabt al-lug`at at-Turkiya” (1928-yilda Istambulda Kilisli Rif’at tomonidan nashr etilgan) hamda XV asrning filologik asari “Kitob at-tuhfatuz zakiya” (1945-yilda Istambulda Basim Atalay tomonidan nashr qilingan)dir. Turkiyshunoslikning yana bir tarmog`i XVIII va XIX asrning 1-yarmidagi rus va g`arb tadqiqotchilarining izlanishlari samarasini o`z ichiga oladi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o`rganish sohasida F.I.Tabbert – Stralanberg (shved ofitseri) muhim o`ringa ega. U ural-oltoy nazariyasi-ural (fin-ugor va samold) va oltoy (turk, mo`g`ul va tungus-manchsjur) tillarining qarindoshligini aniqlagan. Bu nazariyaning tarafdorlari sifatida V. Shott, M.A.Kastren, O.Donner, G.Vinkler, I.Gryunsel, G.Ramatedt, A.Sovaneo va boshqalar ma’lumdirlar.

Ilmiy turkiyshunoslikning asoschilari - O.Byotlingk va V.V.Radlov hisoblanadi. Turkologiyadagi1 qiyosiy - tarixiy tadqiqot O.Bytlingkka tegishli bo`lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi grammatik qurilish va leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon qilingan. L.Budagov2 va H.Vamberi ham turkiy tillar leksikasi bo`yicha muhim izlanishlar natijalarini yozib qoldirishgan. V.V.Radlov turkiy tillarini qiyosan o`rganish bo`yicha eng mukammal va asosli ishlar yaratganki, undan keyingi tadqiqotlar V.V.Radlov ishlarining davomi va to`ldirilgan ko`rinishlari bo`lib yuzaga chiqdi. Olimning “Образцы народной литературы тюркских племён” (т. I-X, СПБ, 1868-1904), “Опыт словаря тюркских наречий”. (СПБ, 1888-1905) kabiasarlariturkiytilshunoslikdaengqimmatliilmiyasarlardir.

N.F.Katanova “Опыт исследования урянхайского языка с указанием главнейших родственных отношений его к другим языком тюркского корня” (Казань, 1903) nomlitadqiqotihamfandaulkanshuhratqozondi. Xullas, turkiytillarinio`rganishbo`yichaqisqachasharxshulardaniboratbo`lib, turkiytillar, turkiyxalqlarvaularningmadaniyatikabilarolimlarniqiziqtiribkelganliginidalillaydi.

Turkiy tillar – oltoy oilasiga kiruvchi hamda genetik va tipologik belgilari bilan umumlashadigan qarindosh tillar hisoblanadi. Turkiy tillarni genealogik jihatdan tasniflash bo`yicha I.N.Berdin, N.I.Ilminskiy, V.V.Radlov, N.A.Aristov, N.F. Katanov, F.Ye.Korsh, A.N.Samaylovich kabi olimlar izlanishlar olib borishgan. Shulardan A.N.Samaylovichning tasnifi keng tarqalgan bo`lib, turkiy tillarning barchasi 6 asosiy guruhga ajratiladi:

1. R-guruh, bulg`or yoki chuvash:

1) taxar; 2) ura; 3) pul; 4) tao`//tu; 5) sari; 6) qalan//yo`lna; bu guruhga zamonaviy chuvash va qadimgi bulg`or tillari kiradi.

2. D-guruh, uyg`urcha yoki shimoliy-sharqiy:

1) toquz; 2) adaq//azaq; 3) pol; 4) tag`; 5) sarig`; 6)qalg`an; bu guruhga 3 kichik guruhlar kiradi:

a) b-guruhi: O`rxun–Enasoy yodgorliklari qadimgi tili, qadimgi uyg`ur va zamonaviy karagas, salar va tuva tillari;

b) z-guruh: sariq uyg`urlar, ilor va xakaslar tili;

v) t-guruh: yoqut tili.

3. Tao` - guruh, qipchoq yoki shimoli - g`arbiy:

1) tog`uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao`; 5) sari; 6) qalg`an. Bunga:

a) mo`g`ullargacha: oltoy tili, qirg`iz, qumiq, qorachoy-bolqor, qaraim, tatar, boshqird;

b) mo`g`ullardan so`ng: qozoqcha va no`g`aycha kiradi.

4. Tag`liq – guruh, chig`atoy yoki janubiy – sharqiy:

1) toquz; 2) ayaq; 3) bol; 4) tag`; 5) sariq; 6) qalg`an. Bunga qadim chig`atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o`zbek tili va qora tatarlar tili kiradi.

5. Tag`li – guruh, qipchoq – turkman:

1) doquz; 2) ayaq; 3) bol; 4)tag`; 5) sari; 6) qalg`an. Bularga xorazm o`zbeklarining shevasi ham kiradi.

6.Ol- guruh, turkmancha yoki janubiy – g`arbiy:

1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag`; 5) sari; 6) qalan. Turkman, ozarbayjon va turk tili, gagauzlar tili ham kiradi.

Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so`zlashuvchi xalqlar Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu tillarda so`zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi.

Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorag`ay, balqor, qo`miq, no`g`oy, tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg`iz, o`zbek, qaraqalpoq, chuvash, uyg`ur, qozoq.

Turkiy tillar quyidagilardan iborat:



  1. Bulg`or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg`or va xazar tillari.

  2. O`g`uz tillari guruhi:

a) turkman tili – Turkmaniston;

b) turkman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o`lkasida yashovchi turkmanlarning tili;

v) o`g`uz – bulg`or tillariga gagauz va balqon turklari tillari kiradi;

g) ozarbayjon va turk tillari.



  1. Qipchoq tillari guruhi:

a) qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning janubida va Qrimda istiqomat qiluvchi qaray elati so`zlashadi;

b) qo`miq tilida Dog`iston Avtonom respublikasida istiqomat qiluvchi qo`miqlar so`zlashadi;

v) qorag`oy – balqar tilida Kavkazda yashovchi qorag`oy va balqor elatlari so`zlashadi;

g) qrim - tatar tilida qrim, belarus, litva tatarlari so`zlashadilar;

d) tatar tili, boshqird tili;

j) no`g`oy tili;

z) qoraqalpoq tili;

i) qozoq tili.



  1. O`zbek va uyg`ur tillari guruhi. O`zbek tili o`zbek xalqining milliy adabiy tili bo`lib, bir-biridan fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan shevalardan tashkil topgan. Uyg`ur tili O`rta Osiyo, Qozog`iston va Xitoy Xalq respublikasining Sinsyan – Uyg`ur respublikasida yashovchi uyg`ur xalqining tilidir.

  2. O`g`iz tillari guruhi:

a) Tuva tili. Tuva va Mongoliya Xalq respublikasi territoriyasida yashovchi tuva xalqining tilidir;

b) tofalar (yoki karagas) tili Krasnoyarsk o`lkasida yashovchi elat tili.



  1. Yoqut tili. Yoqutistonda yashovchi yoqutlarning tilidir.

  2. Xakas tillari guruhi: xakas tili, shor tili, cho`lim tili (cho`lim tatarlari tili),

oltoy tilining shimoliy shevalari.

Turkiy tillar – agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy tillardagi affikslar bir ma’nolidir – so`z tarkibida ishtirok etayotgan har bir qo`shimcha faqat bir ma’noni anglatgan holda birin – ketin yopishib ketaveradi. Masalan, o`zbek tilida o`qituvchilarga so`zida o`qi - o`zak, t-orttirma nisbat qoshimchasi, uv-harakat nomi qo`shimchasi, chi-shaxs oti yasovchi affiks, lar-ko`plik, ga-jo`nalish ma’nosoni ifodalaydi; vengr tilida haz-uy, hazfa-uyda, hazak-uylar, hazakba-uylarda. Ko`rinadiki, turkiy tillardagi qo`shimchalar o`zakka mexanik ravishda qo`shilaveradi, lekin o`zak bilan birikib, singib ketmaydi, o`zakdan ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo`q (fors-tojik tillaridan kirib kelgan ayrim old qo`shimchalardan tashqari), ya’ni qo`shimchalarining ketma- ket qo`shilishi natijasida so`zning kengayishi faqat bir tomonga, ya’ni o`ng tomonga yo`nalgan bo`ladi: maktablarga. Turkiy tillardagi ko`makchilar otdan yoki ot vazifasidagi so`zdan keyin kelib, uni boshqa so`zga – boshqaruvchiga bog`laydi va ular orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydi. Masalan, Baxtim uchun kurashaman. Ukam bilan bordim.

Turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi yo`q. Shunga ko`ra, gapda so`zlarning o`zaro sintaktik aloqaga kirishuvi o`zgacha: turkiy tillarda, jumladan, o`zbek tilida, sifat, son, olmosh, sifatdoshlar ot bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Hind – Yevropa tillarida kesimning morfologik belgilari faqat fe’lga qo`shilsa, turkiy tillarda kesim vazifasida kelgan har bir so`z turkumiga qo`shilishi mumkin. Qiyoslang: Этоздание - институт; Bu bino institutdir. Men – onaman. Ko`ylagimni tiktirdim.

Turkiy tillarning qiyosiy – tipologik xususiyatlari N.A.Baskakovning “Введениевизучениетюрскихязыков” (М., 1962) nomli kitobida atroflicha sharhlangan. Jumladan, so`zning morfologik tarkibi xususida shunday hodisalarni aniqlaydi: o`zaklar birlamchi yoki tub bo`ladi (umumturkiy o`zaklar): al-olmoq, kel, min, ot (o`t), tas/tash (tosh), kyoz (ko`z) yoki yasama, ya’ni o`zak va unumsiz (o`lik) qo`shimchalar orqali, masalan: qoraqalpoqcha: jurek (yurak), qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora kabilardir. Tas/tash (tosh), qal (qop), ic/ish (ish), at (ot ), qol (qo`l) va hokazolar predmetlarning nomini atab, ot so`z turkumiga kiradi hamda birlikdagi, bosh kelishikdagi so`zlar qatorini hosil qiladi3.

Aq, sari, qara, biyik, (baland) o`zaklari statik belgini ifodalab, sifat so`z turkumini tashkil qiladi. Endi (endi), burun, en (eng) kabilar, deydi olim, belgining belgisini ifodalab, ravish kategoriyasiga kiradi. Bir, eki (ikki), uch/ush (uch) tort ,(to`rt) kabilar sonlardir. O`ay! Iq! Maa! undov va taqlidlar, uchin/ushin, deyin (-gacha) kabilar ko`makchilar, -g`u (-ku), -ma/me (-mi) (so`roq yuklamasi) – yuklamalar hamda hem, biraq boglovchilar hisoblanadi. Turkiy tillarda fe’llar ham o`ziga xos tabiatga ega, ya’ni ular yasalish xususiyatiga ega: tashla, angla, bilim, qapshiq (qopchiq- qop va kichraytirish shakli –chiq/-shiq.) Turkiy tillarda fonetik struktura- o`zak morfemalardagi 3 tovushli tarkib bilan ajralib turadi. Har bir o`zak –undosh + unli+ undosh tartibidagi yopiq bo`gindan iborat (cgc). Ikki tovushli, bir tovushli o`zaklar turkiy tillarda kam uchraydigan istisnolikdir, ular aslida 3 tovushli tarkibning tarixan, fonetik jihatdan qisqargan ko`rinishidir. 3 tovushdan ko`p so`zlar boshqa tillardan o`zlashgan hisoblanadi.

Turkiy tillarga xos bo`lgan gap qurilishi [WPm] qolipi asosida voqelanadi. Предикатив bog`lanish [Pm] (predikate-kesim, m – shaxs/son, zamon, mayl, modallik) orqali yuzaga chiqadi. So`z birikmasi –gap kengaytiruvchilari yoki so`z kengaytiruvchilaridan iborat bo`lishi mumkin. Mana shu sintaktik xususiyat barcha turkiy tillar uchun xos bo`lib, bu oilani boshqa tillardan, ulardagi grammatik xususiyatlardan keskin farqlab turadi (chunonchi, Hind-yevropa tillarida gap birgina kesimning o`zidangina emas, balki ega va kesimning qat’iy ishtiroki va tartibi (egadan keyin albatta kesim keladi ) asosida tuziladi).



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling