Tilshunoslik nazariyasi


Mavzu:Tovushifodasi. Transkripsiya


Download 0.85 Mb.
bet40/145
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#199310
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   145
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020

Mavzu:Tovushifodasi. Transkripsiya
Reja:

1. Tovushifodasihaqida.

2.Transkripsiya – nutqtovushlariningbarchaxususiyatlariniyozuvdaaniqifodalashvositasi.

3. Transkripsiya tamoyillari to`g`risida.

4. Ba’zi diakritik belgilarning vazifasi va ahamiyati.

5. Fonetik va fonologik transkripsiya.


Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:

Nutq tovushlarining ifodasi sifatida: harf, fonema, transkripsiya; transkripsiyaning asosiy tamoyillari, transkripsion belgilar va alifbo, diakritik belgilar, fonetik transkripsiya, fonologik transkripsiya, grafematik


transkripsiya.
Havoning to`lqinlanishidan tovush paydo bo`ladi. Tevarak- atrofimizdagi tovushlar (bir predmet ikkinchi bir predmetga urilganda, tekkanda chiqadigan tovushlar; shamolning ovozi, mashinaning g`izzillashi kabi) mexanik tovushlar hisoblanadi. Sizga ma’lumki, tovushlarni fizika fani o`rganadi.

Nutq tovushlari ulardan farq qilib, o`pkadan chiqqan havo oqimining tovush paychalarini tebratib o`tishi, nutq uzvlarining talaffuz jarayonidagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Nutq tovushlarining tabiatdagi boshqa tovushlardan asosiy farqi ularning kishilar o`rtasidagi nutqiy aloqa qilish vositasining eng kichik, asosiy tarkibiy qismi ekanligidadir. Demak, nutq tovushlari ijtimoiy qimmatga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Nutq tovushlarining, asosan, uch xil ifodasi mavjud bo`lib, bular harf,fonema va transkripsiyadir.

Nutq tovushlarining, yozuvdagi shartli ifodasi harf hisoblanadi. Tovush bilan harfni farqlash lozim, ular bir narsa emas. Tovush nutqqa xos birlik bo`lsa, harf yozuvga tegishlidir. Harf ham ijtimoiy qiymatga ega, biroq u o`z ijtimoiy xizmati bilan tovushga teng kela olmaydi. Tovushga nisbatan harfning vazifasi bir qadar chegaralangan. Chunonchi, o`t (olov), o`t (maysa), o`t (fe’l), o`tkazmoq, o`tqazmoq, o`tqizmoq, noo`rin, do`ppi, o`n, o`q so`zlarining hammasida [o`] tovushi ishtirok etadi. Ammo bu so`zlar tarkibidagi [o`] tovushining talaffuzi aynan bir xilda emas, ma’lum darajada farqlanadi. Yozuvda esa tovushning serqirraligi hisobga olinmaydi va birgina harf bilan ifodalanaveradi. Zero, harf yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovushning barcha xususiyatlarini aks ettira olmaydi.

Tovush so`zining faqat moddiy qobig`igina bo`lib qolmay, balki so`z va so`zshakllarni o`zaro farqlash, ma’no ajratish vazifasini ham bajaradi. Bu sizga “Fonema” mavzusidan yaxshi tanish. Demak, nutq tovushlari ifodasining yana bir ko`rinishi fonema bo`lib, fonemani harfdan farqlash juda zarurdir. Ma’lumki, fonema eng kichik til bo`lagi bo`lib, so`zlarni, morfemalarni o`zaro farqlashga xizmat qiladi. Masalan, tor, tar, ter, tir, tur, to`r so`zlarida [a], [o], [e], [i], [u], [o`] unlilari fonemalar hisoblanadi. Sor, bosh, qol, dog`, nok, goh, joy kabi so`zlarda [s], [r], [b], [sh], [q], [l], [d], [g`], [n], [k], [g], [h], [j], [y] undoshlari ma’no farqlovchi fonemalardir.

O`rdak so`zidagi har bitta tovush (harf) alohida fonemadir. Ammo o`, r, d, a, k, tovush (harf)lari alohida olib qaralganda fonema bo`la olmaydi. Fonema bilan harf tushunchalari o`zaro uzviy bog`liq, ammo ular aynan bir narsa emas. Harf yozuv birligi, fonema esa tilshunoslikning “Fonologiya” sathida o`rganiluvchi til birligidir.

Muayyan til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini, ayrim shaxslar nutqini maxsus belgilar orqali aynan yozib olish transkripsiyadeyiladi. Transkripsiya latincha “transciptio” so`zidan olingan bo`lib, “qayta yozish” degan ma’noni bildiradi. Fan olamida transkripsiya so`zi turli ma’nolarda qo`llaniladi. Masalan, biologiyada tirik hujayralarda matritsa – dezoksiribonuklein kislota (DNK)da ribonuklein kislota (PNK) biosintezining amalga oshish jarayoni tushinilsa, musiqada ayrim musiqa asarini boshqacha tarzda – biror so`zga moslab ifodalash (aranjirovka) yoki erkin qayta ishlash tushiniladi.

Tilshunoslikda esa keng ma’noda atoqli – geografik, tarixiy va boshqa nomlarning ma’lum bir qoida asosida berilishi; tor ma’noda esa transkripsiyaga yuqorida berilgan ta’rif asosi anglashiladi. Bu atama ko`pincha keyingi ma’noda ishlatiladi. Demak, transkripsiya nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalsh vositasi bo`lib, yozuvning shartli, sun’iy turidir.

Transkripsiya o`rganish nima uchun kerak? Bu savolga shunday javob berish mumkin:

birinchidan, transkripsiya og`zaki nutq jarayonida talaffuzning yozuvda aks ettirilmagan tovush xususiyatlari va yozuvdagi matnlarni to`g`ri va juda aniq ifodalash uchun zarur;

ikkinchidan, qadimgi yozuvlarni to`g`ri o`qish, o`rganish, o`qilishi qiyin va murakkab bo`lgan ieroglifik va bo`g`inli yozuvlarni o`rganish uchun zarur;

uchinchidan, orfografiya qoidalarida tarixiy- an’anaviy tamoyil saqlangan tillarni o`rganish ishlarini osonlashtiradi;

to`rtinchidan, chet tillarning talaffuzini o`rganishda katta ahamiyatga ega.

Transkripritsiya tamoyillari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, u orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy va tarixiy – an’anaviy prinsiplaridan farq qiladi. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko`ra so`zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. Bu holat qisman orfografiyaning fonetik prinsipiga o`xshaydi. Biroq orfografiyada odatda bir tovush bitta harf bilan ham, ba’zan bitta tovush ikki harf bilan ham yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan (bunda kirill alifbosidagi e, ё,ю, я grafemalari nazarda tutilmoqda) berilishi ham mumkin. Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush harf (belgi) bilan beriladi.

Transkripsion belgilar xalqlar o`rtasida keng tarqalgan an’anaviy alifbolar asosida tuziladi. Ularga qo`shimcha belgilar ham qo`shiladi. Transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alifbo harflari sonidan ko`p bo`ladi. Asosiy transkripsion belgilarga qo`shiladigan qo`shimcha belgilar diakritik belgilar deyiladi.

Transkripsiyada yozib olinayotgan materialni mumkin qadar aniq qilib berish maqsadida shartli belgilardan ham foydalaniladi. Transkripsiyada ishlatilishi mumkin bo`lgan ba’zi shartli ifoda va diakritik belgilar haqida ma’lumot beramiz.

[ ] – umumiy matndan ajratilib, transkripsiya uchun tanlangan so`zlar ko`rsatiladi.

// - bu belgi ikkita shaklning bajaradigan funktsiyasi (vazifasi) jihatdan teng huquqqa ega ekanligini ko`rsatish uchun qo`llaniladi: - dek // - day

= - bu belgi tarjima bilan asl matn yoki asosiy mant bilan transkripsiyadagi izoh orasiga qo`yiladi.

> - biror so`z yoki shaklning boshqa so`z yoki shaklga o`tganligini ifodalaydi. Masalan, durur > dir, bu kun > bugun kabi.

< - bu belgi biror so`z yoki shakl qaysi so`zdan yoki shakldan kelib chiqqanligini ko`rsatadi. Chunonchi, bilan < ila , uchun < -chun kabi.

/ - bir shevadagi shakllarning variantlarini ko`rsatish uchun qo`llaniladi. Masalan, qipchoq shevalaridagi – di / -ti, -di’ / - ti’ kabi.

: - bu belgi o`zidan oldingi unli tovushning to`la cho`ziqligini bildiradi:


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling