Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.85 Mb.
bet41/145
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#199310
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020

sha: r (shahar), sa: r (sahar) kabi.Bu belgi undosh tovushdan keyin qo`yilganda [i] unlisining kuchsizlanishini ko`rsatadi: b: lak, t: lak, p: choq kabi.

Transkripsiya, asosan, ikki xil ko`rinishga ega: fonetik transkripsiya va fonologik transkripsiya.

Fonetik transkripsiyada har bir tovush maxsus belgi bilan ifodalanadi va u, asosan, dialektologik ishlarda qo`llaniladi. Uning vazifasi tildagi tovushlarni mumkin qadar, to`liq va barcha qirralari bilan ifodalashdir. Fonetik transkripsiyada tovushlarning muayyan holatlarda artikulyatsion – akustik tomondan o`zgarishi hisobga olinadi va so`z tarkibidagi ma’no farqlovchi tovushlarning har bir varianti uchun alohida belgi qabul qilinadi. Transkripsiyaning bu turida transkriptsion belgilar kvadrat qavs ichida beriladi. Chunonchi, [k], [t], [p] fonemalarining unlilardan oldin talaffuz qilinuvchi variantlari [kh], [th], [ph] belgilari bilan ifodalanadi. Fonetik transkripsiyaning imkoniyatlari keng bo`lib, u ba’zan allofonik transkripsiya deb ham yuritiladi.

Fonologik transkripsiya so`zshakl va morfemalarni farqlay oluvchi har bir fonema uchun bir belgi qo`yish tamoyiliga asoslanadi. Bunda fonemalar variantlari, ya’ni tovushlarning turlicha talaffuzi hisobga olinmaydi. Fonologik transkripsiya belgilari vertikal chiziqdagi qavs ichida beriladi: /k/, /t/, /p/ kabi. Transkripsiyaning bu turi fonematik transkripsiya deb ham yuritiladi.

Hozirgi kunda kirill alifbosi asosida tuzilgan rus, o`zbek va boshqa tillardagi transkripsiyalar sistemasi mavjud. Yozuvdagi harflarni ba’zi tuzatishlar va o`zgartirishlar asosida tuzilgan belgilar grafematik transkripsiya deb yuritiladi. Tilshunos olimlar – V.V.Reshetov va Sh.Sh. Shoabdurahmonovlar tomonidan tuzilgan grafematik transkripsiya o`zbek dialektlarida uchraydigan tovushlarni ifodalashga mo`ljallangan. Bu transkripsiya sistemasida o`zbek kirill alifbosidagi barcha harflar va qo`shimcha diakritik belgilar qo`llaniladi.

Olim A.K.Borovkov tomonidan taklif etilgan va keyinchalik akademik L.V.Shcherba, professor E.V.Polivanovlar tomonidan takomillashtirilgan lotin alifbosi asosidagi transkripsiyadan hozir ham foydalanilib kelinmoqda. Lotin alifbosi asosida tuzilib tilshunoslikda keng qo`llaniladigan transkripsiya xalqaro fonetik alifbo nomi bilan yuritiladi.

O`zbek tilida unli fonemalarning quyidagi variantlari bor:

atil orqa, lablanmagan, keng unli. U ko`proq qipchoq shevalaridagi o ni ifodalaydi. Chunonchi, ata (ota), bala (bola), bash (bosh) kabi.

ə -a unlisining tor va qisqa varianti: ə k ə (aka), ana (ə n ə) ….

o - o` unlisining urg`u tushmagan varianti: otin (o`tin), g`oza (g`o`za), jora (jo`ra) kabi.

o - o` unlisining til orqa, lablangan, o`rta keng varianti. Bu variant juda ko`p qishloq shevalarida uchraydi: yol (yo`l), qol (qo`l), oraq (o`roq) kabi.

Rus tilida unli tovushlarning (fonemalarning) variantlarini aks ettirish uchun (ъ, b, ^ ъ ) kabi diakritik belgilar qabul qilingan.

Transkripsiyada yumshoq undoshlar alohida belgi (‘) bilan ko`rsatiladi.

Masalan,(быть-быт`, любов-л` увоф) kabi.

O`zbektilidagiundoshlartranskripsiyadao`zholichaalifbodagiharflarkabiqo`llaniladi. Faqatl, vundoshlariningvariantlarigamaxsusdiakritikbelgilarqo`yiladi. Vayanangundoshintarzida, sirg`aluvchijundoshij1tarzidabelgilanadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling