Tilshunoslik nazariyasi


Payt ma’nosining ingliz va o`zbek tillari tizimida voqelanishi


Download 0.85 Mb.
bet79/145
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#199310
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   145
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020

Payt ma’nosining ingliz va o`zbek tillari tizimida voqelanishi



So`z turkumlari


o`zbek tilida

ingliz tilida

t u r k u m l a r i

fe’llar

Hoz.zamon:yozaman, yozmoqdaman.

O`tgan zamon:yozdim, yozgan edim.

Kelasi zamon:yozaman, yozmoqchiman.


Pres.: I write. I am writing.

Past:I wrote. I had written.



Future:I’ll write.

Otlar

Kun, kecha, kunduz, yil, sutka, fasl, sahar, asr, namozshom, oqshom, erta, peshin, tong, nahor , indin, bugun .

Evening, day, night,centure, afternoon, morning, year, season, era, future,dawn,

old (yosh);

M u s t a q i l s o` z

Sifat

Tonggi, kuzgi, qishki, bahorgi, tunggi, sirtqi, kunduzgi, kechki;

Fast, early,late,slow,short (day), long

(night);


Son

Soat 7dauyg`ondi.Mustaqilligimizga 13yilto`ldi.

He came at 6 o`clock. Our republik was independent in 1991.

Ravish

Endi, hali, boya, doim,

saharlab, ertalab, mudom,faqat;

Never, ever, usually, often, ago, yet, now, then, nowadays, lately, after, before, untill, forever, always, meanwile, recently;

Olmosh

Shu-shu (Shu-shu Fotima kelmay qo`ydi); so`roq olmoshlari: qachon? qachondan buyon? qachongacha?



When?


Yordamchi so`z turkumlari

ko`makchi

Sayin, sari (Ko`rgan sari ko`rging kelaveradi); Yarim ko`makchi so`z: avval, keyin, so`ng;-gacha (qo`shimchasimon ko`makchi); qadar (sof ko`makchi); bilan (Qo`ng`iroq chalinishi bilan darsga kirdim);

C o n j u n c t i o n s

as soon as...,...as long

as …,since, before, after, until, while;

bog`lovchi

Dam…dam,…ba’zan…ba’zan,

goh…goh;

yuklama

Toki, -u, -yu (Qo`ng`iroq chalindi-yu, dars boshlandi).

P r e d l o g s

At night, on November, in 1991, in the morning, during the lesson;

By four o`clock, from 5 till 6;

Affiksatsiya



-da (o`rin payt): peshinda,-dan

(chiqish): peshindan,-ga (jo`nalish): peshinga qarab;



Ko`rinadiki, har bir tilning grammatik ma’no ifodalash usul va vositalari farq qilgani hamda har bir til o`ziga xos ichki grammatik qurilishga ega bo`lganidek, o`zbek va ingliz tillarida payt grammatik ma’nosini yuzaga chiqarish imkoniyatlari benihoya keng va o`ziga xos, farqlidir.

Qiyoslanayotgan tillar tizimida (morfologik sathda) zamon tushunchasini ifodalovchi umumiy imkoniyatlarni –ot, sifat, son, ravish va fe’l turkumlari misolida kuzatish mumkin. Demak, o`zbek tilidagi zamon otlari ingliz tilida vaqt munosabatini anglatuvchi otlarga, payt mazmunini bildiruvchi sifat va ravishlar ma’lum jihatdan qiyoslangan til turkumlari xususiyatlariga o`xshab ketadi. Biroq o`zbek morfologiyasida ravishlar mustaqil ma’noli o`zgarmas so`zlar bo`lsa, ingliz tilida sof ravishlardan tashqari yasama ravishlar hosil qilinishi mumkin (late- sifat, lately-ravish). Shuningdek, differensial belgilarni yana zamon kategoriyasini ifodalaydigan fe’llar orqali aniqlash muhimdir: payt ma’nosini o`zbek tilidagi fe’llar zamon qo`shimchalari orqali (sintetik usulda) ifodalasa, ingliz tili fe’llari analitik tillarga xos bo`lgan ichki fleksiya, suppletivizm orqali yuzaga chiqaradi.

O`zbek tili yordamchi so`zlar va kelishiklar vositasida ham payt ma’nosini lisoniy ifodalashda keng imkoniyatlarga ega. Ingliz tilida esa bu vazifani predloglar o`z zimmasiga olgan (ingliz tilida predloglar kelishiklar vazifasini bajarishini esga oling). Mazkur jihatlar ham tillararo farqli tomonlarni ko`rsatib turibdi.

Shunday qilib, zamon tushunchasini ifodalash imkoniyatlari tipologiyasi har bir tilning o`ziga xos sifatlarini namoyon etadi. Haqiqatan ham, til murakkab tizim bo`lib, inson tafakkuri shakllari, tushunchalarini izchil jilolantirishga qodir serqirra hodisadir.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling