Tilshunoslik


lingvistik tushuncha sifatida izoglossalarning joylashish


Download 296.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana12.10.2023
Hajmi296.97 Kb.
#1700100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2020 4 oldi oltin bitik jurnal

lingvistik tushuncha sifatida izoglossalarning joylashish
tartibini anglatadi hamda har bir til va sheva hodisalarining
geografik o‘rni, atrof tillarning ta’siri, tilning tarixiy rivojlanish 
xususiyatlaridir. Biz bu nazariy qoidani yanada ravshanlashtirishga 
harakat qilamiz. 
Shimoliy Farg‘ona dialektal zonasini tahlil qilganda (fokus 
nuqtasi Namangan shahri) [Джураев 1991, 66; Ashirboyev 2016, 
101], bu hudud yagona dialektal zona bo‘lsa-da, uning taksonlariga 
xos bir necha xususiyatlarini qayd qilish mumkin. Bu hududda 
o‘zbek, tojik, qirg‘iz tillari, Namangan viloyatidagi qarluq va qipchoq 
shevalari joylashgan bo‘lib, ularning har biri alohida taksonlardir 
va bu taksonlar tilshunoslik nuqtayi nazaridan o‘z talqinlarga ega. 
Jumladan, o‘zbek tili turkiy til vakili bo‘lgan qirg‘iz tili bilan azaldan 
munosabatda bo‘lib kelmoqda (taksonomik lingvistika tili bilan 
aytganda, kontaktdagi til). Uning Namangan qipchoq shevalarining 
hamon saqlanib qolishida ham muayyan darajada o‘rni bor. Bu 
viloyatdagi qipchoq shevasi egalarining uzoq tarixiy davrlarda 
o‘zbeklar bilan bir makon tutganligi bu yerdagi o‘zbek shevalarini 
qirg‘iz shevalaridan ayirib, tadqiq qilish imkonini bermaydi, balki u 
Shimoliy Farg‘ona zonasining bir taksoni sifatida areal o‘rganishgina 
uning xususiyatini to‘la ochish mumkin bo‘ladi. Aksincha, bu yerdagi 
o‘zbek shevalarini qirg‘izlar bilan aloqada bo‘lganligi uchun ham 
ularni ajratib tadqiq qilish sun’iy natija beradi. Bu tahlil qolipini 
o‘zbek-tojik tili (uning shevalari) munosabatiga nisbatan ham 
qo‘llash mumkin. Garchi ular turli til oilalalariga mansub bo‘lsa-da, 
ular bir hududda joylashganligi tufayli tillarida o‘zaro ta’sirning 
yuz berganligi ma’lum. Bu ilmiy tadqiqotlar orqali rasmiylashgan 
[Дарвешов 2019, 25]. Demak, Namangan viloyatidagi va uning 
atrofidagi til va shevalarni yagona hududda shu hududning 
taksonlari sifatida o‘rganish taksonomik areal lingvistikaning asosiy 
vazifasidir.
Taksonlar 
taksonomiyaning 
tarkibiy 
qismlaridir. 
Taksonomiya axborot tizimida ierarxik (pog‘onaviy) qurilishga va 
murakkab tarkibga ega bo‘lgan muayyan sohani tizimlashtirish va 

Download 296.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling