Zamonaviy lingvistika fani haqida ma’lumot O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni


Download 73.68 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi73.68 Kb.
#215687
Bog'liq
fani haqida ma (1)


Zamonaviy lingvistika fani haqida ma’lumot

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

“Zamonaviy lingvistika” fani mutaxassislikning boshqa fanlari bilan integrallashgan holda o‘qitiladi va magistrantlarning chet tili bo‘yicha kommunikativ kompetentligini (lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy) rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ushbu dastur til va tafakkur, til va ong, til va madaniyat, til va nutq o‘zaro munosabatlarini, insonning tilda namoyon bo‘luvchi kognitiv faoliyatini har taraflama o‘rgatishni nazarda tutadi. Dastur zamonaviy lingvistika hamda uning yo‘nalishlarining metodologik prinsiplari, asosiy tushunchalarini, borliq, dunyo va voqelikni bilish va uni til orqali ongli idrok etish va kategoriyalash, tilda turli xil ekstralingvistik va madaniy xarakterga ega bilim tuzilmalarining aks etilishi, turli elatlar vakillari muloqoti jarayonida ekstralingvistik omillarning namoyon bo‘lishi masalalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Zamonaviy lingvistika nuqtai nazaridan til – madaniyatlararo muloqot vositasi, bilim olish va saqlash, madaniyatni o‘zida aks etish, uni amalda qo‘llash va uzatish manbai va nihoyat, tafakkurni va insonning dunyoqarashini shakllantiruvchi vosita sifatida talqin etiladi. Til orqali inson borliq va voqelik haqidagi axborotni qabul qiladi, to‘playdi, qayta ishlaydi, tartibga soladi va idrok etadi. Til orqali inson boshqa elat vakillari bilan muloqot qiladi va o‘zga madaniyatni o‘rganadi. Shu o‘rinda til nafaqat muloqot quroli balki fikrni shakllantiruvchi va madaniyatni ifoda qiluvchi vosita rolini o‘ynaydi. Zamonaviy lingvistika fanida ko‘rilayotgan masalalarning dolzarbligi ularning “antropotsentrik” xarakterga egaligi, ya’ni insonga yo‘naltirilgan, tilni bevosita inson bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar (madaniyat, tafakkur, nutq, muloqot) bilan chambarchaslikda o‘rganilishi ushbu yo‘nalishlarning tilshunoslikda asosiy o‘rin egallashiga olib keldi. Hozirgi vaqtda, zamonaviy lingvistikada qo‘lga kiritilgan yutuqlar, undagi tushunchalar va terminlar, konsepsiyalar va nazariyalar kommunikativ tilshunoslik,

lingvopragmatika, psixolingvistika, gender tilshunoslik, neyrolingvistika, madaniyatlararo muloqot, lingvomadaniyatshunoslik kabi tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borishga zamin yaratdi.


Zamonaviy lingvistikada til va tafakkur, til va madaniyat, til va nutq, til va madaniyatlararo muloqot munosabatlari muhim ahamiyat kasb etganligi sababli, fanni o‘qitishda til va tafakkur, til va madaniyatning o‘zaro munosabatiga katta e’tibor qaratiladi. Dasturda zamonaviy lingvistik yo‘nalishlarda alohida ahamiyat kasb etgan lisoniy faoliyatining har bir turi modul sifatida (Kognitiv lingvistika, Qiyosiy lingvomadaniyatshunoslik, Lingvopragmatika) o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.


  1. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

O‘quv fanining maqsadi – magistrantlarda zamonaviy lingvistikaning metodologik prinsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari bo‘yicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda zamonaviy lingvistik yo‘nalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish.


O‘quv fanining vazifasi deb zamonaviy lingvistikaning asosiy muammolari bo‘yicha tayanch ilmiy bilimlarni; zamonaviy lingvistikada foydalaniladigan zamonaviy tahlil metodlari vositasida lisoniy va bilim tuzilmalarning, til va madaniyatlararo muloqot, til va nutq o‘zaro munosabatini; zamonaviy lingvistik yo‘nalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borishga o‘rgatish belgilandi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Magistrantlar:
tilshunoslik tarixida ro‘y bergan paradigmalar siljishi, antropotsentrik paradigma xususiyatlari, zamonaviy lingvistik yo‘nalishlari (Kognitiv lingvistika, Qiyosiy lingvomadaniyatshunoslik, Lingvopragmatika) an’anaviy tilshunoslikdagi fanlardan farqli jihatlari; zamonaviy lingvistika fanining nazariy va amaliy yutuqlari; zamonaviy lingvistik yo‘nalishlaridagi turli nazariy qarashlar va etakchi konsepsiyalar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
zamonaviy lingvistik yo‘nalishlarining terminologik apparati, qonuniyatlari va asosiy tushunchalari, asosiy tamoyillari va ularning xususiyatlari; madaniy birliklar va ularning turlari, nutqiy akt, konsept va uning turlari, freym nazariyasi va uning tahlili; bilim tuzilmalari, axborot, kategorizatsiya, konseptualizatsiya, kognitsiya, prototip, konseptual va lisoniy dunyo tasviri; kognitiv metafora, uning turlari va verballashuv xususiyatlari; pragmatikadagi kooperatsiya tamoyili, nutqiy akt turlari, pragmatik vazifalar, kommunikativ-pragmatik hodisa, hushmuomalalik tamoyili, nutqiy aktning semantik-pragmatik xususiyatlari; zamonaviy lingvistik yo‘nalishlar bo‘yicha mavzularni bilish va egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
lisoniy material bilan ishlash, muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish va ifodalash; lisoniy birliklarni tahlil qilish metodlarini (kross-madaniy tahlil, konseptual tahlil, lingvopragmatik tahlil, freym tahlil, kognitiv xarita tuzish) bilish va ularni amaliyotda qo‘llash, til birliklari kognitiv va madaniy tahlilini boshqa yondashuvlardan (struktural, generativ, semantik) farqli jihatlarini qiyosiy tahlil qilish, til birliklarda aks ettirilgan milliy dunyo tasvirini ifoda etuvchi milliy-madaniy bo‘yoqdor lisoniy birliklarni ajrata olish, ilmiy tadqiqot jarayonida dolzarb masalalarni aniqlay olishi va til birliklarini tahlil qilishda ularning echimini topa olish, egallagan bilimlarni o‘z ilmiy tadqiqot amaliyotida qo‘llash ko‘nikmalari ega bo‘lishi kerak.
Download 73.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling