Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

LISONIY LUG‘ATLAR. Til birliklari, til tizimiga xos 
kategoriyalar haqida ma’lumot beruvchi lug‘atlar. 
LISONIY OMILLAR. Tilning strukturaviy va sistemaviy 
xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar. 
LOGOGRAFEMALAR. Tushunchalarni yoki tushuncha 
nomi bo‘lgan so‘zlarni yozuvda ifodalaydigan grafemalar 
(raqamlar, simvollar). 
MAKROLINGVISTIKA. Makrolingvistika tilni keng 
doirada, “katta hajmda” olib, uni statistik usullar asosida tadqiq 


232 
qiladi. Kishilik jamiyatidagi barcha belgi sistemalarini va 
ularning o‘zaro bog‘lanishlarini o‘rganuvchi tilshunoslik. 
MANTIQIY MARKAZ. Ikki ma’no o‘rtasidagi oraliq 
tushuncha. 
MATEMATIK LINGVISTIKA. Tilshunoslikning tilni 
tadqiq etish va o‘rganishda matematik metodlarni qoplash 
imkoniyatlarini o‘rganuvchi sohasi. 
MATN 
TILSHUNOSLIGI. 
Tilshunoslikning 
turli 
mazmun va uslubdagi matnlarini ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi. 
MENTALINGVISTIKA. 
Tilshunoslikning 
til 
bilan 
tafakkurning aloqasini va shunga bog‘liq masalalarni 
o‘rganuvchi bo‘limi. 
METATEZA. So‘zdagi tovushlarning o‘rin almashinuvi 
(mas., kirpik-kiprik, tuproq-turpoq kabi). 
METOD. Muayyan fan sohasida qoplanadigan vosita va 
usullar tizimi. 
MODAL MA’NO. So‘zlovchining o‘zi ifodalayotgan 
fikrga munosabatini bildiradigan ma’no. Masalan, fikrning 
chin yoki gumonligi ma’nosi, afsuslanish, qoniqish, imkoniyat, 
mamnunlik kabi ma’nolar modal ma’nolar hisoblanadi. 
MODALLIK. Modallik kategoriyasi so‘zlovchining gap 
mazmuniga va gap mazmunining borliqqa munosabatini 
ifodalaydi. Modallikda fikrning subektiv lahzasi. So‘zlovchi 
ongi orqali obektiv borliq bir bo‘lagining aksi o‘z ifodasini 
topadi. Modal unsur modusga (modus modalligi) yoki 
diktumga (diktum modalligi) taalluqlidir. Diktum modalligi 
ish-harakat 
bajaruvchi 
shaxsning 
muayyan 
harakatga 
munosabatini ko‘rsatadi. Modus modalligi esa so‘zlovchining 
faktga munosabatini aks ettiradi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling