Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Tilshunoslik
§. So‘z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko‘ra lug‘at turlari
Download 71.41 Kb.
|
Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Tilshunoslik-fayllar.org
§. So‘z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko‘ra lug‘at turlari
So*z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko‘ra lug‘atlar izohli va izohsiz turlarga bolinadi: so‘z yoki terminlarning imlosini, tushunchalarning ruscha-o‘zbekcha yoki o‘zbekcha-mscha nomlarini berish bilan cheklangan lug‘atlar izohsiz lug'atlar deb, shunday so‘z yoki terminlarning ma’nolariga izoh beradigan lug‘atlar izohli lug‘atlar deb ataladi. Chunonchi: «0‘zbek tilining qisqacha imlo lug‘ati» (F.Kamolov va Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), «0‘zbek tilining chappa lug‘ati» (R.Qo‘ng‘irov, A.Tixonov, 1968) kabilar izohsiz lug‘atlar, «0‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (Azim Hojiyev, 1974), «0‘zbekcha-ruscha lug‘at» (Bosh muharrir — prof. A.K.Borovkov, 1959), «0‘zbek tilining izohli lug‘ati», ikki tomli (1981) kabilar izohli lug‘atlardir. Grammatika (yun. grammatike, gramma soʻzidan — harf, yozish) — tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. G. 2 qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, G.da soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini — shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar. Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud. G. maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy G. va nazariy G.ga boʻlinadi. Amaliy G. muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy G. Tavsifiy G. til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy G. esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy G.dan farqdi ravishda, nazariy G. til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati belgilanadi. Nazariy G.da til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy G. umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til — nutq zidlanishiga asoslanadi. Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, G. faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli — semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol G. sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi G. faol G. hisoblanadi. Faol G.da u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi. Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda G. mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) G.larga boʻlinadi. Mazmuniy G. mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obʼyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obʼyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy G. oʻrganadi. Shakliy G. esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. Funksional G. da asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday G.larda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi. G. muammolari dastlab qad. Hindistonda (tilshunos Paninining G.ga oid traktatida, miloddan avvalgi 5—4-asrlar), keyinroq Yunonistonda (Aristotel, miloddan avvalgi 4-asr, yunon tilshunosi Apollon Diskol, miloddan avvalgi 2-asr va boshqalarning asarlarida) ishlangan. Yunon grammatik anʼanalari lotin tilini oʻrganish jarayonida rivojlanib borgan. Oʻzbekistonda G.ni oʻrganish tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asariga borib taqaladi. Bu jarayon oʻrta asrlardagi lugʻatshunoslik taraqqiyotida ham oʻz aksini topgan (Toli Imoniy Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat" asari, 15-asr; "Abushqa" nomli chigʻatoycha-turkcha lugʻat, 16-asr va boshqalar). Hozirgi oʻzbek tili G.si Yevropa G.si asosida yaratilgan. Bu jarayon 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Dastlab rus turkshunosi M. A. Terentyev "Turk, fors, qirgʻiz (qozoq) va oʻzbek tillarining grammatikasi" (1875) kitobini yozib, SanktPeterburgda nashr ettirgan. Bu kitob mahalliy tilni oʻrganmoqchi boʻlgan rusiyzabon kishilarga moʻljallangan edi. Oʻzbek tilining izchil ilmiy G.sini yaratishni 20-asrning 20-yillarida Fitrat, Gʻozi Yunus, Shorasul Zunnun va boshqa boshlab berdilar. Keyinchalik bu sohada A. Gʻulomov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Hojiyev, Sh. Rahmatullayev, Sh. Shoabdurahmonov, S. Usmonov, B. Oʻrinboyev va boshqa tilshunos olimlar katta ishlarni amalga oshirdilar. Stilistika (yun. stylos — yozuv, xat tayokchasi), uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyerlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. S.da parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi. Zamonaviy S. turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtai nazar, S.ning asosiy oʻrganish mavzui boʻlmish uslubning serqirraligi sababli, oʻz obʼyektiv asosiga ega. S. til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻlikdir. S. oʻz navbatida funksional S, lisoniy birliklar S.si, matn S.si, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, amaliy S, qiyosiy S, tarixiy S. kabi turlarga boʻlinadi. Funksional S. adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadi va tavsiflaydi. Funksional S. nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy tilning asosiy funksionaluslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplarini ishlab chiqadi. Lisoniy birliklar S. si adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtai nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega. Lisoniy birliklar S.si bir tomondan funksional S. bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan matn S. siga juda yaqin turadi. Badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si tilning adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniklaydi. Badiiy asar S. si faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzuiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani S. ham, adabiyotshunoslik ham oʻrganadi. Badiiy nutq S.si til materialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qiladi. Shuning uchun badiiy adabiyot S.sida eng muhim tadqiqot mavzui yozuvchi va muayyan badiiy asar tilidan iborat boʻladi, yaʼni individual uslub muammosi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodlarining oʻziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik prinsiplari ishlab chiqiladi. Qiyosiy S. — turli tillardagi uslubiy hodisalarni qiyoslab oʻrganish. Qiyosiy S. tarjima nazariyasi bilan uzviy aloqadordir. Tarixiy S. tilning turli tarixiy davrlarda qoʻllanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy meʼyorlarining oʻzgarib turishini, balki adabiy til tuzilishining shakllanish va rivojlanish yoʻllarini, adabiy til bilan badiiy nutqning oʻzaro munosabatlari tarixini ham oʻrganadi. Amaliy S. nutq madaniyati talablariga muvofiq keluvchi uslubiy tavsiyalarni qamrab oluvchi amaliy soha hisoblanadi. S.ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va oʻrganilishi Gʻarbda antik davrlarga, Sharkda esa oʻrta asrlarga toʻgʻri keladi. S. Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda, garchi hozirgiday aloqida sogʻa sifatida boʻlmasa ham, lekin tilshunoslik (grammatika, lugʻat), adabiyotshunoslik (ilmiy badeʼ, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiklik sanʼati kabi fanlar tarkibida oʻrgatib kelingan. Oʻtgan asrda Oʻzbekistonda S, ayniqsa umumiyfunksional S. va badiiy adabiyot S.si mustaqil fan tarmogʻi sifatida shakllana va rivojlana boshladi. Bunda Fitrat, Choʻlpon, Oybek, P. Qodirov kabi yozuvchilarning , M. Qoʻshjonov, Q. Samadov, I. Qoʻchqortoyev, A. Shomaqsudov singari olimlarning hissalari katta. 1 A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati. O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2002, 107-bet. http://fayllar.org Download 71.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling