§. Undosh tovushlar orfoepiyasi
Undosh tovushlar orfoepiyasi ko'proq kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog'liq boiadi. Xususan:
b, d jarangli undoshlari so'z oxirida jarangsiz p,t tarzida talaffuz etiladi, bu hoi o’zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi: kitob > kitop, borib > borip, yozib > yozip, savod > savot, obod > obot kabi;
b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qollanganda assimilatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hoi ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy > iptidoiy, ketdi > ketti\ 3) j, z undoshlarining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy > ishtimoiy, mazkur> maskur kabi; 4) b, q undoshlarining intervokal holatda (ikki unli orasida) sirg’aluvchi v, g‘ undoshlariga o'tishi ham adabiy talaffuz me’yoriga xilof emas: bora ber> boraver, keta ber > ketaver kabi.
§. So‘z qismlari talaffuzi
Q, K bilan tugagan otlarning egalik aflfikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko‘p bo‘g‘inli so'zlarda qishloq> qishlog'imiz, qishlog'ingiz, qishlog'i; telpak > telpagim, telpaging, telpagi kabi. Birbo‘g‘inli so‘zlarda bunday o'zgarish bolmaydi: o'q > o'qi, tok > toki kabi (yoq, yo'q so'zlari bundan mustasno).
Q, K, G, G' bilan tugagan otlarningjo'nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq+ga > qishloqqa, chelak+ga > chelakka, tog'+ga > toqqa, pedagog+ga > pedagokka kabi. Boshqa barcha holatlarda:
jarangsiz undoshlardan so'ng -ka, jarangli undoshdan va unlidan so'ng -ga talaffuz etiladi: otka, oshka, qopka, ammo uyga, ovga, to/ga, tomga, bolaga, akaga kabi.
Fe’llarda: a) ong+la > angla, son+a > sana, yosh+a > yasha kabi;
ek+gan > ekkan, ket+gan > ketkan, oq+gan > oqqan, tush+gan > tushkan kabi.
Olmoshlarda: u+n+da > unda, bu+n+da > bunda, shu+n+da > shunda (bir «n» orttiriladi), men+ning > mening, sen+ning > sening (bir «n» tushirib qoldiriladi).
fi/>so‘zidan dona son yasalganda, o'zakdagi «r» undoshi «t»ga o'tadi: bir+ta > bitta kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |