Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


SFRAGISTIK matn Muxrlardagi yozuv.  NUMIZMATIK


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

SFRAGISTIK matn Muxrlardagi yozuv. 
NUMIZMATIK matn Pullardagi yozuv (Numizmatika 1. Chaqa tanga va meda llar 
tarixini o’rganuvchi fan. 2. Qadimgi chaqa tanga va medallarni yig’ish). 
POLEOGRAFIK matn Tarixiy matn (Poleografika - Qadimiy yozuvlarni o’rganadigan 
fan). 
 
MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI 
 
XX asrning 60 - yillaridan boshlab tilshunoslar gap va gaplar yig’indisi, sin-
taktik butunlik, hat boshi va matn masalalari bilan shug’ullana boshladilar. 
Tilning eng katta birligi matn deb topildi. Biroq matn tushunchasini 
ta’riflashda olimlar bir qarorga kela olganlaricha yo’q. Olimlar o’zlari ishlayotgan s o-
haning xususiyatidan kelib chiqib matn tushunchasini ta’riflaydilar. 
Har bir matn ma’lum talablarga javob berishi lozim. Bu talablar quyidag ilar: 
- ma’lumotni bayon qilishi, yani tabiat, jamiyat hodisalari va ish harakatni 
ifodalashi, ular yuzasidan fikrni to’plash va uzatish vositasi bo’lishi; 
- matn birliklari o’rtasida bog’liqlik, uzviylik, ergashish kabi munosabatlarni 
ta’minlashi; 
- ma’lum qilinayotgan voqea, hodisa ketma-ket, izchil bayon qilinishi; 
- matn uzil-kesil, tugal fikr anglatishi; 
- matnning qabul qiluvchisida kim, qachon, qayerda, qanday kabi savo llarga 
o’rin qolmasligi; 
- har qanday matn fikrlar yig’indisi bo’lib, o’zaro bog’langan mulohazalarni 
o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. 
Matnning chegarasini uning yaratuvchisi belgilaydi. 
Matn birligi bo’lib gap hisoblanadi. Gaplar yig’indisi matnni tashkil qiladi. 
Har qanday matn tarkibiga ko’ra:
a) ifoda qobig’iga (shakliga), 
b) mazmuniga (semantikasiga), 
c) tuzilishiga (grammatikasiga) ega. 
Tovushlar va ohang matning ifoda qobig’ini tashkil qiladi. Matn ifodalayd i-
gan axborot, uning mazmunini tashkil qiladi. Matn tarkibidagi o’zaro bog’lanish 
vositalari matnning grammatikasini tashkil qiladi. Matn butunligini ta’minlab tu rgan 
narsa, uning asosida yotgan g’oyadir. 


55 
Matndagi har bir jumla o’zidan keyingi jumlaga zamin tayyorlab kelishi va 
har bir ikkinchi jumla o’zidan oldingi jumlani to’ldirib, aniqlab va izohlab kelishi lozim. 
Matndagi jumlalar bir-biriga zanjirsimon bog’lanib ketaveradi. Bu bog’lanish fonetik, 
leksik, grammatik va stilistik vositalar orqali ifoda qilinadi. Matnlar yaratilishidan 
ko’zlangan maqsadga, tuzulishiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling