Tim majmua 2020-21


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/135
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#235439
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

Тарбиявий иш натижаси 


 
40 
Bu masalada quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:   
1)Tarbiyaviy  ma’suliyatlik.  Sinf  rahbari  tarbiyaviy  ishlar  uchun  eng  ma’sul 
shaxsdir.  Bunda  u  g’oyaviy,  ma’naviy  ,  ahloqiy  ,  jismoniy,  estetik  kabi 
shakllanishlarga  yo’naltirilgan  tarbiyaviy  ishlarni  vijdonan,  halol  va  ongli  ravishda 
tashkil qilish kerak. 
2.Malakaviy  mahoratlik.  Sinf  rahbari  sinfda  tashkil  qilinadigan  tarbiyaviy  ishlarni 
yuksak  va  mahorat  bilan  yo’lga  qo’yishi  shart.  Aks  holda  sinfda  olib  boriladigan 
tarbiyaviy ishlar kutilgan darajada kechmaydi.  
3.Ijtimoiy javobgarlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun jamiyat va shaxs oldida 
javobgar hisoblanadi. Chunki unga bu faoliyat ishonib topshirilgan.  
Zero,  sinf  rahbarining  tarbiyaviy  ishlar  jarayonidagi  burchi  Ma’suliyat, 
Malaka,  va  Javobgarlik  bilan  belgilanadi.  Negaki  kuzatishlar  shuni  ko’rsatadiki, 
o’quvchi ko’p hollarda sinf rahbarini barchadan ko’ra eng yaqin do’sti, sirdoshi va 
maslahatchisi  deb  biladi.  Bunday  ishonch  sinf  rahbaridan  tarbiyaviy  ishlar 
jarayonini  oqilona  tashkil  etish  va  olib  borishni  tqozo  etadi.  Shu  ma’noda  sinf 
rahbari o’z burchini bajarish jarayonida: 
1)  bor  imkoniyatlar  va  vositalar  yordamida  o’qituvchilar  va  maktab  jamoasi  bilan 
sinfda olib boriladigan o’quv tarbiyaviy ishlarda hamkorlik qiladi.  
2)o’quvchilar jamoasini shakllantirish va bu jamoani tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi 
3)o’qituvchilar va o’quvchilarning hamkorligini ta’minlaydi;  
4)  o’qituvchilar,  maktab  jamoasi  va  mutaxassislar  ishtirokidasinfdan  tashqari 
tarbiyaviy ishlarni olib boradi; 
5)sinfning tashqi olam bilan ko’p tamonlama aloqalarini yo’lga qo’yadi va tartibga 
solib turadi. 
 
Bularning  barchasi  sinf  rahbarining  tarbiyaviy  ishlar  jarayonidagi  burchi 
hisoblanadi.  Bu  hol  sinf  rahbarini  tarbiyaviy  ishlar  tashkilotchisi  va  o’quvchilar 
Ustozi sifatida namoyon qiladi. 
 
Tarbiyaviy  ishlar  jarayonidagi  sinf  rahbari  burchining  mazmuni  ma’naviy 
tarbiya ishlarini tashkil qilish bilan bog’liq [1,4]. Unga ko’ra, umumta’lim maktabi 
o’quvchilari “kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli yashash ” uchun layoqatli bo’lib 


 
41 
voyaga  yetishlari  kerak.  Buning  uchun  sinf  rahbarining  hushyorlik  ,  sezgirlik, 
qatiyatlik va ma’suliyatlik tamoyillariga asosan tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yilishi 
taqozo etiladi. 
 
Qachonki  tarbiyaviy  ishlar  jarayonida  sinf  rahbari  o’z  burchini  bajarsa, 
kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z 
sinfi uchun o’qituvchi va  Ustoz,  yuqori sinf  rahbarlari o’quvchilar uchun  Ustoz va 
o’qituvchi  hisoblanadi.  Sinf  rahbari  tarbiyaviy  ishlarda  o’z  burchini  bajarmasa, 
sinfda  ma’naviy  muhit  ayniydi,  ta’lim  samaradorligi  susayadi  va  o’quvchilarning 
ahloqiy rivojlanishiga darz ketadi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling