Tim majmua 2020-21


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/135
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#235439
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari qanday o’rin tutadi?  
2. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi nimalardan iborat?  
3.  “Tarbiyaviy  ishlar  jarayonida  sinf  rahbarining  vazifalari”    mavzusida  mustaqil 
ish yozing. 
Adabiyotlar: 
1.Bardovskaya 
N.V.,Rean 
A.A. 
Pedagogika. 
Uchebnik 
dlya 
VUZov- 
SPb.:”Piter”.2001. 
2.Mavlonova  R.,  Vohidova  N.,  Rahmonqulova  N.  Pedagogika  nazariyasi  va 
tarixi.- T.: “ Fan va texnologiya ”.2010. 


 
48 
 5-MAVZU:    O’QUVCHILAR  BILIM  SIFATINI    OSHIRISH  VA  SINFDA 
INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH 
Ma’lumki, maktab o’smirlarning faoliyati o’qish va mehnatga qaratilgan. Shu 
faoliyat  vositasida  ular  tashqi  ijtimoiy  olamni  biladi.  Ular    dunyoqarashida  va 
ma’naviyatiga  oid  bilimlar,  ko’nikma  va  malaka,  tasavvurlar  zaxirasi  to’planadi. 
Jumladan,  tarbiya  jarayonida  keng  qo’llaniladigan  pedagogik  trening,  sharhlab 
o’qitish, tayanch sxemalar, tayanch belgilar, rolli o’yinlar uslublarni qo’llash orqali 
o’smirlar o’z tengdoshlari orasida  faollik ko’rsatadi, ijtimoiy hulq va harakatlarning 
andazalarini  o’zlashtiradi,  kattalar  hayotiga  kirib  boradi.  O’quvchilar  bajarayotgan 
rolga ko’ra bir-birlariga bo’ysunadilar va boshqarishni o’rganadilar. Ana shu tariqa 
o’quvchi  shaxsida  aqliy  qobiliyat,  shaxsiy  va  ijtimoiy  burch  hislari,  o’tkir  zehn 
tarkib  topadi,  tenglik,  demokratiya,  birdamlik  tuyg’ulari,  insoniy  fazilatlar  – 
samimiyat,  or-nomus,  hushmuomalalik,  sertakalluflik  kabilar  shakllana  boshlaydi. 
Mazkur  yuksak  tuyg’ularni  amaliyotga  joriy  qilish  jarayonida  o’smir  shaxsida 
yuksaklikka  intilish  ishtiyoqi  tarbiyalanadi.  Shu  bois  o’smir  yoshdagi  o’quvchilar 
dunyoqarashida  axloqiy  qadriyatlar  va  insoniylik  sifatlari  to’g’risida  adekvat 
bilimlar,  tushunchalarning  tarkib  topishi  ularni  komil  shaxs  bo’lib  shakllanishiga 
asos  bo’ladi.  Bu  jarayonning  kechishini  ilmiy  jihatdan  tadqiq  etish  va  ilmiy 
qonuniyatlar  asosida  shart-sharoitlarning  yaratilishi,  o’z  navbatida,  inson  shaxsini 
tarkib toptirish bilan shug’ullanuvchi barcha o’qituvchi-pedagoglarga uslubiy qurol 
sifatida xizmat qiladi.  
Umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalarida  o’smirlar  dunyoqarashini  shakllantirish 
dolzarb muammolardan hisoblanadi.  
Ushbu jarayonda millat va mamlakat uchun jon kuydirgan, Vatanga mehr va 
e’tiqod  asoschi  bo’lgan  Behbudiy,  Fitrat,  Cho’lpon,  Abdulla  Avloniy,  Tavallo, 
Abdulla  Qodiriy  singari  siymolarning  hayoti  va  faoliyatini  o’rganish  asosida 
o’quvchiga  ta’sir  ko’rsatish,  xulq-atvorini  shakllantirish  o’qituvchining  pedagoglik 
mahoratiga  bog’liqdir.  Albatta  bunda  o’quvchi  shaxsini  rivojlanishi  uchun  tegishli 
pedagogik  muhitni  yuzaga  keltirish,  hamjihatlik,  hamkorlik  doimo  demokratiya 
ko’rinishlaridan biri hisoblanadi.  


 
49 
Demak, pedagog va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlikni ta’minlaydigan, ishonch 
va  manfaatlarga  rioya  etilishiga  ko’maklashadigan,  o’quvchining  qobiliyati 
namoyon bo’lishi uchun imkoniyat yaratadigan o’zaro munosabatlar tizimini yuzaga 
keltirish  muhimdir.  Chunki  shaxsning  rivojiga  yo’naltirilgan  demokratik    tarbiya, 
insonparvarlik  munosabatlarining  uyg’unligini  qadriyat  sifatida  ma’nosini  tushunib 
yetishga  yordam  beradi.  Pedagogik  hamkorlik  o’zaro  tushunish,  ishonch  va  o’zaro 
yordamni,  ijodiy  hamkorlikka  tayyorlikni  yuzaga  keltiradi.    Bu  esa  o’smirlarda 
axloqiy  qadriyatlarni,  milliy  urf-odatlarni,  milliy  poklanish,  milliy  istiqlol 
g’oyasining asl mohiyatini chuqur anglab yetishni ta’minlaydi. 
Tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot tajribasi shu narsani isbotlaydiki, jamiyatda ijtimoiy-
iqtisodiy  va  siyosiy  qurilma  o’zgarganda,  bu  o’zgarishlar  eng  avvalo  ta’lim-tarbiya 
tizimini  isloh  qilishni,  uning  mohiyati  va  mazmunini  o’zgartirishni  talab  qiladi. 
Boshqacha qilib aytganda, o’quvchilarni ma’naviy jihatdan yetuk, milliy qadriyatlar va 
urf-odatlarga  hurmat  ruhida  tarbiyalash,  o’qitish,  ularda  hayotga,  milliy-madaniy 
merosimizga  nisbatan  ijobiy  munosabatni  shakllantirish,  ma’naviy  sog’lom,  ularning 
ruhan  tetik  rivojlanishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  o’qituvchi  va  o’quvchi 
faoliyatini hamkorlik pedagogikasi asosida qurishni taqozo etadi.  
O’quvchilarning  qobiliyatini  va    iqtidorini  har  jihatdan  namoyon  etish,  milliy  va 
umuminsoniy  qadriyatlar  hamda  pedagogik  omillar  ustuvorligini  ta’minlash,  shaxs, 
jamiyat  va  atrof-muhitning  o’zaro  munosabatlarida  uyg’unlikka  erishuv,  o’quvchi  va 
o’qituvchi o’rtasidagi munosabatni, an’anaviy “ustoz-shogird” o’zaro munosabatlariga xos 
chuqur insoniy ehtiromli asoslarga olib chiqish – ta’limni insonparvarlashtirishning bosh 
yo’nalishi  bo’lib,  ta’lim  jarayoni  subyektlarining  o’zaro  tushunishini  va  hamkorligini 
ta’minlaydi.  Hamkorlik  pedagogikasi  yoshlarga  hozirgi  zamon  ruhida  ta’lim  va 
tarbiya berishni nazarda tutadi. 
O’qituvchi  bolalarni  o’z  qiziqishlariga  qarab  bir  jamoaga  birlashtiradi. 
Yoshidan  qat’iy  nazar  agar  tarbiyachi  o’z  ishining  ustasi  bo’lsa,  bolalar  bilan 
muloqot davrida o’zining ham ijodkorlik darajasi ortib boradi.  


 
50 
O’qituvchi  o’z  ish  faoliyati  davomida  ta’limning  uzluksizligini  ta’minlashga 
asosiy  e’tiborini  qaratishi  lozim.  O’z  yo’nalishi  bo’yicha  maktabgacha  va  maktab 
ta’lim-tarbiya  jarayoni  mazmunini  to’la  o’rganib  chiqishi  va  shunga  asoslangan 
holda  mashg’ulotlarni  tashkillashtirishi  muhim.  Shundagina  o’smir  ta’limning 
uzluksizligiga  tortiladi,  milliy  an’analarning  eng  yaxshilari  va  jahon  madaniyat 
boyliklari bilan tanishadi.  
Shuni  aloxida  ta’kidlash  kerakki,  bugun  ta’lim  tizimidagi  barcha  ishlar  fan 
kabinetlarini jihozlash, yangi axborot texnologiyasi jihozlari-yu, takomillashtirilgan 
dastur,  modernizasiya  qilingan  DTSlar,  yangi  darsliklar,  o’quv  qo’llanmalarining 
barchasi ta’lim-tarbiya jarayonini  yuqori saviyada tashkil qilish imkonini beradi. Bu 
qilinayotgan  ishlardan  ko’zlangan  maqsad    ikki  shaxs  –  o’qituvchi  va  o’quvchi 
orasidagi muomala, munosabat, muloqotdan iborat bo’lgan ta’lim-tarbiya jarayonini 
yuqori  saviyada  tashkil  qilib,  o’quvchining  bilim  va  tarbiyasini  jahon  andozalari 
darajasida  bo’lishiga  erishmoqdir.  Agar  ikki  shaxs  o’qituvchi  va  o’quvchi  –  bir-
birlarini yaxshi tushunsalar, o’qituvchi berganini o’quvchi  to’lig’icha o’ziniki qilib 
ololsa,  bilingki,  bular  orasiga  uchinchi shaxsning  kirib  borishiga  ehtiyoj  qolmaydi.  
Ikki shaxs muloqoti – ta’lim va tarbiya jarayonida  amalga oshadi. Birinchi shaxs – 
o’rgatuvchi, ya’ni o’qituvchining, barcha bilan til topishi,  ularning didi, xarakteriga 
moslab  bilim  va  tarbiya  berishida  katta  muammolar  kelib  chiqadi.  O’qituvchi 
berayotgan  bilim  sinfdagi  qabul  qiluvchilarning  hammasiga  bir  xilda  yetib 
bormaydi.  Chunki,  qabul  qiluvchilar  orasida  kimdir  tez  qabul  qilib,  kech  unutadi, 
kimdir  kech  qabul  qilib,  tez  unutadi.  Qabul  qiluvchilar  soni  sinfda  qancha  ko’p 
bo’lsa, o’rgatuvchiga shuncha qiyin bo’ladi. Shu bois o’rgatuvchi yordamga muhtoj 
bo’ladi. Qanday yordamga? Qabul qiluvchilarga berayotgan bilim va ko’nikmalarini  
ularning  hammasining  tafakkuriga  singdirib  olishga,    yo’l  topishga.  Shu  bois 
o’rgatuvchiga  ko’mak-  yordam  zarur.  Bu  yordam  ta’lim  muassasasida    ijodiy 
muhitni rivojlantirishdir. 
Demak,  bolaning o’zlashtirishi,   uning bilimi  chuqur  yoki sayoz  bo’lishi bu-
o’qituvchiga  bog’liq.  Bu  isbot  talab    qilmaydigan  va  hayotda  isbotlangan 
aksiomadir.  Shu bois o’zining 50 yillik o’qituvchilik faoliyatining 35 yili davomida 


 
51 
o’quvchilarining  barchasini  faqat  «5»  bahoga  o’qitib  kelgan,  respublikada 
boshlang’ich  sinf  ustasi  Mamajon  Abdurasulov:  «O’zlashtirmaydigan  o’quvchi 
bo’lmaydi,  o’zlashtirgiza  olmiydigan    o’qituvchi  bo’ladi.  Men  o’zimning 
o’qituvchilik faoliyatimda buni isbotladim» deydi. (Ma’rifat, 24 iyul 2005 y.) 
Ta’lim  muassasalarida  o’qituvchi  va  o’quvchi  munosabatlarini  rivoj-
lantirishdan  maqsad  ular  bilimining  sifat  ko’rsatkichini,  samarador-ligini  ko’tarish, 
bunday  jiddiy  ishni  yo’lga  qo’yish,  uni  amalga  oshirishda  bosh  sababchi,  bosh 
mutasaddi  bu  o’qituvchidir.  O’qituvchi  o’z  ustida  tinimsiz  ishlasa,  yangilikka 
intilsa,  o’zining  pedagogik  mahoratini  oshirsa,    shunda-gina  ko’zlangan  maqsadga 
erishiladi.  
O’qituvchi  va  o’quvchi  munosabatlarini  mustahkamlashda  har  bir  o’qituvchining  
ijod    bilan    ishlashi,  o’z    ustida    ishlab,  kasbiy    mahoratini    oshirishi,  dars    berish  
uslubiyotini    yangilashi,  boyitishi,  ilg’or  o’qituvchi-larning  tajribalaridan 
foydalanishlari,  mamlakatimizdagi    pedagogika  yangiliklari,  jahon  pedagogikasi 
tajribasidan  boxabar  bo’lish,  internet  sahifalariga  kirish  va  undan  foydalanishlari 
ta’lim muassasalarida o’quvchining qiziqishi, intilishi, harakati  faoliyatini samarali 
bo’lishini ta’minlaydi. 
Umumta’lim    maktablari  o’qituvchilarining    ijod    bilan    ishlashlari,  badiiy, 
ilmiy-ommabop,  kasbiy  yo’nalish    bo’yicha  boy  imkoniyatga  ega    bo’lgan  
kutubxona,  axborot    kommunikasiya  texnologiyalari,    internet  tarmog’i,  axborot 
resurs  markazi,  o’zaro    tajriba  almashish,  ilg’or    va    novator  o’qituv-chilarning 
darslarini kuzatish, tajribasini o’rganish kabilar faqatgina uning bilimini oshiribgina 
qolmay, balki o’quvchilarning ham bilimini oshiradi.  
Shu  jihatdan  ham  o’qituvchi  o’quvchilarning  erishgan  yutuqlari,  yaratgan  
yangiliklarini  o’z    vaktida  ommalashtirish,  qo’llab-kuvvatlash,  rag’batlanti-rib  
borish  lozim.  Ana    shundagina  ta’lim  o’qituvchi  va  o’quvchi  o’rtasida  munosabat 
rivojlanib boradi. 
O’qituvchi  va  o’quvchi  munosabati  boshqalarga    namuna,    darslari  barchaga 
namunali bo’lsa, o’quvchining qiziqishi ortib boradi. 


 
52 
O’quvchilar  o’z  mehnatini    qadrlanishini  yoktiradi.  Yaxshi  o’qigan,  ilg’or 
o’quvchilarga  alohida  e’tibor  berib,  ularni  ruhlantirib,  rahmatnoma  e’lon  qilinsa  u 
bundan g’ururlanadi, ruhi ko’tariladi, bundan keyin ham o’qishga o’rganadi. 
O’qituvchi va o’quvchi munosabatini rivojlantirishda maktab kutubxonasi-ning 
ishini  yaxshilash,  uning  kitob  fondini  rivojlantirish,  unda  o’qituv-chilar  va 
o’quvchilarning  ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish, internetga ulash, elektron  
pochta aloqasi o’rnatish muhim hisoblanadi. 
Har  yili  bir  marta  "Maktabim  mening-  unutilmas  fahrim  mening"  tadbirini 
o’tkazib,  maktabni  bitirib  ketgan  o’quvchilar  bilan  maktabni  tamomlayotgan 
o’quvchilar, ustozlarning uchrashuvini o’tkazish lozim. 
        "Maktabimiz  tashkil  topgan  kun"  tadbirini  o’tkazib,  ota-onalar,  mahalla 
faollari,  shu  maktabni  tamomlab,  turli  joylarda  ishlab  turgan  sobiq  o’quvchilar, 
tashkilot,  muassasalarda  rahbarlik  lavozimida  ishlayotganlar,  biznesmen  va 
tadbirkorlarni  taklif qilish  kabi  ishlarni  amalga  oshirish o’qituvchi  munosabatlarini 
mustahkamlaydi.  
Maktab  kutubxonalarida  Respublika  Xalq  ta’limi  vazirligi  tomonidan 
ta’minlanayotgan  darsliklar,  o’quv  qo’llanmalaridan  tashqari      quyidagilar  shart: 
Prezident  asarlarining  to’liq  tomi(jildi),  O’zbekiston  Milliy  ensiklopediyasi,  badiiy 
adabiyotlar,  ilmiy,  pedagogik,  metodik  adabiyotlar,  o’quv  qo’llanmalar,  uslubiy 
qo’llanmalar  va  uslubiy  tavsiyalar,  darsliklar,  hadislar  va  hadis  to’plamlari, 
ma’naviyat,  ma’rifat  va  axloq  qoidalariga  oid  adabiyotlar,  ilmiy  pedagogik  va 
metodik  jurnallar,    markaziy  viloyat,  tuman  gazetalari,  yuqoridagi  gazeta  va 
jurnallarning ko’p yillik tikma to’plamlari (podshivka), kutubxonaga joylashtirilgan  
kseronusxa apparatlarining bo’lishi. 
O’qituvchi  va  o’quvchi  munosabatlarini  mustahkamlash  bilan  birga  ularning 
qizikishi, intilishi uchun imkoniyatlar yaratadi.  
Bunda  o’qituvchining  o’z  ustida  ishlashi, o’qishi, izlanishi va  ijod  qilishi, 
oilaviy  kutubxonasining  mavjudligi,  kitob    boyligi,  matbuotga    obuna    bo’lishi, 
ilmiy    va    ijodiy    yangiliklar  bilan  tanishib  borish,  matbuot  konferensiyalarida, 
matbuotda,  mahalliy  matbuot,  mahalliy  radio  va  televideniyada  qatnashib, 


 
53 
ma’ruzalar  qilib, o’z  faolligini oshirishi, ijodiy ta’til va metodik kunlardan unumli 
foydalana olishi. 
Umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalarida  o’quvchilar  bilan  ijodiy  muhitni 
yaratadi.  O’qituvchining  o’zidagi  qiziqish,  ijod  va  intilish  yetarli  bo’lmasa, 
yaratilgan  sharoitlardan  unumli  foydalanish  uchun  vaqti  bo’lmasa,  o’qituvchining 
kasbi  kamolotidan  tashqari  turli  yumushlar  bilan  ko’mib  tashlasa,  u  holda 
o’quvchilar bilan munosabati samara bermaydi. O’qituvchining  ijodiy ishlamasligi 
tufayli  ta’lim  tarbiyada  yaxshi  natijaga  erishib  bo’lmaydi.  Farzandlarimizni  zamon 
talablari  asosida  chuqur  bilimli,  ishbilarmon  qilib  tarbiyalashda  har  bir  o’qituvchi 
o’z  o’quvchilari  bilan  doimo  munosabatda  bo’lishi  Vatan  va  xalq  oldidagi  
burchimizdir. 
Psixologiya-pedagogika  fani  rivoj  topayotgan  bir  davrda  pedagoglarning  o’z 
ustida  mustaqil  ravishda  tinmay  ishlashi,  malakasini  oshirib  borishi,  mustaqil 
mutolaa  qilishi  va  ijodkor  bo’lishi  o’quvchilar  bilan  bo’ladigan  munosabatlarda 
muhim  o’rin tutadi. Chunki, hozirgi davr  g’oyalariga sodiq,  mehnatsevar  yoshlarni 
tarbiyalashdagi muvaffaqiyatlar ko’p jihatdan o’qituvchining siyosiy, ilmiy-metodik 
va  umumpedagogik  saviyasiga,  o’z  ishiga  ijodiy  yondashishiga,  o’z  burchiga 
nisbatan  sidqidil  bo’lishiga  bog’liqdir.  Mazkur  vazifani  hal  qilish  ko’p  jihatdan 
o’qituvchiga  ularning  tarbiya  jarayonini  qanday  boshqarishiga va o’quvchilar bilan 
bo’ladigan munosabatlarni tashkil etish va nazorat qilishlariga bog’liqdir. 
O’qituvchi va o’quvchi munosabati tarbiya jarayonida keng qamrovli o’lchov 
bo’lib,  uni  amalga  oshirish  dolzarb  vazifalardan  xisoblanadi.    Shuning  uchun  ham 
“2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” da 
umumta’lim  maktablarida  o’qituvchilarning  faoliyatini  takomillashtirishga  aloxida 
e’tibor qaratilgan. Bu vazifani amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash 
va  ularning  malakasini oshirish tizimini  yanada  takomillashtirish to’g’risida”gi 25-
sonli  qarori  hamda  Xalq  ta’limi  vazirligining  2006  yil  7  iyundagi  “Pedagog 
kadrlarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tizimini  yanada  takomillashtirish 
to’risida”gi    149-sonli  buyrug’i  qabul  qilindi.  Yuqoridagi  me’yoriy  xujjatlar 


 
54 
o’qituvchi kadrlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo’lib, ularning mustaqil 
ta’lim  egallashi  uni  ta’lim–tarbiya  jarayonlarini  loyihalashtirish,  ularni  kuzatish  va 
tahlil  qilish,  hujjatlarni  rasmiylashtirish  bo’yicha  tegishli  maslahatlar  berib  borish 
kabilarni amalga oshirish zarurligi ko’rsatildi. 
O’qituvchilar tomonidan tarbiya rejasini bajarilishi maktabda ta’lim samaradorligini 
oshiradi.  
O’qituvchilarning mustaqil o’qib bilim orttirishlari, zamonaviy kompyuter texnikasi
aloqa vositalari, axborot-resurs markazlarida, elektron darsliklar, ma’ruza matnlarining elektron 
versiyalari, turli o’quv-metodik va badiiy adabiyotlarasosiy va qo’shimcha manbalardan 
foydalanishlari bilimlarni rivojlantirishda muhim o’rin tutish bilan birga o’quvchilar bilan 
munosabat qilishda, hamkorlik pedagogikasini amalga oishirshda o’z samarasini ko’rsatadi.  
Bu jarayonning talab darajasida va samarali olib borilishi uchun o’qituvchilar 
o’z  o’quvchilari  uchun  mustaqil  bilim  olishlariga  ularga  belgilangan  dasturni 
muvaffaqiyatli  bajarishida  tegishli  yordam  ko’rsatishlari  va  shart-sharoit  yaratib 
berishlari lozim.  
 
O’qituvchi  va  o’quvchilar  o’rtasidagi  munosabatni  mustahkamlashda 
suhbatlar,  anketalar,  testlar  o’tkazish,  o’quvchilarning  fikri,  dunyoqarashi  kabilarni 
o’rganish muhim o’rin tutadi. Ushbu holatlar o’qituvchi tomonidan o’quvchilardagi 
muammo  va  qiyinchiliklari,  tipik  xato  va  kamchiliklarini  aniqlash  yokifaoliyatini 
ilg’or pedagogik tajribasini o’rganish maqsadida amalga oshiriladi. 
 
Bunda  o’qituvchining  nazariy,  uslubiy  tayyorgarlik  darajasi,  pedagogik 
mahorati va shaxs sifatlari muhim o’rin tutadi. O’qituvchi ta’lim-tarbiya natijalarini 
o’rganib,  xulosalar  tayyorlaydi.  Nazariy-uslubiy  muammolari,  pedagogik  mahorati 
va shaxs sifatlarini korreksiyalash tadbirlari belgilanadi. 
Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilar bilan munosabatlarni mustahkamlash 
uchun  o’quvchilarni  tarbiyalash  faoliyati  monitoringi  olib  borishi  maqsadga 
muvofiqdir.  
O’qituvchi va o’quvchi munosabati shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish 
uchun  uyushtirilgan  pedagogik  jarayon  bo’lib,  tarbiyalanuvchining  shaxsiga 
muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq 
bo’lgan  ikki  yoqlama  faoliyatni,  yani  o’qituvchi  va  o’quvchi  faoliyatini  o’z  ichiga 


 
55 
oladi.  Tarbiya  jarayonida  ong  shakllanadi,  xis-tuyg’ular  rivojlanadi,  ijtimoiy  hayot 
uchun zarur va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. 
O’qituvchi  va  o’quvchi  munosabatida  bolalarning  hayoti  va  faoliyatida 
tarbiyaviy  ta’sirlar,  shaxsiy  tajribaslar  va  ehtiyojlar  namoyon  bo’ladi.  Shuning 
uchun  bola  faoliyatini  uyushtirishda  o’qituvchining  munosabati,  turli  xil 
kechinmalari  uni  qanday  anglashi,  baxslashishi,  xis  qilishi  hamda  ulardan  o’zi 
uchun  nimalarni  maqsad  qilib  olganligini  bilishi  shaxsining  kamolotga  yetishida 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Tarbiya  jarayonida  o’quvchining  ongigina  emas,  balki,  xis-tuyg’ularini  ham 
o’stiradi.  Jamiyatning  shaxsga  qo’yadigan  axloqiy  talablariga  muvofiq  keladigan 
xulqiy  malaka  va  odatlarni  hosil  qiladi.  Bunga  erishish  uchun  o’quvchilarning 
ongiga, xissiyotiga va irodasiga tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.   
Maktabdagi  tarbiya  jarayoni  uzluksiz  xisoblanib  unda  tarbiyalovchi  va 
tarbiyalanuvchi  munosabatlari  amalga  oshadi.  Tarbiya  aniq  maqsadni  hal  etishga 
xizmat  etadigan  faoliyatini  belgilaydi  va  ushbu  faoliyatiga  o’quvchilarning  faol 
ishtirok  etishni  ta’minlaydi.  Ular  o’rtasida  ma’naviy-axloqiy  munosabatlar  uchun 
sharoit yaratadi. 
Tarbiyani  ijobiy  bo’lishi  uchun  ushbu  jarayonni  yaxshi  bilish,  uni 
o’quvchining  odobliligi,  yetukligi  bilan  unga  qo’yiladigan  talablar  o’rtasi-dagi 
farqlarni 
bilish 
muhim 
xisoblanadi. 
Tarbiyachining 
talablari 
bilan 
tarbiyalanuvchining  tarbiyalanganlik  darajasini  bilish,  ya’ni  bolalarning  faoliyatida 
faol  ishtirok  etishlarini  ta’minlash,  ularda  onglilik,  har  bir  ishni  bajarishda 
tayyorgarlik darajalarini shakllantirish muhim xisob-lanadi.  
Tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama shakllantirish maqsadida bola ongi, 
his-tuyg’ulari,  irodasi  va  munosabatlar  tizimiga  ta’sir  ko’rsatish  o’qituvchi 
faoliyatiga  bog’liq.  O’qituvchi  o’z  o’quvchisiga  biror  bir  vazifani  bajarish  uchun 
ko’rsatmalar beradi. Bu ko’rsatmalar tushuntirish asosida amalga oshiriladi. Ushbu 
jarayonda o’qituvchi va o’quvchi munosabatlari vujudga keladi. o’qituvchi  bolaga 
ta’sir ko’rsatish bilan  o’quvchilar faoliyatini birlashtiradi. 


 
56 
Bolalarga  tarbiyaviy  ta’sir  ko’rsatish  uchun  o’qituvchi  u  yoki  bu  vazifalarni 
o’quvchilarga  topshiradi.  Buning  natijasida  o’quvchining  jonli  nutqi,  bolalarning 
o’yinlari,  jamoatchilik,  havaskorlik  to’garaklari  murabbiy  o’qituvchi  rahbarligida 
amalga  oshiriladi.  Buning  uchun  o’qituvchi  o’quvchi  bilan  munosabatlarni  tashkil 
etish  usullari,  vositalari  va  shakllaridan  mohirona  foydalanadi.  Bunda  bolaning 
shaxsiy  xususiyatlari  hamda  tarbiyalanganlik  darajasi,  bola  yashayotgan  aniq 
pedagogik vaziyatning tabiatini o’rganadi. 
O’qituvchti  o’quvchilarning  ijtimoiy  ong,  axloqini  shakllantirish  bilan  birga 
rag’batlashtirish, o’zini-o’zi tarbiyalash usullaridan foydala-nadi. 
O’quvchilarning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga hartomonlama ta’sir ko’rsatish 
bilan birga tushuntirish, xikoya, suhbat va namuna metodlari asosida ularda vatanga, 
xalqgv sadoqat tuyog’ularini shakllantiradi. 
Bolarda  xatti-xarakatlar,  voqyealar  va  xodisalarning  ma’naviy,  estetik, 
mazmunini ochib beradi. Ularga xulq-atvor va insoniy munosabatlarga to’g’ri baho 
berishni shakllantiradi. 
Bola  shaxsini  g’oyaviy  va  ma’naviy  shakllantirishda  o’qituvchining  jonli  so’zi 
ta’sirchan  bo’lib,  ularda  ishonch,  ijobiy  his-tuyg’ular  vujudga  keltiradi.  O’qituvchi 
sinf  jamoasiga  Amir  Temur  o’gitlari,  Alisher  Navoiyning    bolalik  yillari  xaqida 
gapirib  bersa,  buning  samaradorligini  bolalarning  qanday  quloq  solishiga  qarab 
tekshirish  mumkin.  Agar  bolalar  “Biz  ham  Amir  Temurni,  Alisher  Navoiyni 
o’rganamiz”,  -degan  umumiy  istak  bildirsa  demak,  o’qituvchining  so’zlari  bolalar 
ongiga yetib borgan. Bunga javoban o’quvchilarda savollar tug’iladi.  Biror maqsad 
yo’lida munosabatlar tuyg’usini keltirib chiqaradi. 
Axloq xaqidagi olib borilgan suhbatlar o’quvchilarning yurish-turish doirasini 
kengaytiradi.  O’quvchilar  faqat  tinglovchilar  emas,  balki  muhokama  qilinayotgan 
mavzularning  faol  ishtirokchilarga  aylanadilar.  Bunday  sharoitda  o’qituvchi 
o’quvchilar bilan munosabatiga, ularning bilimiga tayanishi lozim va ularning shaxs 
uchun  ahamiyatini  hisobga  olish  zarur.  Munosabatlar  o’quvchilarni  o’ylashga, 
mazkur  masala  bo’yicha  o’z  bilimlarini  orttirishga  yordam  beradi.  O’qituvchining 
o’zi  qanchalik  kam  gapirsa,  bolalar  dunyosiga  shunchalik  yaxshiroq  kirib  borishi, 


 
57 
ular  bilan  ajablanishi,  quvonishi  lozim,  shunda  munosabat,  hamkorlik  samarali 
bo’ladi.  
Munosabatlar  natijasida  bolalarning  xulq-atvori  va  faoliyati  amalga  oshiriladi. 
Axloqiy fazilatlar xaqidagi suhbatlar o’tkazish, kitoblar o’qish, o’qituvchi va bolalar 
munosabatlarini rivojlantiradi. 
Xulq-atvorni shakllantirishda muhim o’rin tutadi.  
O’zi xurmat qiladigan, o’zi yoqtiradigan kishilarning xulq-atvori, obrazlaridan 
foydalanadi,  ulardan  nusxa  ko’chiradi.  Ularning  boshqa  kishilar  fe’l-atvoridagi 
ma’lum xislatlar jalb qiladi. 
O’qituvchi  va  o’quvchilarning  munosabatlari  bolaga  ta’sirini  kuchaytirish 
hamda  tarbiyalanuvchining  shaxsini,  xatti-xarakatlarini  faollashtirish  maqsadida 
qo’llaniladi.  Munosabatlar  xarakat  qilishga  ilxomlantiradi  va  xar  qaysi  bolaning 
xususiyatiga  qarab  o’zgaradi.  Munosabatlar  jarayonida  istiqbolga  doir  qo’yilgan 
talabalar  bola  faoliyatini  faollashtiradi.  Bunday  talab  bolalarda  щodu-xurramlik 
kayfiyatini tug’diradi. Har xil bolaning ulg’ayishi o’qituvchi uchun ham muhimdir. 
Chunki, o’qituvchi maktab hayotida o’z munosabatlari asosida umumiy yuksalishiga 
yordam beradi. O’qituvchi har bir bolaning imkoniyatlarini ko’ra olish va baholash, 
olg’a  harakat  qilish,  iroda  va  fel-atvorni  tarbiyalashda  tarbiyachi  yordam  beradi. 
Boshlang’ich  sinf  o’qituvchisi  bolaga  shunday  ta’sir  ko’rsatadiki,  uning  xatti-
xarakatiga,  xulq-atvori  ijobiy  rivojlanadi.  O’qituvchi  bolaning  xulq-atvor 
ko’nikmalarini  mustahkamlash  va  salbiy  ko’nikmalariga  barham  berishda, 
takomillashuvida,  xulq-atvor  va  xatti-xarakat  bobida  qanday  yo’l  tutish  kerakligini 
anglab olishga imkon beradi. 
O’quvchi  bola  faoliyatini  rag’batlantiradi.  Unda  quvonch  kayfiyatini  oshirib, 
qo’yilgan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga undaydi. 
O’qituvchi  bolaning  axloqidan  uning  ishga  munosabatidan,  muammo-sidan 
mamnun  bo’lmasa,  bola  o’z  xulqini  tuzatib  olishiga  yordam  ko’rsatadi.  Buning 
natijasida  bola o’zini-o’zi tarbiyalash, ya’ni o’z ustida ishlash, faol ish olib borish 
xususiyatlari  shakllanadi.  Bular  bolada    hayotda  mustaqil-likka  intilish,  oilada  va 
maktabda iroda, tirishqoqlik intizomini tarbi-yalaydi. 


 
58 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling