Tim majmua 2020-21
Sinf rahbari ishini rejalashtirish turlari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
TIM MAJMUA 2020-21
2. Sinf rahbari ishini rejalashtirish turlari. Sinf rahbari tomonidan olib
boriladigan tarbiyaviy ishlardan ko’zlangan maqsad, xar tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakillantirishdan iborat. Shunga ko’ra sinf rahbari va o’quvchilar faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakillari va usullari oliy maqsadlarga erishish yo’lidagi sa’yi – harakatlarni jadallashtiradi. Ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi – yosh avlodni aqlan yetuk, axloqan va jismonan rivojlanishirishga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda yosh avlodning 81 qobiliyatlarini xar tomonlama kamol toptirish yo’lida ularga zamaon talablariga mos ravishda qulay sharoitlar yaratishni vazifa sifatida qo’yadi. Yosh avlod zamonga mos ravishda kamol topishi uchun sinf rahbari o’z o’quvchilaridan doimiy ravishda xabardor bo’lishi, ularning taqdiri bilan qiziqishi shart . Shuning uchun ham har bir sinf rahbari har bir trbiyaviy ishlarni rejali tarzda amalga oshirishi tarbiya jarayonida muxim axamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning ahamiyati beqiyosdir. Sinf rahbari tomonidan to’g’ri tuzilgan tarbiyaviy ishlar rejasi yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xar qanday xatoning oldini olishga yoki oldin yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni o’z vaqtida va o’z o’rnida tuzatishga , tugatishga yordam beradi. Sinf raxbarlari tomonidan rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlar nafaqat ta’lim muassasalarida tartib intizomni to’g’ri yo’lga qo’yishda, balki ijtimoiy hayotda ham aloxida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalarida jumladan boshlang’ich ta’limda shartli ravishda qabul qilingan quyidagi ish rejalari mavjud bo’lib , ular o’zining ba’zi bir jixatlari bilan xarakterlanadi. Bunga: - boshlang’ich ta’limning ma’lum istiqboli davriga muljallab tuziladigan ish rejasi. Buni umumta’lim maktabining istiqbolli ish rejasiga mos xolda tuziladi va amalda qo’llaniladi; - umumta’lim maktablarining bir o’quv yiliga mo’ljallab tuziladigan kelendar ish rajasi asosida boshlang’ich ta’limning kalendr ish rejasi; - maktabning joriy ish rejasi. Mazkur reja umuta’lim maktablarining bir o’quv yiliga mo’ljallab tuzilgan ish rejasi asosida ishlanadi. Bu reja turkumiga: -umumta’lim maktab direktorinig o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarining bir yilga mo’ljallab tuzilgan ish rejasi; - boshlang’ich sinf bo’yicha maktab direktorii o’rinbosarining bir o’quv yiliga mo’ljallab tuzadigan ish rejasi; - umumta’lim maktab direktorinig ma’nviy ishlar bo’yicha o’rinbosarining bir yilga mo’ljallab tuzilgan ish rejasi; - boshlang’ich sinflar uchun tashkil etilgan metodik, birlashmaning ish rejasi; 82 - sinf raxbar va sinfda fanlari bo’yicha dars beradigan o’qituvchilarning o’quv va tarbiyaviy ish rejasi. Yuqorida qayd etilgan rejalar asosida maqsadli va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, ishni qanday rejalar asosida, qanday usulda amalga oshirishga, unda belgilangan tadbirlarni xayotga tadbiq etish maxoratiga , zakmonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishga bog’liq. Boshlang’ich ta’limda o’quv va tarbiyaviy rejalarini amalga oshirish quyidagilarda ko’rinadi. Bular: - yuqori tashkilotlar, xalq ta’limi bo’limlari va maktabga yaqin bo’lgan turli muassasalari bilan integrativ aloqaning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi ; - ta’lim muassasalariga ishbilarmon, qobiliyatli, xalol, zamonaviy bilimlar bilan qurolangan pedagoglarning jalb qilinganligi; - mutaxassislarning to’g’ri tanlanganligi: - xodimlarning shaxsiy ish rejalari ilmiy asosda tuzilganligi; - rahbariyat tomonidan odilona nazorat tizimining ishlab chiqilganligi; Umumta’lim maktablarining tarbiyaviy ishini rejalashtirishda kuyidagilarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir: - tarbiyaviy ishni rejalashtirishda ,ko’zda tutilayotgan ishni to’liq tasavvur qila olish; - tarbiyaviy ishning samaradorlik darajasini ilmiy asosda aniq tasavvur qilish; - tarbiyaviy ishlarni to’g’ri yo’naltirishda tarbiya tiziminigng vositalaridan samarali foydalanish; Sinf rahbarining ishiini rejalashtirishda umuta’lim maktab ishini rejalashtirish qodalariga amal qilish muxim axamiyat kasb etadi. Rejalashtirish qoidalari quyidagicha izoxlanadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling