Tim majmua 2020-21


-MAVZU:         SINF RAXBARI ISHINI  REJALASHTIRISH USULLARI


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/135
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#235439
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

7-MAVZU:         SINF RAXBARI ISHINI  REJALASHTIRISH USULLARI. 
SINF  RAHBARINING  NAMUNAVIY    YILLIK  ISH    REJASINI  TUZISH 
METODIKASI. 
REJA: 
1.Sinf rahbari ishin i rajalashtirish qoidalari. 
2. Sinf rahbari ishini rejalashtirish turlari. 
3.Sinf rahbari ishini hisobga olish. 
Tayanch so’zlar: sinf rahbari, sinf xujjatlari, tarbiyaviy ish, rejalashtirish, 
faoliyat, tadbirlar, badiy – estetik tarbiya, fan to’garaklari, istiqbolli reja, joriy reja
kalendar tamatik reja. 
1.Sinf  rahbari  ishin  i  rajalashtirish  qoidalari.  Sinf  rahbari  ishini 
rejalashtirish  birinchi  navbatda  sinf  xujjatlarinii    yurgizishdan  boshlanadi.Sinf 
rahbari tarbiyaviy ishining kupqirraliligi va og’ir tomoni shunisi bilan izoxlanadiki, 
tarbiyaviy ishni rejalashtirishda chuqur analiz va  chuqur o’ylannib tuzilgan rejadir.  
Buni har bir sinf rahbari ham tushunavermaydi. L.N. Tolstoy o’z asarlarinng birida 
odamlar bir  biridan shunisi bilan farq qiladiki, ayrimlari biron bir ishni qilib qo’yib, 
keyin o’ylasa, ayrimlari oldin o’ylab , keyin ishni qiladi. Xalqimiz ham bu borada « 
Oldin  o’yla  -  keyin  so’yla»  degan  hikmatlarni  aytishgan.  Shuning  uchun  ham 
insoniyat  hayvonot dunyosidan  oldindan o’ylab ko’ra olish xususiyati bilan ajralib 
turadi. 
Taniqli  fiziolog    P.K.  Anoxin,  yuqorida  takidlanganidek,    inson  o’z  sa’yi  – 
harakatlarini  bajarmasdan  turib  o’z  ongida  taxlil  qila  olish  imkoniyatiga  ega,ya’ni 
harakatlar  dasturini  tuzib  olib  keyin  uni  amalga  oshiradi.  O’z  rejalarini  amalga 
oshirib gina qoliasmdan unga tuzatishlar kiritib boradi.  
Odamlarning faoliyati qay darajada murakkab bo’lsa, va qanchalik vaqtni kup 
talab  qilsa,  shunchalik  oldindan  o’ylash,  rejalashtirish  shunchalik  muxim  axamiyat 
kasb  etib  boraveradi.  Anna  shunday  ishlar  sirasiga  pedagogning  ta’limiy  va 
tarbiyaviy  ishlarini  misol  tariqasida  kiritish  mumkin.O’qituvchining  pedagogik 
faoliyati  uzoq  vaqtni  talab  qiladi.  Negaki,  tarbiyada  samaradorlikka  qisqa  vaqtda 
erishishning  imkoniyati  yo’q.Bu  faoliyatda  rejasiz  qilingan  ish  –  xodisalarning 


 
78 
ortidan  yurish  bilan  barobardir.  O’ylab  qilingan,  reja    asositda  tuzilgan  ish  – 
xodisalarni  boshqarish,pedagogik  vaziyatlarni  yaratish  va  pedagogik  faoliyatga 
mazmun bag’ishlash demakdir.  
Sinf  rahbari  tarbiyaviy  ishlarni  rejalashtirishda  quyidagi  xolatlarga    e’tiborini 
qaratish kerak. Bular: 
- o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun har xil tadbirlar va tarbiyaviy 
ishlarning turlariga; 
-  tarbiya  faqat  faoliyat  jarayonlarida  amalga  oshishini  inobatga  olgan  xolda 
o’qish,  mexnat,  vataparvarlik,  badiiy  –  estetik,  spotr  –  sog’lomlashtirish 
faoliyalariga ; 
-  sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar  o’quvchilar  jamoasining  tarbiyasiga  va 
rivojlanishiga xizmat qilishi kerak; 
-  o’quvchilar  jamoasining  har  tomonlama  rivojlanishi  uchun  sinfdan  tashqari 
tarbiyaviy  ishlar  bugungi  kunda  dolzarb,  muxim  bo’lgan  tarbiyaviy  vazifalarni  o’z 
ichiga olishi shu asosda tadbirlar amalga oshirilishikerak; 
-    tadbirlar    rejasi  sinf  rahbari,  sinfda  dars  beradigan  o’qituvchilar  va  ota  – 
onalar hamkorligida tuzilishi muxim axamiyat kasb etadi. 
Sinf  rahbari  tomonidan  tuziladigan  tarbiyaviy  ishlar  rejasi    quyidagi  tizida 
amalga oshirilsa pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muofiq bo’lar edi. 
Birinchi  bosqichda  sinf  rahbari  o’z  sinfining  quyidagi  jixatlarini  bilishi 
muximdir; 
- sinfning jamoasining  tarbiyalanganlik darajasi
- sinfning jamoasinig ijobiy tomonlari; 
- sinf jamoasinigng salbiy tomonlari; 
- sinf jamoasining har tomonlama usishi; 
- sinf jasoasinig usish darajasi
- sinf jamoasining ijtimoiy faolligi; 


 
79 
- sinf jamoasinig qiziqishi; 
- sinf jamoasida tarbiyaning pasayishi
- baddiy adabiyotlarni o’qish yoki o’qimasligi; 
-  ommaviy  sport  tadbirlaridagi  ishtiroki  kabilani  inobatga  olgandan  keyingina 
tarbiyaviy ish rejasiga kirish qimini yozish kerak. 
Ikkinchi bosqichda  sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni  rejalashtirishda : 
- « kun tartibiga rioya qilish – madaniyat belgisidir» mavzusida suxbat; 
- «Uy vazifalarin bajarish sirlari» mavzusida suxbat; 
- « O’quvchilarning fan to’garaklariga qatnashishi» mavzusida sinf yig’ilishi; 
- ekskursiyalarni tashkil qilish; 
- maktab atrofini obodanlashtirishda faol ishtirok etish; 
-  «O’y  ishlarida  o’quvchilar  ishtiroki»  mavzusida    ota  onalar  ishtirokida 
qo’shma yig’ilish; 
-  «Ijtimoiy  foydali  mexnatda  faollar  rolini  ko’tarish  haqida»    faollar  bilan  
kengash; 
-  «Mexnat  insonni  ulug’laydi»  mavzusida  zavod,  fabrika,  Suvdan 
foydalanuvchilar uyushmalari raxbarlari bilan suxbat
- badiy kechaga tayyorgarlik  «Ulug’lardan – ulug’imsan Vatanim»; 
- « Biz yosh spotchilarmiz» uch bosqichli spot anjumanlariga tayyorgarlik; 
- « Qushlar bizning do’stimiz» mavzusida  tadbir; 
- «Olamda nima gap» mavzusida ommaviy axborot vositalaribilant ishlash. 
Uchinchi  bosqich      «Uy  vazifalarini    bajarish  borasida  o’quvchilar 
javobgarligini oshirish» yo’nalishida  tarbiyaviy  tadbirlar: 
-  sinfda  dars  beradigan  o’qituvchilar,  ota  –  onalar    bilan  «  qanday  qilib  uy 
o’qishini yuksaltirish mumkin» mavzusida uchrashuv. 


 
80 
- « Uy vazifalarini bajarishning asosiy qoidalari» mavzusida o’quvchilar bilan 
suxbat; 
-  uy  vazifalarining  bajarilishini    tekshirish  uchun  o’quvchilarning  uylariga 
tashrif; 
-  uy vazifalarini  bajarish bo’yicha darslarni tashkil qilish; 
-  birgalikda uy vazifalarini bajarish
To’rtinchi bosqich   tarbiyaviy ishlar rejasini  rasmiylashtirish: 
- choraklik; 
- yarim yillik; 
- bir yillik.  
Bu  tadbirlar  xronologik  tarzda  joylashtirilishi  shart.  Xronologik  tartibda 
tuzilgan    rejalar  bilan  ishlash  ancha  qulay  bo’lib  u  ilmiy  asosga  egaliligi  bilan 
xarakteralnadi. 
Reja  – sinf  rahbarining asosiy  xujjati xisoblanadi.  U  tarbiyaviy  ish  rejalaridan  
tashqari  sinf  jurnalining  to’g’ri  rasmiylashtirilishiga  javobgvr  shaxs  hisoblanadi. 
Ayrim sinf raxbarlari  o’z tajribalaridan kelib chiqib, maxsus  jurnal tutuadi. Undan 
ko’zlangan  maqsad  shundan  iboratki,  sinf  rahbari  har  bir  o’quvchisining  ijobiy, 
salbiy  jixatlarini,  yutuqlarini  ,  kamchiliklarini,  inson  sifatidagi  aloxida 
xususiyatlarini,  aloxida  varaqlarga  qayd  qilib  boradi.Bu  tarzda  ishning  yuritilishi, 
o’quvchilarning har tomonlama o’sish jarayonlarini kuzatib borishga yordam beradi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling