Tim majmua 2020-21
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
TIM MAJMUA 2020-21
«Maktab – o’qituvchi rahbarligida ta’lim oluvchilarga ta’lim beradigan va
tarbiyaviy ishlar olib boriladigan o’quv-tarbiya muassasi. Maktablarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Beriladigan bilimlarning xarakteriga ko’ra – umumiy va kasbiy maktablar; 104 2. Beriladigan bilimlarning ko’lamiga ko’ra – boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus, oliy maktablar; 3. Maktabning kim tomonidan ta’minlanishi va boshqarilishiga ko’ra – davlat, xususiy, jamoa maktablari; 4. Ta’lim oluvchilarning jinslariga ko’ra – aralash (ayollar va erkaklar), faqat ayollar (Xotin-qizlar bilim yurtlari), va faqat erkaklar maktablari; 5. Ta’lim oluvchilarning e’tiqodlariga ko’ra – dunyoviy va diniy maktablar; 6. Ta’lim oluvchilarning o’quv muassasalarida bo’lishiga ko’ra - qatnab o’qiydigan va tunab qolinadigan (internat) maktablar. Bundan tashqari yo’nalishlar (sohalar) yoki oqimlar bo’yicha maktablar bo’lishi mumkin. Masalan, O’zbekistondagi matematiklar maktabi, O’zbekistondagi kibernetiklar maktabi, ayrim hollarda buyuk olimlar – akademiklar maktablari (akademik V. K. Qobulov maktabi, akademik X.Abdullayev maktabi va h.k) – bular ilmiy maktablar. Ma’mun akademiyasi, Ulug’bek rasadxonasidagi faoliyatlar ham ilmiy maktablar sirasiga kiradi. Ayniqsa, buyuk olimlarimizga nisbatan «Maktab yaratgan olim» degan ulug’ nom shular jumlasidandir. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling