Tim majmua 2020-21
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
TIM MAJMUA 2020-21
Ishontirish orqali o‘quvchilarning ongi g‘oyaviy axloqiy me’yorlar va
tushunchalar bilan boyishga erishiladi. Ishontirish usuli birinchi navbatda ongga ta’sir etadi, g‘oyaviy-axloqiy tushuncha, qarash, baho berishni tarkib toptiradi. Ma’lumki, e’tiqod, qarash, baho berish xatti-harakatlarning axloqiy talqinlariga aylanadi va pirovardida xulq-atvorga ham ta’sir etadi. O‘quvchilarda o‘zlari bilib olgan axloqiy talablar darajasida bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi va rivojlanib boradi. Bu intilishni saqlash va mustahkamlashgina emas, balki uni amalga oshishi uchun imkoniyat yaratish muhimdir. O‘quvchilarning to‘g‘riso‘zlari va ularning haqiqiy e’tiqodi, qarashlari, baho berishi, xulq-atvori o‘rtasida uzilish paydo bo‘lganda ishontirish usulining noto‘g‘ri qo‘llanilishi og‘zaki tarbiya xavfini keltirib chiqaradi. Bundan soxtalik, ikkiyuzlamachilik, tilyog‘lamalik kelib chiqadi, tarbiyaga jiddiy putur yetadi. Bolalarga ma’nosi tushunarsiz, mazmuni qiziqarsiz, ular tomonidan his qilinmagan so‘zlarni tinglashga majbur qilmaslik kerak. Ularning shaxsiy tajribalariga tayanib, yangicha qarash paydo qilishga yordam berish, ishontirish va agar zarur bo‘lsa, fikridan qaytarish juda muhimdir. 168 O‘quvchilar faoliyatining eng tarqalgan shakllaridan biri sinf majlisi, bolalar tashkilotlari harakatlari, yig‘inlari bo‘lib, ularda ishontirish usuli keng qo‘llaniladi. Bulardan tashqari, tarbiyaviy soatlarda, uchrashuvlarda, axloq muammolariga doir bahslarda, kechalarda, o‘quvchilar bilan yakkama-yakka suhbatlarda bu usul qo‘l keladi. O‘quvchilarning faqat sinf rahbarining suhbat va tushuntirishlari yordami bilangina emas, balki ularning o‘z hayotiy tajribalari, kundalik ijodiy faoliyatlari, boshqa kishilar bilan doimiy suratda muomalalari orqali ham tarbiyalash lozim. Yaxshi kitob, yuksak g‘oyali san’at asari, qiziqarli radio eshittirishlari, oynai jahon ko‘rsatuvlari, sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etish, gazeta va jurnallar o‘qishga o‘rgatish ham ishontirish maqsadiga xizmat qiladi. Ammo, ba’zi hollarda odatda o‘quvchi biror xatolikka yo‘l qo‘ygan taqdirdagina tanbeh beriladi, nasihat qilinadi. Bunday suhbatning ishontiruvchi ta’siri juda kam bo‘ladi. Sinf rahbarining ishontiruvchi so‘zi katta ta’sir kuchiga egadir. U paydo bo‘lgan savolga javob beradi, muammoni oydinlashtiradi, shubha- gumonlarni bartaraf etadi, ma’lum bir yo‘l-yo‘riqlarni tavsiya etadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling