Tim majmua 2020-21


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/135
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#235439
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

Rag‘batlantirish  –pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  usulidir.  O‘quvchilarning, 
bolalar  jamoasining  xatti-harakatlari  va  ishlarini  ijobiy  baholash  uning  asosini 
tashkil  qiladi.  Rag‘batlantirishning  tarbiyaviy  ahamiyati  shundan  iboratki,  u 
o‘quvchilar  xulq-atvorida  ijobiy  hislatlarni  ko‘paytirib,  mustahkamlashga  yordam 
beradi. Unda rag‘batlantirilgan o‘quvchilargina emas, balki butun sinf zaruriy saboq 
oladi.  Buning  natijasida  o‘quvchilar  jamoasida  ishni  yanada  yaxshi  bajarishga, 
tartib-intizomli bo‘lishga, ishonchni oqlashga intilish yuzaga keladi. 
Rag‘batlantirish  maqtash  va  mukofotlash,  ularni  quvvatlovchi  fikr-
mulohazalar  aytish,  ba’zan  bosh  qimirlatib  qo‘yish,  boshbarmoqni  ko‘rsatish, 
jilmayish,  ishora qilish shakllarida o‘z  ifodasini topadi.  Rag‘batlantirish ijobiy  his-
tuyg‘ular  uchun  turtki  bo‘ladi,  boladagi  o‘ziga,  o‘z  kuchiga  bo‘lgan  ishonchni 
oshiradi,  ijobiy  jo‘shqin  kayfiyat  uyg‘otadi  va  pirovardida  xulq-atvorning  ijobiy 
axloqiy  talqinlarini  tarbiyalaydi,  to‘g‘ri  ishlar  qilish  va  odobli  bo‘lish  maylini 
uyg‘otish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar sinf jamoasi rag‘batlantirilayotgan 
bo‘lsa,  har  bir  o‘quvchi  o‘z  jamoasi  uchun  quvonch  va  iftixor  hissini  boshidan 
kechiradi, uning muvaffaqiyatlarini saqlash va rivojlantirishga harakat qiladi. 
Ammo  noto‘g‘ri  rag‘batlantirishlar  ayrim  o‘quvchilarda  va  jamoalarda  o‘z-
o‘zidan  mag‘rurlanish,  o‘z-o‘ziga  yuqori  baho  qo‘yish,  o‘rtoqlariga  nisbatan 
hurmatsizlik  kabi  salbiy  xislatlarni  tarbiyalashi  mumkin.  Maqtov,  tashakkur, 
mukofot  jamoa  a’zolarining  fikr-mulohazalariga  asoslangan  bo‘lsagina  ko‘zda 
tutilgan maqsadlarga erishiladi. 
O‘quvchilarning  nojo‘ya  xatti-harakatlariga  salbiy  baho  berish  jazolashda 
o‘z  ifodasini.  topadi.  Jizolash  o‘quvchilarning  yomon  xatti-harakatlariga  qarshi 
kurashishga  yordam  beradi  va  ulardagi  zararli  odatlarni  tag-tubi  bilan  yo‘qotishga 
imkon tug’diradi. Bundan tashqari, ranjish, uyalish, pushaymon bo‘lish, o‘z ishlarini 
qoralash  kabi  tuyg‘ular  uyg’otib,  xatti-harakatning  axloqiy  jihatlarini  tarbiyalaydi 
ham. 


 
169 
Ko‘pgina pedagoglar jazolashni qo‘llamasdan turib, o‘z o‘quvchilari intizomli 
bo‘lishiga erishadilar. Ammo bolalar maktabda yoki oilada intizom va tartibni qattiq 
buzganlarida ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. 
Sinf  rahbarlari  ogohlantirish  yoki  tanbeh  berish,  nomaqbul  xatti-harakatlarni 
ko‘rsatish,  bunday  holatlarni  qoralash,  yanada  qattiq  jazolash  berilishi  haqida 
ogohlantirish, sinf oldida ogohlantirish va boshqa jazo choralarini qo‘llaydilar. 
Hozirgi  zamon  maktabida  rag’batlantirish  va  jazolashni  qo’llash  bolalar 
shaxsini hurmat qilishga asoslangan. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling