Tinish belgilar bilan bog’liq qaydlar


Download 47.5 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi47.5 Kb.
#227670
1   2   3
Bog'liq
Tinish belgilar bilan bog

9-sinf ona tili darsligi

1. Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar Boshing bukma sira, xokisor banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. (A.Oripov)

2. Buyuk bir donishmand odamzotning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini bir uyga qamab qo'yilgan uch maxluq: odam, to'ng'iz va arslonga o'xshatgan ekan.

3. Iste'dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Ismoil To'xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she'rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar.

4. Turnalar arg'imchog'i g'ira-shira osmon ortiga — bulutlar bag'riga singiydi.

5. Nabiram — Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti.

6. Endi sizlar — aziz onalar, opa-singillar, yurt egalari, kelajak sohiblari yo'lchi yulduz, mayoq singari istiqbolimizni yoriting, aqlimizni peshlang, ongimizni boyiting.

7. Mehnati halol baholansa, yerning sohibi — dehqonning hech kimdan kami bo'lmaydi.

8. Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti — aqli, tafakkuri boshqarishi kerak.

9. Xalqaro savdo yo'li — Buyuk Ipak yo'li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo'lgan.

10. Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi.

11. Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she'rga solaman. Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to'ti bo'lib qolaman. (A. Oripov)

12. Badanning quvvati — ovqat, aqlning kaliti — hikmat. (Maqol)

13. G'uncha guldan ham go'zalroq, chunki uning bag'rida ikki hayot — o'z hayoti va yana gul hayoti bor.

14. Shul boisdan Payg'ambar Ummat g'amin yeganlar: Allohdan boshqasiga sig'inmagin deganlar.

15. Qalandarov yugurdagini «Eshon hoy!» deb chaqirganda, Saida qanchalik xursand bo'lgan boisa, hujrani ko'rib shunchalik ta'bi tirriq bo'ldi.

16. Yana ikki ko'z ham berdim, yov kelganda, ko'rsin deb.

17. . Suv keldi — cho'llarda hayot boshlandi.

18. Yana uvlar dahshat shamoli, Ko'kni qora bulut quchadi.

19. Ruboiyni ichida o 'qidi, yuzini tabassum qopladi.

20. Suv keldi — nur keldi.

21. Orzum shul: o'chmasin yongan chirog'ing

22. Hamal keldi - amal keldi.

23. Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.

24. Xadichaxola bolalik chog'idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o'pdi, duo qildi; irim qilib o'zi kuzatgani chiqmadi.

25. Yuragida qanday dard bor-mana bu menga sir.

26. To'rt mashina o'g'it yubordik — fermerlarga vaqtida taqsimlansin.

27. Sidiqjon to'xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi.

28. Kampirning jig'i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig'irig'ini ko'tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. (Abdulla Qahhor)

29. G'animlar duch kelar - jang bo'lar puxta.

30. Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin.

31. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo'llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi...

32. Eshakni yaydoq minib bo'lmaydi — yiqiladi kishi.

33. To'rt tomoni hujralar bilan o'ralgan sahn o'rtasidagi sadaqayrag'och shoxlarida chumchuqlar chirqillashib, ko'klamni olqishlaydi, allaqayoqlardan qaldirg'ochlar o'qday otilib kelib, hovli ichiga kirib ketadi, chug'urlaydi, shiftga osilib uya soladi.

34. Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi.

35. Yurt tinch — sen tinch.

36. Yurt tinch ,shuning uchun sen tinch.

37. Qor yog'di - don yog'di.

38. Sir ko'p olam qa'rida, Mo'jizaga kon olam.

39. Yurgan daryo — o'tirgan bo'yra.

40. Qor yog'di — don yog'di

41. Ilmsiz iliksiz so'ngak kabi bo'shdir, iliksiz so'ngakka qo'l urilmaydi

42. Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli bersalar, bulbullar chaxchaxlab, Bamburni Gullar bog'iga chaqirardilar.

43. Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quvosh lovullab qizdiradi-yu atrof uylar bilan o'ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi.

44. Mayli, bizga saboq bo'lmasin, lekin dunyo biz bilan tugamaydi, ortimizda farzandlarimiz bor, suyagi qotmagan ukalarimiz bor, bu yozuvlar loaqal o'shalarning kuniga yarab qolar.

45. O'qishlar har xil bo'ladi: Birov ermak uchun o'qiydi, birov hordiq chiqarish uchun, birov o'qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov bo'lak mashg'ulot bo'lmaganidan vaqt o'tkazish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o'qiydi.

46. Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman.

47. Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu — mening eng katta yutug'imdir, insonlarga tekkan eng katta foydamdir.

48. Qiz avval qo'rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so'zlashib turganini emas, boqqa tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi — bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi; keyin yangi bir olamga kirib, otasining qamchisini ham, jingul ostida pusib yotgan kurk tovuqni ham unutdi.

49. She'r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir.

50. Hirot, tashdan qaraganda, avvalgiday tinch, hamma o'z ishi bilan mashg'ul bo'lganday ko'rinsa ham, lekin kosib-hunarmandlar, dehqonlar hali g'azabdan tushmagan edilar.

51. Birov sening aybingni yuzingga aytsa, so'zini qaytarma, chunki u sening uchun ko'zgudir; ko'zgu xira bo'lib qolsa, boshqa aybingni ko'rsatadimi?

52. Dunyo bilar mehnatsiz bir damimiz yo'q,

Erkinlikdan balandroq bír g'amimiz yo'q,

Eshitsinlar, hech kimsadan kamimiz yo'q,

Sizdan qoigan zuryodmiz mard, yovqur, bobo.

53. Olam keng, Ellar ko'p,

Yurtlar beshumor:

Har yurt o'z ahliga go'zal va ajib.

54. Ayol — tig', toshlarni mumdek tilguvchi,

Ayol — nur, qalblarni yoqib ketguvchi,

Quyoshga bas kelar bitta kulgichi,

Ayol omon bo'lsa, dunyo go'zaldir.

Ona — u, bag'rida millat beshigi,

Qalbida yopilmas qadr eshigi,

Allasi oromdir — hayot qo'shig'i,

Ayol omon bo'lsa, dunyo go'zaldir.

55. «Husayin voiz Koshifiy Sharqda ma’lum va mashhur shaxs,— deb yozadi Najmiddin Komilov «Tafakkur karvonlari» asarida. —U Navoiyga bag'ishlab kitob yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, do'sti edi».

56. Masalan, karbonat angidrid ko'p xil usullar bilan sintez qilinishi mumkin: l)uglerod; 2) karbonatlarga kislotalar ta'sir ettirish orqali va boshqalar.

57. Bilmasang bekor-da, Vatani yo'q — dunyoda loii, xolos.

58. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt; barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi.

59. Odamda oliy asab sistemasi bilan bog'liq boigan: 1) aql; 2) idrok; 3) qobiliyat; 4) nutq; 5) mehnat qilish kabi xususiyatlar shakllanadi.

60. Demak, gap bunday: o'ttizinchi yillar adabiyotini o'rganishni kechiktiramiz.

61. Agar kunlar kelib, Abdulla Qahhor haqida xotira yozishimni bilganimda, uning hámma gaplarini oq qog'ozga sadafday tizib olmasmidim?!



62. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo’lgandir: tun yarmidan og’ganda birdan uyg’onib ketasiz.

63. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu’lalar porlaydi.
Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling