Tip: To’gаrаk chuvаlchаnglаr-Nemathelminthes


Download 1.84 Mb.
bet2/2
Sana18.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1099342
1   2
Bog'liq
2.Mavzu Rishta va Fitonematodalardan. Ildiz bo’rtma nematodasining tuzilishi va rivojlanishi.

Ishni bajarish tartibi: 1. Sabzovat va poliz ekinlarining bo’rtma nematodalari bilan zararlangan ildizini 1-2 mm uzunlikda qirqib, petri shisha idishga qo’ying va ustiga suv soling. Bu kesmalarni binokulyar ostida kuzatib, undagi bo’rtmalarning tuzilishiga va ildiz po’stlog’ining ustida joylashgan tuxum xaltachalariga e’tibor bering. Bo’rtma nematode bilan zararlangan ildizning bir qismini umumiy ko’rinishi rasmini chizing.
2. Preparoval ninalar yordamida, chap qo’ldagi nina bilan ildiz bo’lagini bosib ushlab turing, o’ng qo’ldagi nina bilan asta-sekin ildiz ustidagi tuxum xaltachalarini undan ajrating, xaltacha ostida urg’ochi bo’rtma nematoda tanasining keyingi qismi oq donacha shaklida ko’rinib turadi.
3. Urg’ochi bo’rtma nematodaning atrofidagi ildiz to’qimasini jarrohlik pichog’i bilan bo’yiga kesing, keyin preparoval ninalar bilan uni ikki bo’lakka ajrating. Natijada uning hujayralari orasidagi limon shaklidagi urg’ochi bo’rtma nematodani yoki II, III va IV yoshdagi
lichinkalarni ko’rish mumkin.
4. Petri idishidagi tuxum xaltachalarini jarrohlik pichog’i yoki ninaning uchi bilan maydalab, undagi tuxumlar va ikkinchi yoshdagi lichinkalarning tuzilishiga e’tibor bering.
5. Ba’zan tuxum xaltachalarining yoki bo’rtmalarining atrofida bo’rtma nematodaning erkagini ham uchratish mumkin.
Ildiz bo’rtma nematodalarining tuzilishi rаsmini аlbоmgа chizib оling hamda ular haqidagi bilimingizni nаzоrаt qilish uchun quyidаgi test topshiriqlariga jаvоb bеring. C=25
1. Ildiz bo’rtma nematodasining o’ziga xos tuzilish belgilarini ko’rsating: A-juda mayda nematoda bo’lib, uzunligi 0,5-1 mm, B-uzunligi 1-2 mm, V-urg’ochilari ipsimon, qilsimon shaklda, G-urg’ochilari sharsimon, limonsimon shaklda, D-asosan o’simliklarning ildizi, ildiz meva va tuganagida parazitlik qiladi, E-asosan o’simliklarning gulida, poyasida va bargida parazitlik qiladi, J-urg’ochi bo’rtma nematode harakatsiz, Z-erkak bo’rtma nematoda harakatsiz.
2. O’simliklarda bo’rtma nima sababdan hosil bo’ladi? A-ildizning shikastlangan joyida bo’rtma hosil bo’ladi, B-o’simlikning g’unchasi va bargida bo’rtma hosil bo’ladi, V-ildiz to’qimasiga o’rnashib olgan parazit ovqat hazm qilish bezlaridan fermentli suyuqlik ishlab chiqaradi, G-so’lak
ta’sirida o’simlik hujayralarining bo’linish jarayoni tezlashadi, natijada hujayra qobig’i erib, ko’p yadroli yirik hujayralar hosil bo’ladi, D-urg’ochi nematoda ko’plab lichinka tug’ishi natijasida ildizda bo’rtmalar hosil bo’ladi.
3. Bo’rtma nematodasining gavda qismlari va teri qatlamini belgilang: A-gavdasi bosh, bo’yin, tana va dum qismlardan iborat, Bgavdasining oldingi ingichka qismi bo’yin va keyingi yo’g’onlashgan qismi tana deyiladi, V-tanasi sirtidan pellikula bilan qoplangan, G-tanasi
sirtidan kutikula bilan qoplangan.
4. Bo’rtma nematodasining ovqat hazm qilish sistemasi qanday qismlardan tashkil topgan? A-og’iz teshigi, B-qizilo’ngach, V-oldingi ichak, G-halqum, D-o’rta ichak, E-yo’g’on ichak, J-ingichka ichak, Z-orqa ichak, I-stilet, K-anal teshigi.
5. Ildiz bo’rtma nematodasining nerv sistemasi qanday qismlardan tashkil topgan? A-nerv sistemasi sodda tuzilgan, B-nerv sistemasi murakkab tuzilgan, V-nerv sistemasi alohida nerv hujayralari va ulardan chiqqan nerv tolalaridan iborat, G-nerv sistemasi halqum usti nerv
tugunlari va ulardan ketgan nerv iplaridan iborat.
6. Bo’rtma nematodaning jinsiy sistemasi qanday tuzilgan? Atuxumdoni juft, B-tuxumdoni toq, V-urug’doni juft, G-urug’doni toq, Durg’ochisining jinsiy teshigi tanasining o’rta qismida joylashgan, Eurg’ochisining jinsiy teshigi gavdasining keyingi qismida joylashgan, Jerkagining jinsiy teshigi dum qismida alohida teshik orqali tashqariga ochiladi, I-spikulasi bitta, K-spikulasi bir juft. 7. Bug’doy bo’rtma nematodasining o’ziga xos belgilarini ko’rsating: A-bo’rtma bug’doyning ildizida hosil bo’ladi, B-bo’rtma bug’doyning boshoqlarida don o’rnida hosil bo’ladi, V-bo’rtma ichida voyaga yetgan nematodalar bo’ladi, G-bo’rtma ichida nematodalar lichinkalari bo’ladi, Dquruq don ichida nematoda lichinkalari 10 yilgacha tirik qolishi mumkin, E-quruq don ichida nematoda lichinkalari 20 yildan ortiq tirik saqlanadi
Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling