"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
Gidrostatika asosiy tenglamasining natijalari
Download 0,69 Mb.
|
2-amaliy (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Ixtiyoriy nuqtadagi bosimni aniqlash.
- Manometrik va vakuummetrik bosimlar
Gidrostatika asosiy tenglamasining natijalari
I. Teng bosimli sirt (P=const) gorizontal tekislikdir. ga, P=cons’t qo‘ysak dz=0 ga ega bo‘lamiz. Uni integrallasak z=cons’t bo‘ladi. Bu esa gorizontal tekislikning tenglamasidir. Demak, muvozanatdagi bir xil suyuqlikdan o‘tkazilgan gorizontal tekislikning hamma nuqtalarida bosim bir xil bo‘ladi. II. Ixtiyoriy nuqtadagi bosimni aniqlash. Buning uchun gidrostatikaning asosiy tenglamasini yozamiz: Bu yerda:z1 – ixtiyoriy nuqtaning koordinatasi; PА – ixtiyoriy nuqtadagi bosim; z2 – suyuqlik sathining koordinatasi; P0 – suyuqlik erkin sirti dagi bosim bo‘lib, tashqi bosim deb yuritiladi. Yuqoridagi tenglamadan ixtiyoriy nuqtadagi bosim quyidagicha aniqlanadi: z2 – z1 = h deb belgilab, Bu yerda: pA – ixtiyoriy nuqtadagi bosim, yoki absolyut bosim deyiladi; р0 – tashqi bosim; - og'irlik bosimi. formulaga ixtiyoriy nuqtadagi bosimni aniqlash formulasi deyiladi. Agar ixtiyoriy А nuqtaga pyezometr (pyezometr – bosim o‘lchaydigan asbob) ulasak, pyezometrda ko‘tarilgan suyuqlik balandligi pyezometrik balandlik deyiladi va quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda: pa – atmosfera bosimi bo‘lib, amaliy ishlarda miqdori 1 at yoki 105 Pa deb qabul qilinadi. Manometrik va vakuummetrik bosimlar Amaliyotda bosimni xarakterlash uchun manometrik va vakuummetrik bosim tushunchalaridan foydalaniladi. Agar ixtiyoriy nuqtadagi bosim, atmosfera bosimidan yuqori bo‘lsa рА>ра, atmosfera bosimidan yuqori bo‘lgan qismiga manometrik bosim deyiladi va quyidagicha hisoblanadi: bu yerda: рМ – manometrik bosim; ра – atmosfera bosimi Manometrlar – manometrik bosimni o‘lchaydi. Agar ixtiyoriy nuqtadagi bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa р<рa, atmosfera bosimigacha bo‘lgan bosimga vakuumetrik bosim deyiladi va quyidagicha hisoblanadi: bu yerda, – vakuummetrik bosim. Vakuummetralar – vakuummetrik bosimni o‘lchaydi. 1-masala: Idishdagi suyuqlik yuzasiga ta`sir qiluvchi bosim рА>ра . 1-masala.hc=0,5 metr chuqurlikdagi C nuqtaga o`tnatilgan p`yezometrda suv h =1,5 metr ko`tarildi. C nuqtadagi va idishdagi suvning erkin sirtiga ta`sir qilayotgan manometrik bosimlarni aniqlang. Yechish: C nuqtadagi manometrik bosimni ( h =1,5 metr) p`yezometrik balandlik orqali aniqlanadi: PMC=ρgh=1000*9.81*1.5=14715 Pa Download 0,69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling