“tiqxmmi” mtu “sxteb” fakulteti


Moliyaviy hisobot auditining vazifalari


Download 482.66 Kb.
bet2/5
Sana05.10.2023
Hajmi482.66 Kb.
#1692691
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi

Moliyaviy hisobot auditining vazifalari:
Moliyaviy hisobot tuzish printsiplariga mosligini tekshirish
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tekshirish
Buxgalteriya balansining to‘g‘riligini tekshirish
Moliyaviy hisobot tarkibini tekshirish
Moliyaviy xisobot auditining axborot manbalari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
- Ta’sis hujjatlari;
-Ta’sischilarning umumiy majlis bayonnomalari, qaror va buyruqlari;
-Hisob siyosati;
- Moliyaviy hisobot shakllari;
- Buxgalteriya hisob registrlari;
- Boshlang‘ich hujjatlar.
ESLATMA!
Audit o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt va boshqa shaxslar, shu jumladan, soliq va davlat organlari, auditorlik tashkilotidan ish hujjatlarini yoki uning ko‘chirma nusxalarini to‘liq yoki biror-bir qismini taqdim etishini talab qilish huquqiga ega emaslar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Ish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan tamoyillarga muvofiq maxfiy saqlanadi va auditorlik tashkiloti tomonidan oshkor etilishi taqiqlanadi.
Moliyaviy hisobot moddalarini baholash mezonlari

Mezonlar

Mezonlar mazmuni

Mavjudlik

Aktiv yoki majburiyat ma’lum sanaga mavjud bo‘lishi

Kelib chiqishining aniqligi

Hisobot davrida xo‘jalik muomalalari yoki xo‘jalik faoliyati hodisalari yuz berganligini tasdiqlash

Huquq va majburiyatlar

Aktiv yoki majburiyatlar ma’lum sana holatiga ko‘ra ushbu iqtisodiy subyektga munosabatdaligini tasdiqlash

To‘laligi

Mijozda hisobga olinmagan aktivlar, majburiyatlar, muomalalar yoki voqealar, shuningdek, ochilmagan moddalar yo‘qligi


Download 482.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling