"tiqxmmi" mtuning qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Download 1.18 Mb.
bet6/9
Sana24.12.2022
Hajmi1.18 Mb.
#1056061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu. R

Tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti haqidagi to‘rtinchi va eng yangi tushuncha geotizimlar (geografik tizimlar) tushunchasidir. Tabiiy geografiyaga birinchi bo‘lib "geotizim" tushunchasini kiritgan olim V.B.Sochava (1963) hisoblanadi. U geotizimlar haqidagi ta'limotning asoschisi hamdir. V.B.Sochavaning fikricha, geotizimlar haqidagi ta'limot tabiiy geografiya fanining "o‘zagi" ekanligini e'tirof etish bironta shubha yoki ikkilanish uyg‘otmasligi kerak. Chunki bu ta'limot qonuniydir va geografiyaning bundan keyingi taraqqiyotini ta'minlashga qodirdir. A.G.Isachenko (1991) ham tabiiy geografiyaning obyekti bo‘lib geotizimlar hisoblanadi va bu tabiiy geografiyaning eng qisqa va eng qamrovli ta'rifidir, degan fikrni bildiradi.

Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi, yuqorida tahlil qilingan to‘rtta tushunchadan ikkinchi va to‘rtinchisi, ya'ni tabiiy geografik komplekslar haqidagi va geotizimlar haqidagi tushunchalar mazmun jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalardir. Shu bilan birga ular birinchi, ya'ni geografik qobiq haqidagi tushunchani ham o‘z qamroviga olishi mumkin. Boshqacharoq qilib aytganda, tabiiy geografiya fanining obyekti hisoblangan geografik qobiqning o‘zi ham eng katta tabiiy geografik kompleksdir va shu bilan birga dinamik geotizimdi

Tabiiy geografiyaning obyekti, predmeti va vazifalari haqida o‘z fikrimizni bildirishdan oldin bir muhim masalaga oydinlik kiritib olishni lozim deb topdik. Bu masala geografik qobiq tabiiy geografiya fanining obyektimi yoki predmetimi degan savolning to‘g‘ri javobi bilan bog‘liq. Chunki tabiiy geografiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan ko‘pgina asarlarda hanuzgacha obyektni predmet deb yoki bir narsani bir kishi obyekt desa, boshqa birovi predmet deb hisoblash hollari uchrab turibdi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling