Din sotsiomadaniy institut sifatida


Download 1.25 Mb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1648706
  1   2   3   4
Bog'liq
Sapayeva Nasiba

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI SOTSIOLOGIYA YO’NALISHI 1-BOSQICH TALABASI SAPAYEVA NASIBANING SOTSIOLOGIYA TARIXI FANIDAN “DIN SOTSIOMADANIY INSTITUT SIFATIDA” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI TAYYORLADI: SAPAYEVA N. TEKSHIRDI: AKRAMOV X. Toshkent - 2023

MAVZU: “DIN SOTSIOMADANIY INSTITUT SIFATIDA”

REJA:

  • Sotsial institut tushunchasining sotsiologiyada dolzarbligi va dinning ahamiyati.
  • Sotsial institutlar funksiyalari.
  • Din va diniy e’tiqod sotsial institut sifatida

Sotsial institut mavzusi sotsiologiyada dolzarb masalalarni qamrab oladi. Institut tushunchasi aslida sotsiologiya faniga huquqshunoslikdan o‘tgan bo‘lib, u lotincha «institutum» so‘zidan olingan va sotsiologik adabiyotlarda muassasa, o‘rnatish, belgilash hamda tartiblash kabi ma’nolarini ifodalaydi. Tor ma’noda institut tushunchasi konkret muassasa, tashkilotning nomini belgilaydi. Masalan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining tarix instituti va h.z. Keng ma’noda sotsial institut jamiyat a’zolarning butun shaxsiy va ijtimoiy hayotlarini muvofiqlashtiradi va tartiblaydi.

Sotsial institut tushunchasining sotsiologiyada dolzarbligi va dinning ahamiyati:

Aynan sotsial institutlar faoliyati tufayli kishilar, jamoalar, sotsial guruhlar va sotsial qatlamlar a’zolari o‘zaro aloqalarining barqaror va asosli munosabatlarini amalga oshiradi. Chunki, jamiyat yaxlit ijtimoiy tizim sifatida mavjud ekan, uning barcha tarkibiy elementlari sotsial institutlar faoliyati asosida o‘zaro hamkorlikka kirishadi. Buning natijasida esa sotsial tizim faoliyatining barqaror holati ta’minlanadi. Sotsiologik adabiyotlarda sotsial institutlarning turli-tuman konseptsiyalari ishlab chiqilgan. Ularda sotsial institut tushunchasi, uning mazmun va ahamiyati hamda vazifalari har xil pozitsiyalardan kelib chiqib, talqin qilinadi.


XX asrda sotsial institut haqidagi keng miqyosli, zamonaviy ilk tasavvurlarni taniqli amerikalik sotsiolog T. Veblen ishlab chiqdi. O‘zining asarlarida u jamiyat evolyusiyasini sotsial institutlarning tabiiy tanlovi deb e’tirof etadi. Bu fikrlar yuqorida ta’limotlari tahlil qilingan mutafakkirlarning ilmiy-tarixiy merosiga to‘la mos keladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra sotsial institutlar tashqi o‘zgarishlar tomonidan vujudga keltiriladigan, rag‘batlarga javob qaytaruvchi daslabki vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Taniqli amerikalik sotsiolog T. Veblen

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling