XYT kitobchasi namunasi: VARIANT 1
Muqovaning 2-sahifasi
XYT KITOBCHASIDAN FOYDALANISH QOIDALARI
A. Umumiy qoidalar
1. Berilishi: XYT kitobchasi joʻnatilish mamlakatida yoki saqlovchi joylashgan joy yoki doimiy manzilgohiga ega boʻlgan oʻsha mamlakatda beriladi.
2. Tili: XYT kitobchasi frantsuz tilida chop etiladi, muqovasining bet tomonidan tashqari, uning rubrikalari shuningdek, ingliz tilida ham chop etiladi. "XYT kitobchasidan
foydalanish qoidalari" ushbu muqovaning 3 sahifasida ingliz tilida ham beriladi. Bundan tashqari, boshqa tillarga bosma matnni tarjimalari bilan qoʻshimcha sahifalar
qoʻshilgan boʻlishi ham mumkin. Mintaqaviy kafolatlar tizimi doirasida XYT operatsiyalari uchun qoʻllaniladigan kitobchalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa
istalgan tilida chop etilishi mumkin, muqovasining birinchi sahifasi bundan mustasno, uning rubrikalari shuningdek, ingliz va frantsuz tillarida chop etiladi. Muqovaning
ikkinchi sahifasida "XYT kitobchalaridan foydalanish qoidalari" Birlashgan Millatlar Tashkilotining istalgan rasmiy tilida chop etiladi, muqovaning uchinchi sahifasida
esa- shuningdek, ingliz va frantsuz tillarida chop etiladi.
3. Amal qilish muddati: XYT kitobchasi, agar u hujjatni beruvchi birlashma tomonidan oʻrnatilgan muddatda joʻnatish joyi bojxonasida rasmiylashtirilgan boʻlsa,
moʻljallanish joyi bojxonasida XYT tashishni yakunlanguniga qadar amal qiladi (muqovaning old tarafi 1-rubrikasi).
4. Kitobchalar soni: Transport vositalarining tarkibi uchun (ulangan transport vositalari) yoki bir transport vositasiga yoki transport vositalarining sostaviga yuklangan
bir nechta konteynerlar uchun bir dona XYT kitobchasi berilishi mumkin (shuningdek quyida 10 d) bandni koʻring).
5. Joʻnatish joyi va moʻljallanish joyi bojxonalari soni: XYT kitobchasini qoʻllash bilan tashishlarning yoʻnalishlari joʻnatish va moʻljallanish joyining bir nechta
bojxonalari orqali oʻtishi mumkin; biroq joʻnatish va moʻljallanish bojxona joylarining umumiy miqdori toʻrttadan oshmasligi kerak. XYT kitobchasi, faqat, agar uni qabul
qilish haqidagi belgini barcha joʻnatish joylari bojxonalari qilganligining shunday holatidagina moʻljallanish joyi bojxonalariga taqdim etilgan boʻlishi mumkin
(shuningdek quyida 10 e) qoidani koʻring).
Do'stlaringiz bilan baham: |