Tirik organizm – yaxlit sistema
Download 1.09 Mb.
|
Mikroorganizmlardan Zamonaviy Sistematikasi
Mikroorganizmlardan Zamonaviy SistematikasiZamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o’rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo — biokimyoviy xususiyatlari, mikroorganizmlarini yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo’lib ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi:
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada chuqurroq bilishni talab etdi. Shu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy hisoblangan bo’lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o’rganish kerak buldi va molekulyar biologiya erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi, ya’ni 1) mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin asoslarining bir—birlariga bo’lgan nisbatlari o’rganiladi va shu asosda ikki guruh mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi. 2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir —birlari bilan gibridlab, ular orasidagi nukleotid gomologiyasi (uxshashligi) o’rganiladi. Agar, nuklein kislota tarkibi 80 — 90% ga gomologiya bo’lsa, o’rganilayotgan mikroorganizmlar yakin "karindosh", gomologligi 50% dan kam bo’lsa mikroorganizmlar uzok "qarindosh" hisoblanadi. Mikroorganizm xususiyatlari aniq o’rganilgandan so’ng, unga K. Linney taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi ikki lotin atamasidan tashkil topgan ilmiy nom beriladi.Birinchi atama — avlod nomini belgilab, mikroorganizm morfologiyasi yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf ztgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib olingan muhtni ifodalaydi.Ikkinchi so’z esa kichik harfda yozilib mikroorganizmni koloniyasining rangi, kelib — chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm yuzaga keltiradigan jarayon yoki kasallikni yoki boshqa farqlovchi belgilarni bildiradi. Masalan, Bacillus albus. Birinchi so’z — Bacillus - spora hosil tayoqcha, Gram musbat kabi xususiyatlarni anglatsa, ikkinchi so’z - albus - koloniya rangining oq ekanligini bildiradi (albus- o).. Mikroorganizmlarga 1980 yil 1 yanvarda Halqaro bakteriya nomenklaturasi kodeksi koidalariga asosan nom beriladigan bo’ldi. Mikroorganizmlarni yakin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (species), avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo’lim (divisio), saltanat yoki odam (regnum) kabi taksonomiya kategoriyalari ishlatiladi.Tur deb, fenotipik o’xshashlikga ega bo’lgan bir genotipga mansub individlar yiggindisini bildiruvchi taksonomik birlikga aytiladi. Ular kichik tur va variantlarga bo’linadi. Mikrobiologiyada shtamm va klon kabi terminlar ham ishlatilib shtamm deganda har xil tabiiy muhitdan (suv havzasi, tuproq va hokazo) yoki bir muhtdan har xil muddatda ajratilgan yoki har xil ekologik muhit yoki geografik xududdan ajratib olingan bir turga kiruvchi mikroorganizmlar guruhi tushuniladi
Xulosa:Viruslarning chidamliligi. Barcha viruslar past temperaturaga chidamli bo’ladi —20—70° sovukda viruslar yillab ulmaydi. Yuqori temperaturaga juda ham sezgir bo’ladi, ayniqsa qaynatilganda darhol halok bo’ladi. Qo’yosh nuri va dizenfektsiyalovchi moddalardan formalin, xloramin, lizol, fenol va boshqa eritmalar viruslarni o’ldiradi.
Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling