Tirish chora-tadbirlari


International Conference on Developments in Education


Download 293.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.10.2023
Hajmi293.74 Kb.
#1724881
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
httpseconferencezone.org June 10
th
2022 
57 
oshirish bilan ko’p jihatdan bog’liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo’yicha qizg’in 
munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, mamlakatning 
geografik, ishlab chiqarish va texnologik, mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olish 
muhim o’rin tutadi. Chunki, xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi xalqaro moliyaviy munosabatlar 
ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi. 
ASOSIY QISM 
Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal 
oshirishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, 
ma’muriy to’siqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni 
shakllantirish va to’lovning bozor mexanizmi joriy qilindi. 
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib 
borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular 
hajmlarining real o’sish sur’atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlariga muvofiq emasligini 
ko’rsatmoqda. 
Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo’lgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va 
kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o’sishini ta’minlashga to’sqinlik 
qilmoqda. Jumladan: 
birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xomashyo, shuningdek, mehnat resurslari 
mavjud bo’lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lgan yuqori qo’shilgan qiymatga ega 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi afzalliklardan to’liq hajmda foydalanilmayapti
ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, 
eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; 
uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni 
shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti; 
to’rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo’yicha tizimli ishlar mavjud 
emas, ularni ko’rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan. 
Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini 
kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish maqsadida 2018 yil 
20 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko’maklashish va uni rag’batlantirishni 
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. 
Tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilarda har tomonlama ko’maklashish asosiy vazifalari etib belgilandi: 
yuqori qo’shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, 
xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda 
ularni ko’rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish; 
o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni etkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar 
bilan shartnomalar tuzish. 
Mazkur vazifalarni samarali ijrosini ta’minlash maqsadida Eksportni qo’llab-quvvatlash milliy 
tizimini tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi: 
a) eksport faoliyatiga axborot-tahliliy ko’maklashish bo’yicha: 
eksportni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport 
salohiyatini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda ko’maklashish; 
marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq 
hamda bojxona ma’muriyatchiligi (shu jumladan, xorijdagi) masalalari, “yagona darcha” tamoyili asosida 
tashqi bozorlarga kirish sharoitlari bo’yicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga 
axborot va maslahat ko’magini ko’rsatish; 
xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan, 
ularning loyihalarini tayyorlashga ko’maklashish; 
respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga 
eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlar, mavjud 
imtiyozlar va preferentsiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funktsiyalari to’g’risidagi 
ma’lumotlar bilan ta’minlashda tizimli hamkorlikni ta’minlash; 



Download 293.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling