Prepubertal periodontit 2-4 yoshda sut tishlari chiqishi paytida paydo bo'ladi. Lokalizatsiyalashgan va generallashgan shakllar mavjud. Lokalizatsiyalangan shaklda bitta tish ta'sir qiladi va suyak to'qimasini yemirilish intensivligi past bo'ladi, generallash shaklga qaraganda. Ba'zi hollarda, suyak to'qimasini yemirilish mavjudligiga qaramasdan, gingival yallig'lanishning ko'rinadigan belgilari yo'q.
Prepubertal periodontit
Prepubertal periodontitning generallashgan shaklida barcha sut tishlari ta'sirlanadi. Tish milk to'qimasida yallig'lanishning aniq belgilari namoyon bo'ladi. Ba'zida milk retraktsiyasi yoriq shaklida uchraydi. Prepubertal periodontitning generallashgan shakli sut tishlari prikusini yo'qotishi mumkin. Generallashgan shakl ko'pincha bolalarning keng tarqalgan yuqumli kasalliklarga (masalan, o’rta quloq otiti) yuqori sezuvchanligi bilan birlashtiriladi.
Prepubertal periodontitning sababi aralash bakterial mikrofloraning (aerob va anaerob mikroorganizmlar) periodontal to'qimalarga ta'siri bo'lib, ular lakalizatsiyalashgan shaklda, bundan tashqari boshqa turlari, Porphyromonas gingivalis va Actinobacillus actinomycetem komitanslarini ham o'z ichiga oladi. Generallashgan shakldagi blyashka mikroflorasining tarkibi etarlicha o'rganilmagan. Prepubertal periodontit bilan og'rigan bolalarda ko'pincha neytrofil granulotsitlar va monositlarda funktsional nuqsonlarni aniqlangan.
Sababi
Milk yallig'lanish darajasi gingival imdeks yordamida baholanadi (GI) J.Silness, H.Loe /1963/. Milklar holatini aniqlashda vestibulyar, lingual, medial va distal yuzalarga qaraladi. Har biri tomonlar quyidagi mezonlar bo'yicha ball bilan baholanadi:
0-normal milk:
1 -- engil yallig'lanish, engil rang o'zgarishi, engil shish, teginish paytida qon ketishi yoq ;
2 - o'rtacha yallig'lanish, milk giperemik, shish, qon ketish tegilganda;
3 - og'ir yallig'lanish, og'ir giperemiya va shish, yarasi,spontan qon ketish tendentsiyasi.
Ballar yig'indisi 4 ga bo'linadi va berilgan tishning indeksi topiladi. Bu har bir yarim jag’lar molar, premolyar va kesuv uchun indeksni aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Indeks
Indeksi 0,1 - 1 engil gingivitga to'g'ri keladi, 1,1 -2 o'rtacha gingivit, 2,1 dan ortiq - og'ir.
Do'stlaringiz bilan baham: |