Tirish chora-tadbirlari
International Conference on Developments in Education
Download 293.74 Kb. Pdf ko'rish
|
International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey https: econferencezone.org June 10 th 2022 57 oshirish bilan ko’p jihatdan bog’liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo’yicha qizg’in munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik, mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olish muhim o’rin tutadi. Chunki, xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi xalqaro moliyaviy munosabatlar ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi. ASOSIY QISM Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, ma’muriy to’siqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to’lovning bozor mexanizmi joriy qilindi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real o’sish sur’atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlariga muvofiq emasligini ko’rsatmoqda. Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo’lgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o’sishini ta’minlashga to’sqinlik qilmoqda. Jumladan: birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xomashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo’lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lgan yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi afzalliklardan to’liq hajmda foydalanilmayapti; ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti; to’rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo’yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko’rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan. Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish maqsadida 2018 yil 20 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko’maklashish va uni rag’batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilarda har tomonlama ko’maklashish asosiy vazifalari etib belgilandi: yuqori qo’shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni ko’rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish; o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni etkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish. Mazkur vazifalarni samarali ijrosini ta’minlash maqsadida Eksportni qo’llab-quvvatlash milliy tizimini tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi: a) eksport faoliyatiga axborot-tahliliy ko’maklashish bo’yicha: eksportni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda ko’maklashish; marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojxona ma’muriyatchiligi (shu jumladan, xorijdagi) masalalari, “yagona darcha” tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari bo’yicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va maslahat ko’magini ko’rsatish; xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan, ularning loyihalarini tayyorlashga ko’maklashish; respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferentsiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funktsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashda tizimli hamkorlikni ta’minlash; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling