Tirishga katta yordam beradi, matematik bilimlami o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi


Download 20.15 Kb.
bet1/5
Sana25.04.2023
Hajmi20.15 Kb.
#1397307
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlangich-sinflarda-matematika-oqitish-metedikasi


tirishga katta yordam beradi, matematik bilimlami o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
Nazorat savollari
1.1-4 sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifalari nima- lardan iborat?

  1. Bolalami matematika kursini o‘rganishga tayyorlashning asosiy vazifalarini sanab chiqing.

  2. 1-3 va 4-5 sinflarda matematika o‘qitishdagi izchillikni amalga oshirishning asosiy yo‘llari qanday?

4-§. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasining didaktik tamoyillari

Har bir talaba bilishi kerak:

  1. onglilik tamoyili;

  2. ko‘rsatmalilik tamoyili;

  3. ilmiylik tamoyili;

  4. ketma-ketlik tamoyili;

  5. puxta o'zlashtirish tamoyili va hokazolar;

  6. boshlang'ich maktabda algoritmlar va algoritmlarga o'rgatish metodikasi.

  1. Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar

Har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko'zlanadi. Ular ora- sida bittasi bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi va uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi.
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o‘qitilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o‘quvchilami tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tu- shunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror malaka va ko‘nikmalami hosil qilish, to'rtinchisida, bilim, malaka va ko‘nikmalami tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yu- qorida aytilganlaming bir nechtasi yoritilishi mumkin. O‘tilganlami takrorlash oldin o‘tilgan darslami yangi tizimga solish, shu bilan i bilimlami tekshirishni o‘z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.
Maktablar tajribasi darsning ma'lum tizimini yaratdiki, ko‘pchilik o‘qituvchilar bu tizimga rioya qilib, ma'lum yaxshi nati- jalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o‘tgan mavzu takrorlanadi, so‘ngra o‘tgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o'quvchilarga misol va masalalar yech- diriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa to‘g‘risida ko'rsatmalar beriladi.
Ba'zan, bu maqsadlardan bittasiga bag‘ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo'ysinadi.

  1. Matematikadan dars turlari

Boshlang'ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko'rsatish mumkin.

  1. o‘quvchilami yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko‘nikmalami hosil qilish darslari (Bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi);

  2. turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko'nikmalami mustahkamlash darslari;

  1. o'tilganlami takrorlash, umumlashtirish darslari;

  2. keyingi bosqichda xatolaming oldini olish maqsadida mustaqil bilim, malaka va ko'nikmalami tekshirish darslari.Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning va mavzuning maqsadini bayon qil- ish; oldin o‘tilganlami takrorlash bilan o'quvchilami yangi materi- alni o'zlashtirishga tayyorlash; og‘zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o'rganish (darsning asosiy bo‘limi); bola- laming oldin o‘zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash; o'rganilgan bilimlami hisoblash; mashq, bilim va malakalami qo‘llash (darsning asosiy bo‘limi); o‘quvchilami mustaqil ishlatish va uni tekshirish; oldin o'zlashtirilgan materiallami takrorlash; uyga vazifa berish; darsni xulosalash.

Darsning asosiy qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga qo'shib olib borish mumkin.
0‘qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilami e’tiborga olishi kerak. Dars qanday qismlardan iborat boiishi, ulami qanday ketma- ketlikda joylashtirish, ular o‘rtasida o‘quv materialini qanday taqsim- iash, bu qismlar bir-biriga qanday bogianishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam ber- ishini hisobga olishi kerak.
Boshlangich sinfda matematika darsining har bir qismi umumiy didaktik masalalami bajarishga qaratilmog‘i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o‘zaro bogiangan boiishi kerak. Alohida dars turlarining tarkibini qarab chiqamiz.
Masalan: o'quvchilami yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalami hosil qilish darslari.

Download 20.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling