Tiristorli kuchlanish rostlagich Asinxron Dvigatel


Download 17.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.11.2023
Hajmi17.27 Kb.
#1781446
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI-4



LABORATORIYA ISHI №4 
"Tiristorli kuchlanish rostlagich - Asinxron Dvigatel" tizimida 
kuchlanishni o‘zgartirilgandagi tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish. 
Ishning maqsadi: 
1. 
"Tiristorli kuchlanish rostlagich - Asinxron Dvigatel" tizimida 
kuchlanishni o‘zgartirish yordamida boshqarish sxemasini o‘rganish; 
2. 
Tizimini statik tavsiflarini tadqiq qilish. 
Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar 
“Tiristorli kuchlanish rostlagich - asinxron dvigatel” (TKR- AD) yopiq 
tizimi sxemasi (9.1,a- rasm). Tiristorli kuchlanish rostlagich TKR ning kuchli tokli 
qismi, uch juft qarama- qarshi – paralel ulangan tiristorlar VS1-VS6 tashkil etadi. 
Tiristorlarning boshqarish elektrodlari rostlagichning IFBT si chiqishlariga 
ulangan. IFBT boshqarish impulslarini barcha tiristorlarga tarqatadi va 
kuchlanishdagi boshqarish signali U
b
ga bog‘liq ravishda ularni siljitishni amalga 
oshiradi. Dvigatel valiga, tezlik bo‘yicha teskari aloqani amalga oshirish uchun, 
taxogenerator TG ulangan. Uning e.yu.k E
tg
, topshiriq potensiometri TP dan 
olinadigan tezlikni topshiriq kuchlanishi U
tez.t.
bilan solishtiriladi. Bunda ushbu 
kuchlanishlar bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi, ularning farqi esa 
boshqarish signalini tashkil qiladi 
U

= U
tez.t
 – U
tg 
= U
tez.t
 – 

ω. (9.1) 
Bu signal IFBT kirishiga beriladi. Ushbu signal ortganda tiristorlarni 
boshqarish signali 

kamayadi, dvigatelga berilayotgan kuchlanish ko‘payadi va 
teskarisi. SHuni ta’kidlash mumkinki, dvigatelning tezligi pasayganda, rotor 
zanjirida quvvat isroflari (sirpanish isroflari) ko‘payadi, ular dvigatelning 
qo‘shimcha qizishini chaqiradi, elektr yuritmaning tejamliligi kamayadi.
Dvigatelni, uning kichik tezliklarda ishlashidagi issiqlik rejimini 
engillashtirish uchun, dvigatel rotori zanjiriga qo‘shimcha R
2q
rezistor ulangan. 
Rezistorning borligi, shuningdek tezlikni rostlash diapazonini ko‘paytirish 
imkoniyatini xam yaratadi. 
Elektr yuritma ishlashini, dvigatel validagi yuklama momenti M
s
o‘zgarganda va tezlik topshiriq signali o‘zgarmas berilganda ko‘rib chiqamiz. 
Faraz qilaylik, boshlang‘ich xolatda dvigatel 1 nuqtada M
s1
yuklama momenti 
bilan ishlab turgan (9.1,b-rasm), so‘ngra uning yuklama momentini M
s2
qiymatgacha o‘zgarishi sodir bo‘lgan. 
Dvigatel validagi yuklama ortganda, uning tezligi kamaya boshlaydi 
va mos ravishda taxogenerator TG ning e.yu.k E
tg
si ham kamaya boshlaydi. E
tg 
ni 
kamayishi (7.1) ga muvofiq, boshqarish kuchlanishi U
b
ni ortishini chaqiradi. Bu 
tiristorlarni boshqarish burchagi 

ni kamayishiga va shu sababli dvigatelga 
berilayotgan kuchlanishni ortishiga olib keladi. Dvigatel momenti ortib boradi va 2 
nuqtada M
s2
bilan tenglashadi. SHunday qilib, yuklama momentini ortishi, dvigatel 


tezligini unga katta bo‘lmagan kamayishiga olib keldi, ya’ni boshqacha aytganda, 
9.1, a-rasmdagi sxemada uning xarakteristikasi bikr bo‘lib qoldi. 
9.1 – rasm. TKR – AD yopiq tizimining sxemasi (a)
va mexanik xarakteristikalari (b
YUklama momenti M
s
kamayganda, dvigateldagi kuchlanish avtomatik 
tarzda kamayib boradi va shu orqali uning aylanish tezligi berilgan darajada ushlab 
turiladi. 
Topshiriq kuchlanishning U
tez.t
qiymatini potensiometr TP yordamida 
o‘zgartirib, elektr yuritmaning nisbatan bikr bo‘lgan bir qator mexanik 
xarakteristikalarini va dvigatelni zarur bo‘lgan o‘ta yuklamaga chidamlilikni olish 
mumkin. 
Nazorat savollari 
1. 
"TKR-AD" tiziminini tushuntiring. 
2. 
Sxemani ishlashini tushkuntiring. 
3. 
Mexanik xarakteristikani kuring va izoxlang. 

Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling