Tishlarning flyuaroz kasalligi
Download 14.52 Kb.
|
TISHLARNING FLYUOROZ KASALLIGI
TISHLARNING FLYUAROZ KASALLIGI Tish qattiq to‘qimalarida qayd etiladigan bunday xastalik organizmga tashqi muhitdan ichimlik suvi orqali meʼyordan ko‘proq ftor elementining (suvda erigan holda) kirishi oqibatida yuzaga keladi. Flyuoroz bu ftor elementi chaqirishi mumkin bo‘lgan gipoplaziyadir, desak ham xato qilmaymiz. Kishi organizmining ftorga bo‘lgan bir sutkalik talabi 3,5 mg atrofidadir. Bu talab asosan ichimlik suvi tarkibida bo‘ladigan ftor orqali qondiriladi. Organizmning ana shunday talabini qondirish uchun ichimlik suvining 1 litrida 0,8-1,2 mg ftor bo‘lishi kifoyadir. Ichimlik suvi tarkibidagi ftor miqdori ko‘rsatilgandan oshib ketgan hollarda flyuoroz xastaligi kuzatiladi. Flyuoroz xastaligi 5 xil shaklda namoyon bo‘ladi. Bunda tish emali sathida ko‘pincha vertikal yo‘nalishdagi bo‘rsimon chiziqlar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda bu chiziqlar faqat lupa oynasi orqali qaralganda aniqlanishi mumkin bo‘lgan darajada nozik bo‘lishi tabiiy. Emal qavatining bu xil jarohatlanishi ko‘pincha yuqori jag’ markaziy va yon kurak tishlari sathidagina, baʼzan esa pastki kurak tishlarda namoyon bo‘ladi. Bu xastalikda tish emal qavatining faqat dahliz (vestibulyar) sathigina o‘zgarishga uchraydi. Tish emal qavati sathida katta-kichik, yaqqol namoyon bo‘luvchi bo‘rsimon rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar yalpi bo‘lib, unda chiziqlar bo‘lmaydi va ular butun emal qavati sathi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Ayniqsa bunday dog‘lar kurak tishlarining kesuvchi qirralari atrofida ko‘plab hosil bo‘ladi. Emaldagi bu xil dog‘lar keskin sog‘lom to‘qimaga o‘tib ketadi. Dog‘li emal sathi silliq va yaltiroqdir. Dog‘lar aksariyat hollarda oldingi kurak tishlarda uchrasada, boshqa tishlar ham ulardan xoli bo‘lmaydi. Flyuoroz xastaligining bu xil shakli har xil klinik belgilar bilan kechadi. Odatda tish emal qavati bo‘r rangida bo‘ladi. Baʼzan esa u yaltiroqligini saqlashi yoki tiniqligini yo‘qotishi mumkin. Emal sathida jarohatli nuqta (chuqurcha)lar paydo bo‘lishi xususiy hol hisoblanadi. Bunday chuqurchalar atrofi (devorlari) notekis, qoramtir tusda bo‘lib, o‘lchamlari 1-1,5 mm diametrli, chuqurligi esa 0,1-0,3 mm bo‘ladi. Bu xil nuqtasimon chuqurchalar, aksariyat hollarda tish emalining dahliz sathida joylashgan bo‘ladi. Bunday sathlarda emalning jarohati natijasida ochilib qolgan dentin to‘qimasining yuzasi och sarg‘ish rangdan tortib, qo‘ng‘ir-to‘q jigarranggacha bo‘yalgandir. Flyuorozni aniqlashda kariyes kasalligi bilan solishtirma tashxis o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson bitta va bo’yin qismida joylashgan, flyuorozda esa bir nechta va tishning vestibulyar yuzasida joylashadi. Download 14.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling