Tisu tarix yo’nalishi 2-kurs 10-guruh talabasi rahmatov jumanazarning tarix fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 17.02 Kb.
|
QULDORLIK TIIZMINING INQIROZI VA RIM IMPERIYASIDA FEODAL MUNOSABATLAR
QULDORLIK TIIZMINING INQIROZI VA RIM IMPERIYASIDA FEODAL MUNOSABATLAR Reja: l. G`arbda o`rta asr jamiyatining vujudga kelishi muammosi.
jamiyatning shakllanish G`arbiy jarayoni Yevropada murakkab feodal ijtimoiy -iqtisodiy munosabatlar davrini o`z boshidan kechirgan, ya`ni, bir tomondan, Rim imperiyasidagi quldorlik tuzumining ikkinchi tomondan, kelotlat, germanlar, slovyanlarning hamda imperiyadan Shimolda boshqa qabilalarning varvarlik tuzumining bir-biri bilan qo`shilishi natijasida vujudga keldi, bu varvarlik tuzumi aslida hali sinfiy bo`lmagan tuzum edi. Feodal tuzum munosabatlari hali o`rta asr davriga kirmasdan ancha oldinroq Rimda ham, varvarlarda ham shakllana boshlagan edi. III asrlarga kelib Rim imperiyasidagi quldorlik tuzumi tushkunlikka yuz tutdi, uning asosiy belgilari ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarda yaqqol sezila boshladi: -Qui mehnati unumdorlikgi pasetmegi; -Qullar bilan ta`minlanishning qiyinligi; -Tashqaridan doimiy to`xtovsiz hujumlarning bo`lib turishi?; – Mamlakatda bo`lib turadigan fitnalar va qullar qo`zg`olonlari; - Shimoldagi xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o`zgarishlarining ta`siri. Bularning hammasi Rim imperiyasida quldorlik jamiyatining norentabellegini bu jamiyatning eskirib borayotganligini ya`ni uni ma`lum darajada o`zgarishi lozim edi. Shunday qilib Rim imperiyasining III asrdan V asrgacha davom etgan hayoti quldorlik tuzumining yemirilishi feodal munosabatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Bu o`zgarishlarning dastlabkisi kolonlikdir. Kolonlik Kolonlar deb, Rim Respublikasida quldorlarning latifundiyalaridan (yirik pomesitellaridan) uchastkalarini ijaraga yer olib ishlovchi ijarachi erkin mayday dehqonlarni aytilgan. ...Yerlarni maydalab ijaraga berish (ijaraga oluvchilar esa yerdan mahrum etilgan dehqonlarning o`zi yerlardan foydalanish uchun edi) yer egalariga bu eng qulay usul bo`lib ko`rindi. Shunday qilib, quldorlik sistemasi bilan bir qatorda ma`lum darajada kelgusi feodal tuzumdan darak beradigan yangi munosabatlar (Katta yer egaligining yerlardan maydalab foydalanish usuli bilan birga qo`shilishi. Mayda mustaqil, lekin shaxsan qaram bo`lgan ishlab chiqaruvchi dehqonning eksplutatsiya qilinishi) ham rivojlana boshladi. Kolonlik rivojlanib krepostnoylikka tobora yaqinlasha boshladi. Quldorlarning ijarasi bo`lgan, qullar orasida yashagan, kerakli asbob, urug`lik, turar joy va hokazolarni ham ko`pincha quldordan oladigan kolonlar tobora quldorlarga qaram bo`lib qolib, bir emas, bir necha kun pomesitelni - villani tashlab, boshqa joyga ketib qutilish imkonidan butunlay mahrum bo`ldi. 332 yilda imperator Konstantin Buyuk katta yer egalarining manfaatlarini ko`zda tutib. Kolonlarning ishlab turgan pomestyesini tashlab ketishni taqiqlaydigan va qochib ketgan kolonlarning majburiy yo`l bilan qaytarib olib kelinishini talab qiladigan farmon chiqardi. Imperator va senatorlarga qarashli pomesitellarda (bu pomesitellar saltuslar deb atalardi) Kolonlar qudratli imperator ma`muriyati yoki hukmi zo`r senatorlar tomonidan ancha ilgariyoq tutqunlikka solingan edi. Shunday qilib kolon yuridik jihatdan qui deb hisoblanmas (qulga nisbatan erkin kishi hisoblanib, davlat undan fuqarolik solig`i undirar edi). Lekin haqiqatda esa erkin ham emas edi, chunki pomestye territoriyasidan chiqib ketolmas va yer egasiga doimiy suratda obrok to`lab turishga yoki uning uchun biror formada "qullik majburiyatini" - barshchina o`tashga majbur edi. Kolonlar ham krepostnoy emas edi, lekin D.Engels iborasi bilan aytilganda ular "O`rta asrlardagi krepostnoylarning o`tmishdoshlari" edi. IV –V asrlarda kolonlarning soni qisman yersiz dehqonlar hisobiga, qisman ozod qilingan qullar ("ozod qilinganlar") hisobiga ko`paya bordi. Shu bilan bir vaqtda quldorlar o`z qullarining bir qismini kazarma holatidan yakka xo`jalik holatiga ("Kulbash qullar") ko`chirdilar. Bu qullar o`z xo`jayinlariga obrok to`lashga majbur edilar. Shartli ravishda yer olgan chetdan kelgan varvarlar ham kolonlarga o`xshash ahvolda edi. Shaharlarning tushkunlikka uchrashi. Kuriallar va kollegiatlar G`arbiy Rim imperiyasida kolonlikning rivojlanishi feadallashuv jarayonning asosini tashkil etadi. G`arbiy Rimning Italiya, Galiya Ispaniyadagi shaharlari imperiyaning keyingi davrida qattiq krizisni boshidan kechirmoqda edi. Qui mehnatiga asoslangan hunarmandlarning unumdorligi past edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish nihoyatda qiyinlahsdi, chunki pomesitellarning biqiqligi, kolonlar xarid quvatining pastligi, natural xo`jaligining ko`payishi asosiy sabab edi. Bundan tashqari O`rta dengizdagi savdo balansi Sharqiy qismga qaraganda ancha qoloq edi. Shahar xo`jaligining tushkunlikka yuz tutishi sabali shahrlarda ham bo`lg`usi feodal munosabatlar paydo bo`la boshladi. Chunonchi, shahrlarda yashovchi o`rta hol yer egalari, shahar kuriyalarining a`zolari (kuriallar), ya`ni aholining soliqlarni to`lashi va hokazolar uchun javobgarliklar yuklatilgan, o`z vazifasidan mashaqqat chiqayotgan kuriallar majburiy suratda kuriyalarga biriktirib qo`shila boshladi. Hukumat kuriallik unvonini nasldan -naslga meros bo`lib o`tadigan qilib qoydi. O`z shahri va quriyasini o`zicha tashlab ketadigan kuriallar yo`li bilan jazolanishi hatto tyurmaga qamalishi kerak edi. Shu bilan birga shahar hunarmandlari majburiy suratda maxsus ittifoqlarga -kollegiyalar uyushtirildi. Hunarmandlar, ya`ni kolegiya a`zolari yashab turgan joyidan ketish huquqidan mahrum qilindi. Kollegiyalar quldorlik davlatiga o`z hunarining mahsulotlarini topshirishga majbur edi. O`zining yashab turgan joyidan qochib ketgan shahar hunarmandlari qo`lga tushurilsa, ularning badaniga temir qizdirib bosilar edi. Hujjatlarda ular "davlat qullari" deb yuritiladi. Pomestye -kastellum. Yer -egalari magnatlar xususiy hokimiyatning kuchayishi Natural xo`jalik hukmronligi kuchayib borayotgan davrda pomestye – villa xo`jalik va ijtimoiy hayotning asosiy yacheykasiga aylanib bordi. Senatda va badavlat shahar aholi qatlamlari pomestye-villalarda yashashni afzal ko`rdilar. Villalarning tashqi ko`rinishilari o`zgara boshladi, o`rta asr qasrlariga o`xshay boshladi. Yer egasi – magnatning odatda o`z qasrida turmasi va o`z qo`shini bo`lar edi. Bu qo`shinlar qasr atrofidagi pomesitellani tashqi hujumlardan himoya qilishda ko`maklashar va o`z navbatida dehqonlar ham qo`shinlar oldidagi homiylik vazifasini bajarar edilar. Shunday qilib katta yer egalarining xususiy hokimiyati davlat hokimiyati tusiga, ya`ni yurgiziladigan hokimiyat tusiga xalq kira ustidan boshladi. Imperiyaning oxirgi davrida Rimda quldor yer egasi ma`lum darajada hukmdor, o`z pomestyesining va o`z atrofidagi butun okrugning hokimi, egasi edi. Hukumat siyosatida ikki tendensiya kurashi IV asrda Rim hukumati o`zining III asrdagi og`ir krizis holatidan birmuncha qutuldi. Imperatordan Diokletian (284-305) va Konstantin (306-307) imperiyaning ma`muriy-moliyaviy apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha reformalar o`tkazdi. Jumladan: - Soliqlaming natura shaklida olinishi; -Yer va aholining hisobga olib turilishi; -Ish haqinining va mollar narxining normaga solinishi; -Oltin muomalasining (solid) tiklanishi; -Dehqonlar-kolonlarning, hunarmand-kollegiatlarning amalda tutqunlikka solinishining yuridik yo`l bilan rasmiylashtirilishi va boshqalarning barchasi quldorlik ijtimoiy tuzumini tobora mustahkamlashishiga qaratilgan edi. Diktatorlikni mustahkamlashga harakat qilindi. Prinsipat o`rnini, yani Republikaga xos bo`lgan ba`zi traditsiyalarni saqlab qolgan imperator hokimiyati o`rnini doimiy. samaderjavining bir formasi bo`lgan va Muntazam Sharqdagi qadimgi despotik (mustabid) monarxiya podsholari hokimiyatiga o`xshash despotik hokimiyat tashkiloti bo`lgan dominant egalladi. Diokletian va Konstantin vaqtida chinovniklar byurokratiyasi haddan tashqari kuchaytirildi. Senatlar amalda haqiqiy hukmron yuqori organlik ahamiyatini yo`qotib, o`z o`rnini imperatorning konsistoriya deb atalgan byurokratik kengashiga berdi, bu kengashning a`zolari imperator huzirida hatto o`tira olmas ham edilar. Bu davrda qo`shinlar safi ham ancha mustahkamlandi, ularning ko`pchilik qismi yollanib xizmat qiladigan varvarlardan iborat edi. Rimning keyingi asrlardagi imperator hokimiyati o`z oqibati jihatidan markazlashtirishga butunlay zid bo`lgan tadbirlarni amalgam oshirdi. Yuqorida aytib o`tilganidek, imperatorlik mahaliy magnatlarning xususiy hokimiyatini (xalqga hukumronlik qilish funksiyalarini ham) tan olgan edilar, bundan tashqari Diokletian imperiyani to`rt qismga (ikki Avut bilan ikki Sezar o`rtasida) taqsim qilib tetrarxiya deb atlgan narsani joriy qildi, har bir hokimga muayyan viloyatlar va maxsus poytaxt ajratib berdi. Imperiyaning pereferik turlar deb ataladigan to`rt qismi Italiya, Galiya Jlliriya, Sharqdan iborat bo`lib, Sharq sastaviga Bolqon yarim orolining Janubiy-Sharqiy qismi Fraksiya viloyati ham kiradi. Konstantin vafotidan keyin imperiya ikki yoki uch qismga 395 yilda imperator Feodosiy o`lgandan keyin imperiya butunlay mustaqil bir-biriga qarama-qarshi bo`gan ikki qismga -G`arbiy va Sharqiy qismlarga uzil- kesil bo`linib ketdi. III asr oxirida -IV asrning boshlarida imperiyaning siyosiy markazi bo`lib qoldi, bu shaharniKonstantin Buyuk antik zamondagi Vizantiya shahri o`rnashgan joyda qurgan edi. Xrestian cherkovi va uning sotsial roli Konstantinning quldorlik tuzumini mustahkamlashga qaratilgan reformalaridan biri xristian cherkovining davlat dini deb tanishishi bo`ldi. Bu voqea so`ngi Rim imperiyasi tarixida juda katta ahamiyatga ega bo`ldi, shuningdek, kelgusidagi o`rta asrlar tarixi uchun ham tayyorgarlik daqiqalaridan biri bo`lib juda katta rol o`ynadi. Dastlabki imperiya sostavida maxsus iyerarxiyaga ("ma`murlar darajasiga") katta yer egaligiga, kishilar qaramligining yangi formalariga-cherkov qullari deb atalgan qullarga - bularning ahvoli kolonlarning ahvolidan o`zga emas edi-molik bo`lgan kuchli yangi bir ijtimoiy tashkilot vujudga keldi. Bu davrda xrestianlik cherkovi tartibi bo`lib, o`zgarib uning tartibiga o`rta sinflar va hatto aristokratiya vakillari ham o`tdilar. Cherkovi endi mavjud quldorlik tuzumiga qarshi chiqmay qo`ydi, balki o`z tashkilotini bu tuzum sharoitlariga moslashtirishga intilib, o`zi katta yer egasiga aylana bordi. Xrestiyanlik davlat diniga aylangandan eksplutatsiya keyin, haqiqatda qilishga fatfo berdi. mehnatkashlarni Shaharlarning episkoplari go`yo himoyachilar (defensorlar) bo`lib, shaharlarning himoyachi homiylari va shaharlar bilan imperator ma`muriyati o`rtasida vositachilik rolini bajarar edi. IV asr va ayniqsa Vasrda qo`shni varvar qabilalarining (ya`ni rimlik bo`lmagan qabilalarning) ko`pi xrestiyanlikni qabul qildi. Eng muhim shaharlar -Rim, Aleksandriya, Konstantinapol, Antioxiya, Quddus V asrda uzil-kesil potriarxar unvonini oldilar (Rim va Aleksandriya patriarxarlari papa deb ham atalar edi). Patriarxarlarga metropalitlar va arxiyepiskoplar bo`ysunar edilar, Arxiyepiskoplarga esa cherkovga ayrim okruglarni – yeparxiyalarni boshqaruvchi oddiy episkoplar itoat qilar edi; Yeparxiyalar o`z navbatida mahaliy jamoa-qavmlardan tashkil topgan edi, ularning teppasida sveshiniklar 9 poplar) -presveterlar turar edi. Butun imperiya territoriyasidagi davlat tashkiloti ustida turgan cherkov, endi o`zini katolik cherkovi yoki butun jahon cherkovi deb hisobladi. Unga itoat qilmagan oqimlar yoki guruhlarni (sektalarni Oyeritik deb, ularning ta`limotini yeris deb e`lon qilinadi. Cherkov IV -V asrdayoq yeritiklarga qarshi kurashib keldi. Xrestian cherkovining rivojlanishi va rasmiylashuvi, unga qarashli yerlarning ko`payib borishi, qullikning cherkovi pomesitellaridagi birmuncha yumshatilganyangi formasi, cherkovning varvarlar olami bilan aloqa qilishi va ularning asta-sekin xrestiyanlashtirilishi bularning asrlardagi yangi tuzumning hammasi ham o`rta ma`lum darajada tayyorlanishi edi. Rim imperiyasi varvarlar tomonidan bosib olinishi arafasida IV asr oxiri va V asr boshlarida imperiyadagi ijtimoiy - iqtisodiy taqqiyoti o`z boshidan kechirayotgan edi. Rimda chuqur quldorlik krizislarni davlat mashinasining ta`siri susayib ketayotganligi tufayli, bu davlat mashinasini sindirib tashlash, ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o`sishiva jamiyatning rivojlanishini uchun quldorlik tuzumini yo`q qilish - ta`minlash bularning bilangina hammasini amalgam zo`rlik, revolyutsiya oshirish mumkin edi. yo`li Rim jamiyatidagi ezilgan sindlar, qullar hamda varvarlar edi. Qullar, kolonlar, shahar hunarmandlari III-V asrlar davomida o`z zolimlariga, ayrim quldorlarga va Rim quldorlarga va Rim quldorlik imperiyasining o`ziga qarshi qattiq kurash olib bordilar. -Galiya va Ispaniyadagi bagaudlarning III-V asrlardagi qo`zg`alonlari; -Shimoliy Afrikada Sirkumselionlar yoki agonistiklarning IV asrdagi -V asrning boshlaridagi harakati; -Resiya, Pannoniya va Narikada sukamarlarning V asr o`rtalaridagi g`alayonlari bunga yaqqol dalildir. Ammo Rimdagi ezilgan sinflarning chiqishlari ancha kuchsiz bo`lib, tarqoq edi. Ularning chiqishlari, odatda mag`lubiyat bilan tugar edi. Biroq Rimga qoshni bo`lgan varvarlar va slovyanlarning doimiy hujumlari oqibatida ko`pgina viloyatlar bosib olindi, 476 yilda G`arbiy Rim imperatorlari hokimiyati yo`qotildi. (G`arb. Rim imperatorlari qo`lida faqatgina Italiya qolgan edi). Download 17.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling